MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA ANANALARNING QAYTA TIKLANISHI
Reja:
Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.
Milliy istiqlol mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.
Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.
Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasi, qadriyatlar, ma’naviy meros, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.
O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |