XI. BOB XI. OKSIDLANISH – QAYTARILISH REAKSIYALARI
XI.1. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari haqida tushuncha.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi atomlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
2K +1 Cl+5 O3-1 = 2K+1Cl-1 + 3O20
2K+1 Br-1 + Cl20 = Br20 + 2K+1 Cl-1
№
|
Nazariyaning asosiy mohiyati
|
1
|
Atom, molekula yoki ionlarning elektronlar berish jarayoni oksidlanish deyiladi.
Al - 3e =Al3+; H2 - 2e = 2H+; 2Cl- - 2e = Cl2
|
2
|
Atom molekula yoki ionlarning elektron qabul qilishi jarayoni qaytarilish deyiladi.
S + 2e = S2-; Cl2 + 2e = 2Cl-; Fe3+ + e = Fe2+
|
3
|
Elektron beruvchi atomlar, ionlar yoki molekulalar qaytaruvchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular oksidlanadi. Elektronlarni qabul qiluvchi atomlar, molekulalar yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular qaytariladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |