78
10.2. Turistik firmada biznes reja loyihalari
Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan firma ichidagi rejalashtirishning sifatiga bog‘liq. Turistik
firmadagi rejalashtirish jarayoni firma ishchilari o‘rtasida turistik
mahsulotni
ishlab
chiqish
va
realizatsiya
qilish
borasidagi
munosabatlarning keng doirasini qamrab oladi. Turistik firma ichidagi
rejalashtirishning xususiyatlaridan biri shundaki, turistik mahsulotni
yaratish va realizatsiya qilishda ko‘plab faoliyat turlarining xodimlari
maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘zaro hamkorlik qiladilar. Shuning uchun
firmaning rejasiga kiritilayotgan hatto eng progressiv g‘oyalar va
yangiliklar ham yondosh sohalar bilan hamkorlik qilgan holda turistik
faoliyatning butun hajmini kompleks asoslab bermay turib, sezilarli
natijalarga olib kelmasligi mumkin.
Turistik firma ichidagi rejalashtirishnig roliga yetarlicha baho
bermaslik salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Turistik faoliyatning
barcha muhim ko‘rsatkichlarining batafsil tahlil qilish asosida tadbirkorlik
rejasini tuzish jarayoni tadbirkorlik faoliyatining zaif tomonlarini
aniqlashga va o‘z niyatlariga vaqtida o‘zgartirishlar kiritish yoki umuman
ulardan voz kechishga imkon beradi.
Firma ichidagi rejalashtirishning asosiy vazifalaridan biri potensial va
mavjud investorlarning rejalashtirilayotgan tadbirlar amalga oshirilishiga,
rejadagi barcha tarkibiy qismlarning bir-biri bilan bog‘langanligiga,
ijrochilarning
tarkibi
va
rejani
amalga
oshirish
muddatining
asoslanganligiga shubhasini tarqatib yuborishdan iborat.
Turistik firmaning tadbirkorlik rejasi doimiy amal qiluvchi hujjat
bo‘lib, uni amalga oshirish jarayoni yuzaga kelgan ob’yektiv sharoitlardan
kelib chiqib unga tuzatishlar kiritilish mumkin. Rejalarni bajarish
muddatlari yarim yil, bir yil, 3-5 yil va undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Yillik rejani oylar bo‘yicha va choraklar bo‘yicha rejalashtirish tavsiya
qilinadi. Turistik firmaning yuridik maqomi, faoliyatining xususiyati,
xizmatlar, mehnat bozorining holati, davlat tomonidan yordam mavjudligi
va uning hajmidan kelib chiqib, turistik firmani rejalashtirishning strategik
tamoyili iqtisodiy, firmaga oid va ijtimoiy maqsadlarni o‘z ichiga olishi
kerak. Rejalashtirilayotgan natijalarga erishish uchta asosiy omillar bilan
belgilanadi: tanlangan strategiya, tashkiliy tuzilma va uning faoliyat
ko‘rsatishining usullari.
Strategiya - maqsadlarga erishish vositasi, eng ko‘p foyda olish uchun
resurslardan qanday foydalanish zarurligi tamoyili. U operativ maqsadlar -