T
шН
- - l - A -
.
i
3.9-rasm.
Avtobuslarda shassi agregatlarining joylashuvi sxemalari:
1
-
dvigatel; 2 - ilashish muftasi;
3
- uzatmalar qutisi;
4
- kardanli
uzatma; 5 - asosiy uzatma;
6 -
burchak reduktori.
Umumiy kompanovkalash jarayonida gabarit o‘lchamlar (uzunlik,
kengligi, balandligi), baza, koleya,
old va orqa sveslar, pol sathining
balandligi aniqlanadi. Og‘irlik parametrlariga shaylangan holatdagi
avtobusning massasi, to‘la massasi, massaning o‘qlarga taqsimlanishi,
o ‘qlarga tushadigan ruxsat etilgan yuklamalar kiradi.
30
Dvigatel oldinda joylashgan kompanovka sxemaning afzalliklari:
dvigatel, ilashish muftasi va uzatmalar qutisini boshqarish qulay;
dvigatel sovutish tizimi radiatorini o‘rnatish qulay; yukxonani bortlarga
va orqaga joylashtirish imkoni bor. Ushbu
kompanovka sxemasining
kamchiliklari quyidagilar: massaning o‘qlarga nomunosib taqsimlanishi
tufayli
sirpanchiq
yo‘llarda o‘tag‘onlik
yomonlashadi;
salonni
dvigateldan izolyatsiya samaradorligi yomon; zirillash manbai bo‘lgan
uzun ko‘p zvenoli transmissiya qo‘llash zarur; salondan dviga-
telga yetishni ta’minlash zarurligi tufayli avtobusning qulayligi
yomonlashadi. Massaning o‘qlarga eng maqbul taqsimlanishini ta’min
lash uchun dvigatel oldinga suriladi, bu o‘z
navbatida old sves
burchagining
kamayishiga va orqa sves burchagini oshishiga olib
keladi.
Dvigateli o‘qlar orasida kuzov poli ostida joylashgan avtobuslar
quyidagi ijobiy sifatlarga ega: dvigatel passajir saloniga o‘rindiqlar
joylashtirishga halaqit bermaydi, va uni salondan izolyatsiya qilishga
erishiladi.
Ayni
vaqtda
bunday
kompanovka
sxemasi
qator
kamchiliklarga ham ega: o‘qlardan yo‘lga
tiishadigan yuklamaning
taqsimlanishi e’tiborga olinmas darajada yaxshilanadi; dvigatel va
uzatmalar qutisiga yetishni ta’minlash uchun polda lyukning mavjud-ligi
va dvigateldan salon poliga zirillashning uzatlishi avtobus qulayligini
yomonlashtiradi; dvigatelni sovutish imkoniyati yomonlashadi;
dvigatel
quyidan yo‘ldan ifloslanadi; polning balandligini kamaytirish qiyin, bu
narsa esa shahar avtobuslari uchun muhim.
Dvigatel orqa o‘qdan keyin joylashgan kompanovka sxemasini
ratsioflal deb qarasa bo‘ladi, chunki bu kompanovka massaning o‘qlarga'
yaxshi taqsimlanishini, kuzovning ichini dvigateldan
yaxshi izolyatsiya
qilinishini, kardanli uzatma bo‘lmagani uchun zirillash past darajada
bo‘lishini, kuzovning orqa devoridagi lyuk orqali dvigatelning tash-
qaridan (salonni chetlab) yaxshi ochilishini, avtobusning butun kengligi
bo‘yicha pol ostida katta hajmli yukxonalar
yaratilish imkoniyatini
ta’minlaydi. Bu kompanovka sxemaning kamchiligiga quyidagilar
kiradi: dvigatel, ilashish mufitasi va uzatmalar qutisini boshqarish
yuritmalari murakkablashadi va dvigatel sovutish tizimi radiatorini
joylashtirish qiyinlashadi. Pog‘onalar almashtirishni
avtomatik boshqa-
ruvli gidromexanik transmissiyalarni qo‘llash bilan birinchi kamchilikni
bartaraf qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: