A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON QADIMGI DAVRDA



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

AFG‘ONISTON QADIMGI DAVRDA
Afg'oniston hududida ilk odamlar qadimgi tosh davri - paleolit 
davridan yashab kelishgan. Ayniqsa, Afg‘oniston hududidagi tog‘li 
hududlar va tog'lar orasidagi sovuqdan pana iliq vodiylar qadimgi 
odamlaming yashashlari uchun qulay yerlar bo‘lgan.
Afg'oniston hududlari dastlabki odamlaming yashash man- 
zilgohi bo'lgan yoki bo‘lmagani hozirgi vaqtgacha nom a’lum 
bo'lib qolmoqda. G 'azna viloyatidagi Dashti Novur degan joyda 
topilgan qo'pol tosh qurollari qoldiqlari bundan 200-100 ming 
yil avval Afg'oniston hududida paleolit davri ovchilari yashaga- 
nini tasdiqlaydi. Biroq, Afg'oniston hududidan ilk paleolit davrida 
yashagan odamning suyak qoldiqlari haligacha topilgan emas.
Miloddan avvalgi 60-35 mingyilliklarga oid Afg'onistonning 
shimoli-sharqidagi Darai Kur manzilgohida o'rta paleolit davriga 
oid tosh qurollar topilgan. B u yerdan topilgan yovvoyi buqa va qo‘y 
suyaklari mazkur manzilgohda yashovchi qadimgi odamlaming 
usosiy oziq-ovqat manbayi nima bo'lganini ko'rsatadi. Aynan shu 
manzilgohda ko'rinishidan neandertal odamniki bo'lgan bosh su- 
yagi qoldiqlari topilgan. Shimoliy Afg'onistondagi Amudaryo oldi 
qumliklarida topilgan maxsus ovchilik qurollari bu yerda paleolit 
davri ovchilari yashaganidan darak beradi.
Arxeolog olimlar tomonidan Afg'oniston hududida o'rta 
paleolit davri (miloddan avvalgi 100^40 ming yillar)ga tegish- 
li odam manzilgohlari topib o'rganilgan. Xususan, hozirgi Puli 
Xuinri shahridan Toshqo'rg'on shahriga ketish yo'lida joylashgan 
Qora Kamar deb ataluvchi manzilgohda o'rta va so'nggi paleolit 
(miloddan avvalgi 40-12 ming yillar) davrlariga tegishli odamlar 
yashaganligi va ular asosan ovchilik bilan shug'ullanishganligi 
aniqlangan1.
Bu davrdagi arxeologik materiallami tizimlashtirish va tur- 
larga bo'lish missiya ishtirokchilarining doimiy diqqat-e’tiborida
’ Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press, 
2007. 
P. 17.


b o ‘ldi. 
R.Girshman boshchiligida 
Seiston manzilgohlaridan 
birida o‘tkazilgan qazishmalar anchagina diqqatga sazovordir. 
R.Girshmanning Bagramda olib borgan qazishmalari va unda 3 qat- 
lamga ega madaniy kompleksning topilishi Afg‘oniston qadimgi 
tarixini o ‘rganishda katta o‘rin tutadi. 1947-yilda Balx-Baqtriya 
shaharchasida o‘tkazilgan qazishmalar bu yirik shahar markazini 
tadqiq etishda alohida ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin arxeologik qazishmalar nati- 
jasida ko'plab o ‘tmish yodgorliklari aniqlandi va bu A fg‘oniston 
hududidagi qadimgi sivilizatsiyalar evolutsiyasini xomaki tarzda 
bo‘Isa ham belgilash imkoniyatini berdi.
Mozori Sharifdan 100 kilometr janubda joylashgan G‘ori Mor 
(lion g‘ori) deb ataluvchi manzilgohni o‘rganish chog‘ida esa bu 
yerda mezolit davri (miloddan avvalgi 12-7 ming yillar)ga oid 
odamlar yashaganligi m a’lum bo‘ldi.
Tog‘ oldi va ochiq tekisliklardagi zamonaviy odamlar avlodlari 
mil.aw. X -V II mingyilliklarda Afg‘oniston hududlariga ko‘chib ke- 
ladilar. Bu mezolit davriga to‘g ‘ri keladi. Bu davrda Qora Kamarda 
qo‘y, jayron va turli qushlaming suyaklari mavjud bo‘lgan ovchilar 
guruhi manzilgohi topilgan. Mozori Sharifning janubidagi Balxob 
daryosi bo‘yida bu davrga oid ikkita g‘or va bitta ochiq manzilgoh 
topilgan, ulaming umumiy nomi Al-Ko‘prik bo‘lgan. Bu yerda ancha 
yirik qurollar bilan bir qatorda suyakdan va yog‘ochdan yasalgan 
qurollar ham mavjud bo ‘lib, ulaming juda kam qismi saqlanib qol- 
gan. Bu qurollar o‘sha davr uchun yangi qurollar bo‘lib, o‘z davrida 
mehnat unumdorligining oshishiga yordam bergan. Mezolit davrida 
uchburchak, to ‘g‘ri burchak shaklidagi chaqmoqtosh qurollar ancha 
keng tarqalgan edi.
Neolit davrida Afg‘oniston hududidagi jamiyat rivojida 
xo‘jalikdagi bir xillikka asta-sekin putur yetdi. Mamlakat shi- 
molida xo‘jalikning ilk ko‘rinishlari - termachilik va baliqchilik 
(o‘zlashtiruvchi xo‘jalik) hali ham davom etayotgan bir vaqtda, 
janubda dehqonchilik va chorvachilik (ishlab chiqaruvchi xo‘jalik) 
vujudga keldi. Neolit davri ovchilari va baliqchilari ko‘proq Baqtri-


у a tekisliklariga к о ‘chib borib joylashgan edilar. Bu davr odamlari 
qurollaming yangi turlarini kashf etadilar. Loydan yasalgan dag‘al 
idish qoldiqlari va siniqlari juda kam sonlidir. Neolit davri qatlam- 
lari ko ‘proq Afg‘onistonning shimolidan topilgan. 0 ‘sha paytdagi 
boy tabiiy resurslar neolit jamiyatining birmuncha mustahkam 
bo‘lishini ta’minlagan.
Miloddan avvalgi 5-4 ming yillar atrofida hozirgi Hirot va 
Qandahor shaharlari tevaraklarida ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi 
aholi jamoalari shakllana boshlaydi va bu keyinchalik butun 
Afg'oniston hududi bo‘ylab dehqonchilik jamoalari pay do bo ‘lishi 
uchun o ‘ziga xos tayanch vazifasini o ‘taydi. Xususan, Qandahor 
yaqinidagi Said Qal’a manzilgohida loydan yasalgan turar joy 
binolari o‘troq turmush tarziga o‘tgan va dehqonchilik bilan 
shug‘ullanuvchi kishilar jamoasi yashaganligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, miloddan avvalgi III—II mingyilliklar atrofida Seyis- 
ton viloyati hududlarida ham sersuv Helmand daryosi bo‘ylarida 
o‘ziga xos ravishda taraqqiy etgan dehqonchilik madaniyati mavjud 
bo‘lganligi xususida arxeologik qazishma ishlari m a’lumot beradi.
Hozirgi Afg‘oniston hududida o‘troq dehqonlar va chorva- 
dorlaming manzilgohlari hozircha faqat Hindikushning janubida 
ma’lum va ulaming yoshi mil.avv. IV -III mingyilliklar bilan davr- 
lashtiriladi. Ular suvi ko‘p va unumdor Qandahor viloyatida (Mun- 
digak, Said qal’a, Dex-Morasi-Gxundoy) joylashgan. Aytib o ‘tish 
joizki, yaxshi tabiiy sharoit bu yerda ilk dehqonchilik madaniyatining 
rivojlanishiga xizmat qilgan. Uning A fg‘oniston janubidagi evo- 
lutsiyasi fransuz arxeologi J.M.Kasal boshchiligida Mundigakda 
o ‘tkazilgan qazishmalar sababli juda yaxshi o ‘rganilgan. Bu yerdagi 
eng quyi qatlamlarda ham kulolchilik charxi yordamida yasalgan 
va naqshlar bilan bezatilgan sopol idishlar keng tarqalganini ko‘rish 
mumkin. Kulolchilik charxi kabi bunday murakkab qurollaming 
ishlatilganligi texnikaning yuqori darajada rivojlangani va ixtisos- 
lashtirilgan ishlab chiqarishning mavjudligini tasdiqlaydi. Qanda- 
hordagi ilk dehqonchilik qabilalarining metallurgiya sohasida an­
cha taraqqiyotga erishgani kuzatiladi. Bunda ehtimol Afg‘oniston


hududida mis rudasi qatlamlarining mavjudligi katta rol o‘ynagan 
bo‘lishi mumkin. Mis va bronzadan boltalar, xanjarlar va zeb-ziynat 
buyumlari yasalgan.
Ibtidoiy jam oa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o ‘z 
o ‘mini turli tabaqalardan tashkil topgan davlat hokimiyati hukm- 
ron bo ‘lgan jamiyatga bo ‘shatib berdi. Ushbu taraqqiyot davomida 
hozirgi Afg'oniston hududlarida istiqomat qilib kelgan aholi 
urug‘chilik jamoasida b o ‘lib, uning ikki bosqichini bosib o ‘tdi. 
Birinchi bosqichda urug‘ ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan 
bo‘lib, jam oa onalar hukmronligi - matriarxatga asoslangan edi. 
0 ‘sha davming urf-odatlariga ko‘ra bir jam oa a ’zolari o ‘rtasida oila 
qurish, y a’ni er-xotin bo ‘lish mumkin emasdi. Albatta, bir jamoa 
erkaklari boshqa bir jam oa ayollari bilan “oila” qurishlari lozim edi.
Jamoani boqish, ulami oziq-ovqat bilan ta ’minlash albatta 
oson ish emas edi. Buning ustiga dehqonchilik va chorvachilik ix- 
tiro etilgach, onalar uchun xo‘jalikni boshqarishda yana ham katta 
qiyinchiliklar kelib chiqdi. Shunday sharoitda ikki jam oa urug‘idan 
er-xotindan iborat juft oila shakllandi. Bu hodisa jamiyat hayotida 
o ‘zgarish nuqtasi bo ‘ldi. Chunki juft oilaning tashkil topishi bilan 
jam oa mulkchiligiga asoslangan ibtidoiy urug‘chilik jamoasi 
zaminiga zil ketdi. Nega deganda urug‘ jamoasidan tashqarida 
tashkil topgan bu oilaning iqtisodiy zamini xususiy mulkchilikka 
asoslanar edi. Oila manfaati bilan urug‘ jamoasi manfaati o ‘rtasida 
o‘ziga xos kelishmovchilik, nomuvofiqlik va ziddiyat pay do bo ‘ldi. 
U rug‘ jamoalaridan tashqarida juft oilalar jamoasi tarkib topdi. 
Ulami o ‘zaro birlashtiradigan manfaat omili albatta ishlab chiqarish 
edi. Shu sababdanbo‘lsa kerak, olimlar bunday juft oilalami “oilalar 
jam oasi” yoki “ishlab chiqarish jam oasi” deb ataganlar. Shunday 
qilib, taraqqiyotning bu bosqichiga kelib urug‘ jamoasi yemirilish 
sari y o ‘l tutdi, u o ‘zining tub m a’nodagi ishlab chiqarish va jamoa 
mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo‘qota bordi.
Shu tariqa Afg‘oniston hududida ham qadimdan yashab kelgan 
aholi orasida miloddan avvalgi II mingyillik ikkinchi yarmi va 
I mingyillik boshlarida juft oilalar shakllana boshladi va ular


negizida ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo ‘lishida birinchi 
va asosiy omil - jam oa ixtiyorida ortiqcha mulkning hosil bo‘lishi 
va jamoalararo mahsulot ayirboshlashning vujudga kelishi hal 
qiluvchi o‘rin tutdi. Albatta, bu jarayon chorvachilik va dehqon- 
chilikning paydo bo ‘lishi oqibatida oilalar ixtiyorida ortiqcha oziq- 
ovqat mahsulotlarining to‘planishi bilan bog‘liqdir. Endi har bir 
oila o ‘zidagi ortiqcha mahsulot va buyumlami qo‘shni oiladagi 
o ‘zida yo ‘q mahsulotlar bilan almashish imkoniyatiga ega bo ‘ldi. 
Bunday jarayon dastlab ikki urug‘ jamoalari o‘rtasida olib borildi. 
So‘ngra bu jarayonda urug‘ jamoalari ham faol qatnasha bordilar. 
Ammo juft oila mulki bilan jam oa mulki endi sig‘isha olmay qol- 
di. Bu o‘zaro ziddiyatlar oilalar bilan oilalar, urug‘ jamoalari bilan 
urug‘ jamoalari o‘rtasida o‘zaro janjal, to ‘qnashuv va hatto urushlar 
darajasiga borib yetardi. Bu to ‘qnashuvlar oqibatida yengilgan oila 
va urug‘ jamoaning boyliklari g ‘oliblar qo‘liga o ‘tardi.
G ‘oliblar bu boyliklami o ‘z mulklariga va boyliklariga qo‘shar 
edilar, yengilgan va tobe bo‘lgan oila hamda urug‘ jamoasi vakilla- 
rini esa asir olib, ulami qullarga aylantirar edilar. Bu qullar ham 
g‘oliblaming mulki hisoblanganlar va ular ustidan o ‘z bilganlaricha 
hukmronlik qilganlar. Ana shu tariqa shaxsiy mulk sekin-astalik 
bilan rivojlanib xususiy mulkka aylangan, haq-huquqsiz qullar 
kelib chiqqan hamda ibtidoiy jam oa tuzumidan quldorlik tuzumiga 
o ‘tish uchun muayyan asoslar yetila boshlagan. Biroq, bu mulk- 
ni qo‘riqlash, qullami itoatda saqlash va zo‘rlab ishlatish uchun 
zo‘rlikka tayanuvchi qo‘shimcha qurollangan kuchlarga ehtiyoj 
ham kelib chiqqan. Bunday ehtiyojni oilalar va urug‘ jamoalarining 
ma’lum bir qismi qoplagan. Ana shu tariqa jamiyatda mulkdorlar, 
xo'jayinlar - quldorlar, tobelar, mazlumlar - qullar va zo‘rlikka 
tayanuvchi qurollangan kuch, y a ’ni ibtidoiy davlat ko ‘rinishi 
elementlari vujudga keldi.
Yuqoridagi holat urug‘chilik jamoasi uchun ikkinchi taraqqiyot 
bosqichini kechirish davriga kirganligini ko‘rsatadi. Bu davrda 
endi urug‘chilik jamoasi yemirilib, sinfiy tabaqalanish jarayoni 
boshlanadi. Jamoaning ijtimoiy tarkibida tub sifat o‘zgarishlar sodir


b o ‘ladi. Ijtim oiy va oila h a y o tid a e r k a k l a m i n g o ‘rni va a h a m iy a ti 
oshadi. M a tria r x a t - o n a h u k m ro n lig i o ‘z o ‘rnini P a tria rx a t - ota 
h u k m ro n lig i d a v r ig a b o ‘sh atib b eradi. X u d d i shu d a v r d a j a m o a d a g i
o rtiq c h a d a r o m a d - x u s u s iy m u lk v a uni a y irb o s h la s h ja r a y o n i bilan 
b o g ‘liq h a m d a m ushtarak tarzda birinchi ijtimoiy m ehnat taqsimoti 
kelib ch iq ad i. C h u n k i j a m o a a ’z olari bir v a q tn in g o ‘z id a h am
c h o rv a c h ilik , h a m d e h q o n c h il ik b ilan s h u g ‘ullan a o lm a s edilar. Shu 
bois u lar o ‘z larig a q u la y va m a ’qul sohani ta n la b ola b oshladilar. 
A lb atta, bu n a rsa j a m o a j o y l a s h g a n h u d u d n i n g t a b iiy -g e o g r a fik
j i h a t d a n x o ‘ja l i k y u ritis h n in g q ay si soh asin i riv o jlan tirish u c h u n
q u la y im k o n iy a tla r m a v ju d lig i bilan b o g ‘liq edi.
A f g 'o n i s t o n
h u d u d i d a
y a s h a g a n
h u n a r m a n d c h il ik
bilan 
s h u g ‘ullanuvchi qabilalar m adaniyatining eng gullagan davri mil.avv. 
Ill m in g y illik k a bo rib taq ala d i. Yana b ir e ’tiborli jih a ti sh u n d a k i, 
A f g 'o n i s t o n d a sopol b u y u m la r ish lab ch iq a rish va id ish la rg a zeb 
b e r is h q a d im g i hind siviliza tsiy a si b o ‘lg a n X a r a p p a m a d a n iy a ti b i­
lan j u d a h a m o ‘x sh a sh . E h tim o l, H i n d v o d iy s id a j o y l a s h g a n X a r a p ­
pa m a rk a z i m isni h a m d a asl koni B a d a x s h o n d a b o ‘lgan lazuritni 
A f g 'o n i s t o n d a n o lg a n b o ‘lishi m u m k in . Bu g o ‘zal z a n g o ri toshni 
se h rg a rlik x u s u s iy a tig a eg a deb h is o b la g a n butun q a d im g i S h a rq d a
j u d a yuqori b aholashga n. L azurit mil.avv. IV m ingyillikda M eso p o - 
ta m i y a va M is rd a a n c h a k e n g tarq a lib , T ro y a v a K ic h ik O s i y o g a c h a
y e tib borgan. M u n d i g a k m a n z ilg o h i m a y d o n la r id a n biri usti ochiq 
v a t o ‘rt t o m o n d a n m i n o r a l a r bilan h im o y a la n g a n a y l a n m a d e v o r b i­
lan o 'r a l g a n edi. B u n d a n k o ‘rish m u m k in k i , M u n d i g a k m a n z ilg o h i 
o ‘z in in g oxirgi b o s q ic h id a d e h q o n j a m o a s i y a s h a y d ig a n j o y d a n sha- 
h a r tip id a g i m a n z i l g o h k o ‘rin is h ig a о 4 a bosh lag an .
Mil.avv. II m ingyillikda katta o ‘zgarishlar sodir b o ‘ldi. Bu vaqt- 
da j a n u b i y a f g ‘on z iro a tc h ila rin in g ikkala guruhi h am t o ‘la aniq 
b o ‘lm a g a n s a b a b la rg a k o ‘ra m a d a n iy a t jih a tid a n q a s h sh o q la sh d i. 
A k s a r i y a t m a n z il g o h l a r o d d iy qilib k o ‘m ib yuborildi. M u n d ig a k d a
o ‘z la s h tirilg a n h u d u d l a r b ir n e c h a m a r ta qisqardi; s o p o l idishlar 
y a s a s h h u n a r m a n d c h i lig i sa q la n ib q o lg a n b o ‘lsa-da, o d d i y k e ra m i- 
k a hali h a m a s o s iy m a h s u l o t edi. S h im o ld a esa, ak s in c h a , a y n a n shu


d a v r d a a n c h a riv o jla n g a n m a d a n i y a t m a v j u d edi. Q a z i s h m a ishlari 
v a q tid a bu m a d a n i y a tg a tegishli q im m a tli n a r s a la r b ila n bir q a to rd a
tilla va k u m u s h b u y u m l a r h a m topilgan. B u m a d a n i y a tg a oid bir 
q a n c h a y o d g o r l i k l a r o chilgan.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish