2.2. WiMAX tarmog‘ining arxitekturasi.
WiMAX tarmog‘ining qurilish tamoyillari.
WiMAX texnologiyasining xizmat tarmoqlari
Keng polosali kirish tarmoqlarining rivojlanishida simsiz
tarmoq texnologiyalari alohida o‘rin tutadi. Hozirgi kunda
telekommunikatsiya xizmatlari foydalanuvchilari nafaqat uyda,
balki ish joylarida, ko‘chada, restoran va kafelarda o‘zlariga qulay
aloqa vositalari orqali simsiz tarmoqlarga ulanishlari mumkin.
Oxirgi yillarda Wi-Fi va Wi-MAX tarmoqlarining keng tashkil
etilishi yuqori tezliklarda Internetga, axborot manbalariga kirish,
tarmoq orqali tez va oson ma’lumot almashish imkonini yaratdi.
Bu texnologiyalar keng polosali tarmoqlar tashkil etishning eng
qulay usuli hisoblanib, ko‘plab foydalanuvchilarga bir vaqtda
telekommunikatsiya xizmatlarini ta’minlaydi.
56
Bugungi kunda Wi-Fi (Wireless Fidelity) va Wi-MAX texnolo-
giyalari asosida kirish tarmoqlarini qurishga va kengaytirishga
respublikamizda ham e’tibor berilmoqda. Ta’lim muassasalari,
aholi madaniy dam olish maskanlarida bunday texnologiyalar
asosiy Internet xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu texnologiyalarning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Wi-Fi texnologiyasi. 802.11 standartini qo‘llovchi simsiz
lokal tarmoq qurilmalar ishlab chiqaruvchilarining qurilmalarini
birgalikda ishlashini ta’minlash maqsadida Wi-Fi texnologiyasi
ishlab chiqilgan. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunda uy, ofis va
tashkilotlar tarmoqlari sifatida keng tarqalgan.
Wi-Fi texnologiyasi tarmoqqa ulanish nuqtalari yoki
marshrutizatorlari orqali bino ichida 50–100 m va ochiq joylarda
150 m radiusgacha bo‘lgan masofalarda lokal tarmoqqa ulanish
imkonini beradi. Dastlab ma’lumot uzatish tezligi 54 Mbit/s
bo‘lgan, bugungi kunda o‘rtacha 100 Mbit/s atrofida ma’lumot
uzatishni ta’minlaydi.
Wi-Fi tarmoqlarini qurish lokal tarmoqlar tashkil etishning
eng arzon va oson varianti bo‘lib, uy va ofis tarmoqlarida kabel
o‘tkazish xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, kabel joylashtirish
2.3-rasm. Wi-Fi tarmog‘i tuzilishi.
57
imkoni bo‘lmagan joylarda, turli dam olish va istirohat
maskanlarida ham Wi-Fi tarmoqlari orqali aloqa tashkil etish
mumkin. Noutbuk, PDA bilan bir qatorda ko‘pchilik uyali aloqa
vositalari ham Wi-Fi ga ulanishni ta’minlaydi. Shuningdek, Wi-
Fi tarmoqlarida rouming xizmati mavjud bo‘lib, bitta ulanish
nuqtasidan ikkinchisiga o‘tganda tarmoqda ma’lumot uzatish
ta’minlanadi. Shu sababli Wi-Fi hozirgi kunda dunyoda keng
ommalashib borayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Wi-MAX texnologiyasi. IEEE 802.16 standartiga asoslangan
Wi-MAX texnologiyasi hozirda keng tarqalgan hududiy tarmoq
texnologiyasi hisoblanadi. Wi-MAX yordamida kichik qishloqlar,
uzoq regionlarda informatsion hamda kommunikatsion texnolo-
giyalarni rivojlantirish (ko‘pgina chekka hududlarda telefon
hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga
olgan holda) mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Wi-MAX texnologiyasini
nafaqat «so‘nggi milya» muammolarini hal etishda, balki regional
tarmoqlar (ofis hamda rayonlar) ni bir-biri bilan bog‘lashda ham
bemalol qo‘llash mumkin. Keng polosali Internet xizmatlarini
ta’minlashda hozirda simsiz tarmoqlarning eng yaxshi yechimi
hisoblanadi.
Wi-MAX tarmoqlari strukturasi odatiy mobil aloqa tarmoq-
lariga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km
(«mesh» rejimida) radiusda xizmat ko‘rsata oladi.
Alohida ustuvorliklarga ega bo‘lgan IEEE 802.16e (Mobile Wi-
MAX) standarti harakatdagi foydalanuvchilar uchun keng polosali
«mobil» xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu
standartda maksimal ma’lumot uzatish tezligi 5 MHz chastota
polosasida bugungi kunda o‘rtacha 100 Mbit/s ni tashkil etadi,
aloqa masofasi – 5–10 km.ga teng. Mobile Wi-MAX standarti BS
va AQ orasida bog‘lanishda mobillik (harakatchanlik) jihatdan
ayniqsa takomillashgan hisoblanib, shuningdek: avvalgi barcha
58
standartlarning imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi va quyidagi
rejimlarda ishlaydi:
Fiksatsiyalangan aloqali (bir joydan qo‘zg‘almay yoki
•
stat sionar holatda) ulanish (ingl. Fixed Wi-MAX);
Seansli ulanish (ingl.
•
Nomadic Wi-MAX);
Ko‘chma yoki siljish rejimidagi ulanish (ingl.
•
Portable Wi-
MAX);
Mobil ulanish (ingl.
•
Mobile Wi-MAX).
Wi-MAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish
uchun 10–66 MHz chastota diapazonidan foydalanish ko‘zda
tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MHz
chastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MHz kanal kengligida
ishlaydi. Bunda ±10
–6
chegarada chastota barqarorligini ta’min lash
zarur. Tarmoq baza stansiyalari binolar tomlarida yoki machtalarda
Xizmatlarni
yetkazib
beruvchi tarmoq
Magistral
Internet
Wi-MAX 802.16
uzatgichi
To‘g‘ridan to‘g‘ri
uzatish zonasi
To‘g‘ridan to‘g‘ri
uzatish zonasi
Xonadon
lokal tarmog‘i
2.4-rasm. Wi-MAX tarmog‘i.
59
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
IP-tarmog‘i
Elektr
ta’minoti
2.5-rasm. «Nuqta-ko‘p nuqta» rejimida Wi-MAX
Do'stlaringiz bilan baham: |