A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


-chizma Pul va tovarlarning harakati



Download 1,87 Mb.
bet10/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

6-chizma Pul va tovarlarning harakati
Barter bozor iqtisodiyotiga toʻg’ri kelmaydi, shu sababli pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul boʻlgan sharoitda amalga oshiriladi.
Tarixga nazar: Mamlakatimiz tarixida pul muomalasi deyarli toʻxtab qolgan vaqtlar ham boʻlgan. U paytlar harbiy kommunizm davri, Sovet mamlakatining barpo etilishining dastlabki yillari, qishloq xoʻjaligi vayron boʻlgan, zavodlar va fabrikalar toʻxtab qolgan, aholiga sotish uchun tovarlar juda kam ishlab chiqilgan. Boylar va olibsotarlarda qog’oz pullar juda koʻp toʻplanib qolgan edi.
Ana shunday sharoitda arzon bahoda tovar chiqarilsa, ularni darhol sotib olishardi va bunday tovarlar ozchilikning qoʻliga oʻtib qolardi. Narxni oshirib sotish mumkin emas – mehnatkashlar sotib ololmaydi, yana oʻsha puli koʻplar sotib olishadi. Shu sababli Sovet hukumati 1920 yili mehnatkashlarga oziq – ovqat mahsulotlarini pulsiz berishga qaror qildi. Bundan tashqari, transport, pochta-telegraf aloqasi, kommunal xizmatdan bepul foydalanish haqida dekret chiqqan edi.
Bozorda pul kasodga uchray boshladi. Uning qadri ketdi va aholi uni olmay qoʻydi, oddiy ayirboshlashni afzal koʻrdi. 1919 yilda 1 qadoq sovun - 2 qadoq sokka; 22 qadoq kerosinni -15 qadoq noʻxatga; 1 shinelni -10 qadoq yormaga; 3 qadoq tuzni - 30 qadoq suliga; 1 juft etikni - 30 qadoq qorabug’doy yormasiga almashishardi.
Koʻp asr muqaddam boʻlganidek, tovar-pullar paydo boʻldi.Ular har xil edilar. Koʻpincha un va tuz shu vazifalarni oʻtar edi. 1 pud javdari unga:
30 qadoq kerosin;
10 qadoq sovun,
100 gaz chit berardi9.

Pul-toʻlov vositasi. Pulning toʻlov vositasi ekanligi nasiyaga sotilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarga ularning haqi toʻlanganda, kredit qarzga olingan mablag’lar qaytarilganda namoyon boʻladi.


Narsani qarzga berishlik, uni sadaqa qilishdan ham yaxshiroqdir.10
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun olib chiqqan vaqtda, iste’molchining shu tovarni sotib olish uchun yetarli miqdorda naqd puli boʻlmasligi mumkin. Natijada tovarni nasiyaga sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni,, tovarning pulini toʻlash muddati kechiktiriladi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini toʻlov muddati kelgandan keyingina toʻlaydi. Bu holda tovarlar harakati bilan pul harakati bir vaqtning oʻzida sodir boʻlmaydi. Tovar harakati sodir boʻlgandan soʻng ma’lum muddat oʻtgach pul harakati amalga oshadi.
Masalan, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, puli esa 20 avgustda toʻlandi.
Tovar-10.08

Pul-20.08



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish