Bog'liq Iqtisodiyot nazariyasi 15-mavzugacha 40 ta test
Test ………………….– barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdi.
A. Milliy iqtisodiyot
B. Aralash iqtisodiyot
C. Zamonaviy iqtisodiyot
Milliy mahsulot bu nima?
A. bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.
B. ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda shu mamlakat hududidagi barcha korxonalarda yaratilgan shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga borib yetadigan tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidan iboratdir.
C. mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir
YaMM va YaIM o‘rtasidagi u qadar ahamiyatli bo‘lmagan farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning taxminan necha % ini tashkil etadi.
±2%
3%
±1%
Tovar va xizmatlar necha xil bo‘ladi?
3
2
4
Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda nimaga erishiladi?
Muvozanatlikka
O’sishga
Rivojlanishga
…………………- bu bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Unumli iste’mol
Shaxsiy iste’mol
Jamoa iste’moli
Moddiy iste’mol nima?
Ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish.
Bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish necha xil bo’ladi?
4
3
2
«Nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga qachon asos solingan?
XX asrning 60-yillarida
XX asrning 70-yillarida
XX asrning 80-yillarida
Iqtisodiy o’sishni aniqlaydigan asosiy ko’rsatkich qaysi?
YAMM
YAIM
SMM
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda necha guruhga ajratish mumkin?
2
3
4
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati nimani beradi?
Kapital samaradorligini
Mehnat sig‘imini
Mehnat unumdorligini
………………- bu insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar yig‘indisidir.
Moddiy-buyumlashgan boylik
Nomoddiy boylik.
Milliy boylik
Milliy boylikni shartli ravishda nechta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin?
4
3
2
Intensiv iqtisodiy o‘sishning mazmuni qanday?
Ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi
Ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
YaIM, SMM, MD miqdorining mutlaq hajmi va aholi jon boshiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishi
Iqtisodiy sikl maxsus fazalarini keltiring.
O’sish, rivojlanish, kamayish
Inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
Kengayish, jonlanish, yuksalish
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya qanday nazariya deb ataladi?
Eksternal
Anternal
Internal
Iqtisodiy sikl nima?
– ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
– asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin tushib ketishi.
- ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi
…………………- bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holati.
Jonlanish fazasi
Iqtisodiy o’sish
Iqtisodiy muvozanat
Iqtisodiy mutanosiblik nima?
bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi.
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan bir-biriga mos kelishi.
iqtisodiy jarayonlar, voqea, hodisalarning bir-biri bilan bog‘liqlikda va qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelish holati.
…………………….– bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Aholi daromadi
Mehnat samaradorligi
Insonlar necha yoshdan ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritiladi?
18
17
16
Migratsiya necha xil bo’ladi?
2
4
3
Ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya qanday migratsiya?
tasodifiy migratsiya
tebranuvchi migratsiya
tugal migratsiya
…………… – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir
Mehnat bozori
Mulk-tovar bozori
Ishchi kuchi bozori
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni necha%ga o‘stirish lozim bo‘ladi?
3%
2%
1.%
To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning qanday darajasi deb ataladi?
Nisbiy
Rivojlangan
Tabiiy
Friksion ishsizlik qanday ishsizlik?
malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar bo‘shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik
ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik
iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Ishchi kuchi talabi nima?
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
– jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui.
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
……………………– iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya
Raqobat
Dividend
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan nechta vazifani bajaradi?
5
4
3
Ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida nima ro‘y beradi?
Inqiroz
Byudjed taqchilligi
Bankrodlik
Davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi nima deyiladi?
Davlat qarzi
Davlat kamomati
Davlat krediti
Davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli nima deyiladi?
Soliq
Jamg’arma
Budjet
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi nechta muhim vazifani bajaradi?
3
2
5
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishining asosiy omili qaysi?
Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
Aholi sonining o‘sishi.
Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o‘sishi.
Soliq stavkasini belgilash nechta tamoyilga asoslanadi?
2
4
3
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasinima deyiladi?
Soliq stavkasi
Soliq krediti
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda necha turga bo’linadi?
2
3
4
………………– davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati