ba’zi joylarda 70 kilometrdan ortiqni tashkil etuvchi Vahan koridori
inglizlaming talabi bilan afg‘on davlati tarkibiga qo‘shib berildi.
Abdurahmon M.Dyurand tomonidan
tuzilgan bitimni imzolar
ekan, bu bilan ozod qabilalar hududlarida yashovchi afg‘on
qabilalarining ingliz hukumati boshqaruviga berilishiga rozi
bo‘ladi. Afg‘on amirining bu xatti-harakati vaqtinchalik chekinish
bo‘lib, Abdurahmon imkoniyat bo‘ldi deguncha ushbu hududlami
yana inglizlardan qaytarib olishni ko‘zlar edi. Mazkur bitimning
imzolanishi natijasida jami bo‘lib 100
ming kvadrat kilometrli
maydonga ega hududlar rasman afg‘on davlati tarkibidan ajratib
olindi.
1893-yil 13-noyabrda Kobul shahrida bo‘lib o ‘tgan “durbar” -
afg‘on davlatining oliy yig‘ini (unda barcha yetakchi qabilalaming
sardorlari, yirik amaldorlar va diniy arboblar ishtirok etgan)da ozod
qabilalar hududida yashovchi barcha afg‘on qabilalari yetakchilariga
amir Abdurahmon va M.Dyurand tomonidan imzolangan bitimning
nusxalari topshirildi va barcha qabila yetakchilari ham ushbu bitimga
o ‘z muhrlarini bosib, kelgusida unga qat’iy
amal qilishlari hamda
ingliz hukumatiga so‘zsiz bo‘ysunishlari xususida va’da beradilar.
Biroq, bu bilan afg‘on qabilalari to ‘laqonli ravishda inglizlarga
bo‘ysunib kelganlar deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ayniqsa,
Vaziriston hududida yashovchi qabilalar Dyurand bitimidan noro-
ziligini darrov namoyon qilib, 1894-yilda o ‘z hududlariga kelgan
ingliz qo‘shiniga qaqshatqich zarba beradilar. Shundan so‘ng
momand qabilasi orasida ham norozilik avj oladi.
Abdurahmon va M.Dyurand o ‘rtasida
imzolangan bitimda
momand qabilasi yashaydigan hududlar teng iKkiga boiingan
holda belgilangan b o iib , momandlaming bir qismi afg‘on davlati
tarkibida, ikkinchi qismi esa ingliz mustamlakachilari hukmron
ligi ostida istiqomat qilishi bitim hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
edi. Biroq, mazkur bitim asosida chegara belgilarini o ‘matish
uchun momandlar istiqomat qiladigan hududga kelgan ingliz
ma’murlari momandlaming katta qarshiligiga duch keladi. Jips
holda istiqomat qilib kelgan momandlar aslo ikkiga bo‘lingan
holda yashashni istashmas va ular o ‘rtasida chegara o ‘tkazilishiga
norozilik bildirishadi. Shunda ingliz m a’murlari
Dyurand biti-
mi bandlarini buzib, momandlar yashaydigan barcha hududlami
o ‘z boshqaruvlariga olishga qaror qiladilar va afg‘on davlatining
ancha ichkarisiga kirgan holda chegara belgilarini o ‘matishga
kirishib ketadilar. Hatto, ingliz m a’murlari momandlami butkul
Britaniya boshqamviga berilishi xususida
amir Abdurahmon bilan
ham kelishib olganliklari va amir bunga rozi ekanligi to‘g‘risida
momandlarga yolg‘on m a’lumot beradilar.
Amir Abdurahmon inglizlaming bu kabi navbatdagi provo-
katsiyasidan nihoyatda g‘azablangan bo‘lsa-da, bosiqlik bilan hamda
diplomatik yo‘llar orqali hal etishga urinadi va Hindiston vise-qiroli
nomiga yozgan xatiga bu haqda ma lum qiladi. Amir Abdurahmon
inglizlar bilan chegaralami belgilashda ishtirok etayotgan o ‘z
amaldorlariga ham nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishni va inglizlaming
o ‘zaro urush keltirib chiqarishga qaratilgan
turli nayranglariga
uchmaslikni qattiq tayinlaydi. Shu bilan birga, momand qabilasi
istiqomat qiladigan Miti vodiysini ham qattiq himoya qilishni va
ushbu vodiyni inglizlarga bo‘shatib bermaslikni o ‘z amaldorlariga
tayinlaydi. Amir amaldorlari inglizlaming Miti vodiysini bo‘shatib
berish bo‘yicha qo‘ygan talablariga
qarshi momand qabilasi
vakillaridan ko‘ngilli lashkar tuzib, o‘z pozitsiyalarini himoya
qiladilar va inglizlarga yon bermaydilar. Garchi, ingliz qo‘shini
va afg‘on ko‘ngillilari o‘rtasida bir necha to‘qnashuvlar bo‘lsa-
da, inglizlar muvaffaqiyatga erisha olmaydilar va afg‘onlar o ‘z
pozitsiyalarini mardonavor himoya qiladilar.
Dyurand bitimidan yuqoridagi kabi norozilik harakatlari yana
Chitrol, Dir va Svat hududlarida ham ro ‘y beradi. Ushbu hududlar-
dagi o‘zaro kurashayotgan mahalliy hukmdorlaming ba’zilari
afg‘on amiri tomonida bo‘lsalar, b a’zilari
ingliz mustamlakachilari
xizmatiga kirib, o ‘z mavqelarini mustahkamlab olish payida edilar.
Ushbu hududlami ham bo‘ysundirish oson emasligini anglab yetgan
ingliz hukumati 1895-yilda qurol kuchi bilan ushbu hududlami bo
sib olishga kirishadi va bosib olingan hududlarda yangi m a’muriy-
hududiy birlik “Dir, Svat va Chitrol Agentligi” tuzilganligi e ’lon
qilinadi.
Shu tariqa, 1893-yilda inglizlar yangi urush ochish xavfi ostida
amir Abdurahmonni afg‘on davlatining Britaniya Hindistoni bilan
chegarasini aniqlab beruvchi - “Dyurand chizig‘i” deb atalmish
bitimni imzolashga majbur qildilar. Mazkur bitim asosida Britaniya
Hindistoni tarkibiga sharqiy pushtun qabilalari majburan kiritildi va
bu bitim hozirgacha A fg‘oniston tomonidan tasdiqlanmagan hamda
Pokiston bilan jiddiy nizolarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: