Eruvchanlik koeffitsiyentiga doir masalalar.
Eruvchanlik koeffitsiyenti (S) bilan eritmaning massa ulushi (𝜔) orasida quyidagi bog’liqlik bor:
𝜔=
bu yerda S – moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti [g].
Eruvchanlik koeffitsiyentiga doir masalalarni yechishda doim tegishli eruvchanlik koeffitsiyent qiymatini 100g suvga nisbatan olish kerak.
M1. (394) 30°C da KNO3 ning 50g 20% li eritmasining to’yinishi uchun yana 6,8g KNO3 qo’shilishi kerak. Shu tuzning eruvchanligini aniqlang.
m 50g
=0,2
+ =6,8
S-?
|
=50∙0,2=10g
=10+6,8g=16,8g
msuv =(50+6,8)-16,8=40g
16,8g KNO3 - 40g suv
42 = x -100g suv
S30°C=42g
|
Agar turli temperaturadagi ayni tuzning eruvchanlik koeffitsentlari berilib, eritma sovutilganda qancha cho’kma hosil bo’lishi so’ralsa, cho’kma massasini hisoblash uchun eruvchanlik koeffitsentlari ayriladi.
M2. (228) Agar ammoniy xloridning 10°C dagi to’yingan eritmasi tarkibida 50 ml suv bo’lsa, bu eritma 0°C gacha sovutilganda qancha ammoniy xlorid cho’kmasi tushadi (S0°C=37,0g S100°C=77,0g).
S0°C =37g
S100°C =77g
msuv=50g
mcho’kma- ?
|
100g suv - 40g cho’kma
50g suv - x=20g cho’kma
|
M3. (229) AgNO3 ning 60°C dagi to’yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda 15g tuz cho’kmaga tushishi uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping.
S20°C =222g
S60°C=450g
228g cho’kma
mcho’kma=15g
m(AgNO3)-?
msuv-?
|
450g AgNO3 – 228g cho’kma
x= 29,6g AgNO3 - 15g cho’kma
100g suv – 228g cho’kma
y=6,6g suv – 15g cho’kma
|
M4. (223) 80°C da 300g to’yingan NaNO3 eritmasi 20°C gacha sovutilganda cho’kmaga tushgan tuzning massasini va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) aniqlang.
S20°C=88g
S80°C=148g
60g cho’kma
me =300g
mcho’kma - ?
𝜔 - ?
|
248g eritma – 60g cho’kma
300g -x= 72,6g cho’kma
|
M5 (225) Bir tuzning xona temperaturasidagi to’yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo’lgan 300g eritmasi xona temperaturasigacha sovutilganda , qancha (g) tuz cho’kmaga tushadi.
𝜔1=0,2=20%
𝜔2=0,3=30%
me=300g
mcho’kma-?
|
𝜔=
0,2= 0,85S1=20 S1=25g
0,3= 0,75S2=30 S2=42,9g
17,9 g cho’kma
142,9g eritma – 17,9g cho’kma
300g - x=37,5g cho’kma
|
Dars talabalarga eruvchanlik haqida ma’lumot berishdan boshlanadi.
Olingan eritma qanday agregat holatda bo’lsa, sof holatda shunday agregat holatda bo’ladigan komponent erituvchi hisoblanishi aytiladi (tuzning suvdagi eritmasida suv erituvchi bo’ladi). Agar ikkala komponent eritilgunga qadar bir xil holatda bo’lsa (masalan spirt va suv), ko’p miqdordagi modda erituvchi hisoblanadi. Shu ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda eruvchanlik jadvali tuziladi, yaxshi eriydigan, kam eriydigan, amalda deyarli erimaydigan moddalar ko’rsatiladi. Talabalarga eritmalar konsentrasiyalari haqida tushunchalar beriladi.
Erituvchinig molekulalari bilan erigan moddaning zarrachalaridan tarkib topgan va ular orasida fizik hamda kimyoviy o’zaro ta’sir bo’lib turadigan bir jinsli sistemalar eritmalar deyiladi.
Eritish uchun olingan modda berilgan temperaturada erituvchining muayyan miqdoridan boshqa erimay qolsa, bunday eritma to’yingan eritma, agar modda yana erishi mumkin bo’lsa, bunday eritma to’yinmagan eritma deyiladi.
Prosent, normal, molyar, molyal konsentrasiyali eritmalar tayyorlash haqida tushunchalar beriladi. Kompyuter va kadoskop orqali eritmalar tayyorlash ko’rsatib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |