58
VI-bob. TURIZMDA OVQATLANISH XIZMATI VA UNI TASHKIL
QILISH. RESTORAN XIZMATI
6.1. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va ovqatlanish
tarmoqlarining kengayishi
6.2. Restoranlarda tannarxga ta’sir qiluvchi omillar
6.3. Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari
6.1.Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va ovqatlanish
tarmoqlarining kengayishi
Oxirgi 10 yillikda dunyo miqyosida restoran
zanjirlarining miqdori va
o‘lchami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQShni liderlik qilmoqda
deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol
kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan
boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar
va amerika fuqarolari,
shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij
fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan
gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning
40% dan ortiqrog’ini sandvichlar tashkil qiladi.
“New research” kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar
qatoriga quyidagilar kiradi: “Makdonalds” restoranlarida
beriladigan
gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, “Sabvey”da beriladigan sandvichlar, “Tako
Bell”da beriladigan “teks-meks”. 1-chizmada xizmat ko‘rsatish
bozorida
restoranlarning ulushi ko‘rsatilgan.
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma
mablag‘ga ega bo‘lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran
zanjirlari orasida 2005-yilda “Makdonalds” eng katta aylanma mablag‘ga, ya’ni
21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda edi.
59
Eng ko‘p korxonalar “7-eleven” restoran
zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma
mablag‘ bo‘yicha ozgina orqada qolgan edi. Ushbu ma’lumotlar 1-jadvalda
berilgan. 90-yillarning boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi,
ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. “Pitstsa-Xat”-9450
ta korxona, “Domina-
pitssa”-5300 taga va “Lill-sizar”-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi
birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi
11
.
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar
markalariga (belgilariga) ega. Masalan; “Pitssa-Xat” “Pepsiko Ink”
kompaniyasiga
qarashli, “Tako Bell” esa “Kentukki Fred Chikken”
kompaniyasiga, “TV xolding INK”ga “Denis”, “Kuinsis”, “El Pollo Loko” va
“Kantin Korp”lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari
strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan,
chunki bundan katta
daromad keladi.
5-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: