58-rasm. Qayinzor.
Oq qayin (Betula pendula Roth.) birinchi kattalikdagi daraxt b o ‘yi
24-28 metrgacha o ‘sadi. Asosiy tanasi oq rangda bo‘lib juda m anzarali
ko‘rinishga ega. Oq qayin nihollari birinchi yillari juda sekin o ‘sishi
bilan ajralib turadi. 50 yoshlarida 25 m balandlikka o ‘sib, 24 sm
diametrga ega bo‘ladi. Oq qayin erta hosilga kiradi,ochiq yerlarda 10-15
yoshlarida, qayinzor o ‘rmonida 20-30 yoshlarida hosilga kiradi. Q ayin
urugiarining unuvchanligi yuqori - 80%. Qayin yog‘ochidan oliy sifatli
faner tayyorlanadi. Bu qayin turi Rossiya o ‘rmonlarida keng tarqalgan
daraxt turi hisoblanadi. K o‘kalamzorlashtirishda ahamiyati juda yuqori
oq tanasi va chiroyli barglari manzarali hisoblanadi. Daraxt tanasidan
qayin sharbati olinadi. Bulardan tashqari
daur qayini (Betula daurica
Pall.) momiq qayin (Betula pubescens Ehrh), Ermann qayini (Betula
ermanii Cham.)
kabi muhim turlari bor. Shimoliy Amerikada
qog‘oz
qayini (Betula papyrifera Marsh.)
keng tarqalgan. Barcha qayin turlari
manzarali daraxtlar hisoblanadi, ko'kalamzorlashtirishda keng foydalani
ladi. 0 ‘rmon xo‘jaligida ham qimmatli daraxt turlaridan biri hisoblanadi.
QANDAG‘OCH (ALNUS) TURKUMI
Turkumning vakillari daraxt yoki buta o ‘simliklaridir. Barglari
oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2-3 ta tangacha bilan
o ‘ralgan bo‘lib, bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli
ayrim jinsli, bir uyli, yig ‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Changchi gullari
silindrsimon kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqori qismida
rivojlanadi. Urug‘chi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida
rivojlanadi. Shamol vositasida changlanadi. Urug‘chi gulining boshog‘i
kuzda, yetilish oldidan qubbacha shakliga kiradi va shu holatda yetilgan
mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyi boshlarida
qubbachalar yorilib mevasi to ‘kilib ketadi va ular shamol vositasida
tarqaladi. Daryo bo‘ylarida o ‘sadigan turlaming mevasi suv toshqini
vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin.
Mevasi mayda, b o ‘yi 2-3 mm li, bir urug‘li yassi yong‘oqcha,
qanotcha va uchki tomonida qurib qolgan ustunchaning qoldig‘i bor.
Yong‘og‘i to‘kilib ketsada, qubbachalari daraxtda ko‘p vaqt saqlanib
turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez
o ‘sadi, birinchi yil o ‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda
tuganaklar hosil b o ‘lib, ularda atmosfera azotini to ‘plovchi bakteriyalar
rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o ‘simliklar ildizidagiga nisbatan
ancha ko‘p b oiad i. Ulardagi mikroorganizmlar yemi strukturasini
yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlari to‘nkasidan ko‘karadi,
ildizidan bachkilaydi. Y og‘ochi oq rangli, arralab qo‘yilgan yog'ochi bir
qancha vaqtdan so‘ng qizil-qo‘ng‘ir rangga kiradi. Uning yog‘ochidan
faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Po‘stlog‘idan esa
b o ‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor,
ular shimoliy yarim sharda tarqalgan. MDH da yow oyi holda 12 turi
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |