A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


-rasm. O'rmonning tabiiy tiklanishi (Kavkaz)



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

4-rasm. O'rmonning tabiiy tiklanishi (Kavkaz).


Ulaming to ‘qimalari tarkibida ju d a k o ‘p miqdorda harakatdagi 
uglevodlar va azot birlashmalari b o ‘lib, m evaning yoki urug‘ning pishib 
yetilish davrida ularda kraxmal, oqsil va y og ‘lar yig‘ila boshlaydi. 
Urug‘lami yetilish vaqtida ulam ing fiziologik faolligi sekinlashadi, 
ozuqa m oddalam i k o ‘chib yurishi to ‘xtaydi, suvning miqdori kam ayadi. 
U rug‘lami unib chiqish jarayoni b ir n echa bosqichdan iborat: s o ‘rib 
olish yo‘li bilan suvni o ‘zlashtirish, yutish hujayralarining o ‘sishi va 
parchalana boshlanishi, ozuqa m oddalar zaxirasini ko‘payishi, o ‘sish 
nuqtasiga ozuqa moddalami y ig‘ilishi, nafas olish va assim ilatsiyani 
kuchayishi, hujayralar boMinishini kuchayishi, hujayralami har xil 
to ‘qimalarga va o ‘simlik qism lariga differensiatsiyalashuvi, urugMar- 
ning unishi uchun suvdan tashqari kislorod va aniq ijobiy harorat zarur, 
b a’zi daraxt turlarining urugMari unish davrida yorug‘lik ham talab etadi. 
Kapilyar nam likka ega b o ‘lgan tuproqda ham m a u m g ‘lari unib chiqishi 
uchun yetarli darajada suv iste’mol qilishi kerak. Ammo suvning haddan 
tashqari ko ‘pligi urug‘lami unishini pasaytirishi hatto to ‘xtatib q o ‘yishi 
mumkin. B a’zi daraxt urug‘lari uzoq vaqt suvda ivitilgandan so ‘ng unish 
qobiliyatiga ega bo'ladi. Eman daraxti m evasi 6 oygacha suv ostida 
saqlansa ham unmaydi, lekin yashash qobiliyatini ham y o ‘qotm aydi.
Daraxtlam ng urug‘i tuproqda qulay sharoitlami yuzaga kelishi 
(namlik, issiqlik, kislorod va yorug‘lik) bilan una boshlaydi. U ru g ‘lam i 
unish jarayoni quyidagicha kechadi: avval namlik ta ’sirida u ru g ‘ 
bo ‘kadi, y a’ni tuproq nami urug‘ p o ‘stlo g ‘i orqali shimiladi v a suv 
endosperma va murtak hujayralariga kiradi. Suv shimilishi bilan u ru g ‘ 
m ag‘zidagi enzim fermentlari ta ’sirida endosperm a yoki urug‘palla- 
lardagi zaxira moddalar eriydi, eritm a m urtak hujayralariga, y a ’ni 
boshlang‘ich ildiz va uchki o ‘sish nuqtasining meristema hujayralariga 
tarqaladi.
Qalin va qattiq po‘sti boMmagan qarag ‘ay, qoraqarag‘ay, shum ning 
urugMari va emanning yong‘o g ‘i tez b o ‘kadi. Po‘sti qalin b o ‘lgan 
urug‘lar, jum ladan yong‘oq, kedr, jiy d a va buta o ‘simliklaming urugMari 
qiyin va sekin 3-4 sutkada bo ‘kadi.
Ayrim daraxt va butalaming urugM qattiq p o‘stli boMsada, tez 
bo ‘kadi chunki ulaming qalin tashqi p o ‘stida m ayda teshikchalar boMib, 
ular orqali suv yaxshi shimiladi. U ru g ‘ b o ‘kkandan so ‘ng tez una 
boshlaydi, eng oldin ildiz paydo boMadi. 0 ‘sish uchun qulay sharoit 
boMsada, oddiy shum, zarang, arg ‘uvon, normushk, grab, olm a, nok, 
olcha, olxo‘ri, n a ’matak, zirk, chetan, kalina, doMana, krushina, shum u rt 
kabi daraxtlam ing urug'i k o ‘p yillab unm ay yotadi. U lam ing p o ‘sti qalin


b o ‘lib, uzoq vaqt b o ‘kadi. Bunday urug‘lar fiziologik tinim davriga ega 
b o ‘lib, ular odatda kuzda terilgandan so‘ng darhol tuproqqa sepiladi va 
u ru g ‘ ekilgan qatorlar usti y o g ‘och qirindisi bilan m u lchalanadi. M ulcha 
ostidagi tuproqda nam lik b ir m e’yorda saqlanadi va bu holat u ru g ia m i 
bahorda qiyg‘os unishi uchun zam in yaratadi. Fiziologik tinim davriga 
ega urug‘lami yaxshi unishi uchun ular ekishdan oldin turli eritmalarda 
saqlanadi 
yoki 
stratifikatsiya 
qilinadi. 
Stratifikatsiya 
jarayoni 
quyidagicha: 1 qism u ru g ‘lar 3 qism yuvilgan daryo qumida aralash- 
tirilib nam holda saqlanadi. Stratifikatsiya muddati 1 oydan 3 oygacha 
davom etishi mumkin. Stratifikatsiya natijasida urug‘ning po‘sti orqali 
nam lik shimiladi va unishga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi, urug‘lami 
unish qobiliyati oshadi. N am likdan tashqari urug‘ning unishiga harorat 
ham katta ta’sir k o ‘rsatadi. Turli o ‘simliklaming urug‘lari unib chiqishi 
uchun tuproqda har xil harorat zarur bo‘ladi va u muayyan tur 
u rug'larini biologik talabidan kelib chiqadi. M asalan, o ‘tkir bargli 
zarangning urug‘i 0 +6°C, oddiy shumning stratifikatsiyalangan urug‘i 
+2 +5°C da unib chiqadi. Q arag ‘ayning urug‘i +5+6°C da una boshlaydi. 
0 ‘tkir bargli zarang u ru g ‘i +4+5°C da unadi, lekin urug‘lami qiyg‘os 
unishi +18+20°C da kuzatiladi. Tuproq harorati +40°C dan oshganda 
urugMarni unish jarayoni to ‘xtaydi. Past haroratda unib chiqqan urugMar 
yuqori va o ‘rtacha haroratda unganlarga nisbatan tez o ‘sadi. Ayrim 
daraxtlam ing urug‘i daraxtning o'zidayoq unishi mumkin. Havo 
nihoyatda issiq va nam b o ‘lgan kuz vaqtlarida eman daraxtida ana shu 
hodisani kuzatish m um kin. Tuproq sharoitlarini urug‘ unish jarayoniga 
t a ’siri kattadir: agar u ru g ‘ tushgan tuproq kislotali yoki ishqorli bo ‘lishi, 
u nda kislorod yetishm asligi, m exanik tarkibini o g ‘irligi k o ‘pgina daraxt 
turlari urug‘larini unishini qiyinlashtiradi va kechiktiradi. U rug‘ 
boshlang ‘ich ildizdan norm al una boshlaydi. Boshlang‘ich ildiz urug‘ 
p o ‘stining yorilgan jo y idan o ‘sib chiqib (geotropizm ta ’sirida) yerga 
qarab egiladi va o ‘sib chuqur kirib boradi, so‘ng ildiz b o ‘yni (gipokotil 
qism i) hosil bo ‘ladi. N inabarglilar, qayin, qandag‘och, shum, terak, tol, 
zaranglam ing urug'i unishi urug'pallalarini yer yuzasiga chiqishi bilan 
kechadi. U rug‘pallalar darhol yashil rangga kirib, assimilatsiya 
jarayo nini bajara boshlaydi. Shundan so‘ng urug‘pallalar o ‘rtasida 
b o ‘lg ‘usi o ‘simlik rivojlanadigan kurtak o ‘sib poya hosil qiladi. 
U ru g ‘pallalari qalin b o ‘lib, tarkibida zaxira plastik moddalar ko‘p 
b o ‘lgan urug‘lar urug'pallalarini yer yuziga ko ‘tarib chiqmaydi (eman, 
kashtan, grek yong‘o g ‘i, o ‘rm on yong‘og‘i).


U rug‘pallalar o ‘rtasidan rivojlangan poyachada birinchi, ikkinchi va 
keyingi barglar paydo b o ‘ladi va assim ilatsiya jarayoni boshlanadi. 
U rug‘pallalar barglar paydo b o ‘lgandan so‘ng sekin qurib tushib ketadi.
Daraxt-buta o ‘simliklari uchun vegetativ k o ‘payish va yangilanish 
xususiyati xos bo ‘lib, bu usulda o ‘sim liklam i k o ‘payishi tabiatda ko‘p 
uchraydi. Vegetativ ko‘payish usullari o ‘rm onchilikda, b o g ‘dorchilik 
ishlarida daraxt-buta o ‘sim liklarini xalq xo ‘jaligida m uhim ahamiyatga 
ega qimmatli turlarini k o ‘paytirishda keng q o ‘llaniladi. Vegetativ 
k o ‘paytirish usullari orqali k o ‘paytirilgan k o 'ch atlar ota-onalik nasliy 
belgilarini o'zida to‘liqsaqlab qoladi. Daraxt-buta o ‘sim liklar k o ‘p yillik 
o ‘t o ‘simliklar singari vegetativ k o ‘payish uchun yaxshi moslashmagan, 
chunki ularda ko‘p yillik o ‘tlarga xos piyoz, tuganak, jingalak kabi 
vegetativ organlar mavjud emas. Lekin daraxt-buta o ‘simliklari 
evolutsion taraqqiyot natijasida tinim holatidagi va q o ‘shimcha 
kurtaklardan 
vegetativ 
k o ‘payish 
xususiyatiga 
ega 
b o ‘lganlar. 
Vegetatsiya davri boshlanishi bilan daraxt-buta o ‘sim liklarining barcha 
kurtaklari yozilmay, faqat novda uchidagi yirik kurtaklargina yoziladi. 
Daraxt 
shox-shabbasining 
pastki 
qism idagi 
kurtak 
tangachalari 
q o itig ‘ida joylashgan mayda kurtaklar tinim holatidagi kurtak deyiladi 
va ular uzoq vaqt yozilmaydi. Faqat daraxt kesilsa yoki shoxlari 
mexanikaviy zararlansa, ulardan yangi shoxlar rivojlana boshlaydi. 
Tinim holatidagi birinchi kurtaklar yuza ildizlar orasida va tananing 
pastki qismida paydo b o i i b daraxtning butun hayoti davomida 
saqlanadi. Tananing yuqoriroq qismidagi kurtaklar keyinroq paydo 
b o ia d i va tananing pastki qism idagi kurtaklardan yosh b o ia d i.
Daraxtlaming 
o ‘sishi 
va 
tanasini 
y o ‘g ‘onlashuvi 
natijasida 
po ‘stlog‘idagi tinim holatdagi kurtaklar qurib qolishi mumkin. Bu 
hodisa ayrim daraxt turlarida tez, boshqalarida esa asta-sekinlik bilan 
kechadi. Tinim holatidagi kurtaklam ing qurib qolishiga o ‘sish sharoitlari 
kuchli ta ’sir qiladi: sharoit qanchalik yaxshi b o is a , daraxt tez o ‘sib 
rivojlanadi, lekin kurtaklar tez quriydi. K urtaklam i qurishini asosiy 
sababi tez o ‘sish natijasida tinim holatidagi kurtak tananing y og‘ochlik 
qismidan ko'tarilib, undan uzoqlashadi va oxir-oqibatda tana bilan 
aloqasi uzilgach u qurib qoladi. Daraxtlar kesilganidan so ‘ng tanasining 
pastki qismidagi va ildiz b o ‘yni yaqinidagi tinim holatidagi kurtaklar 
ko ‘kara boshlab, yangi novdalar rivojlanadi. D araxt to ‘nkasidagi tinim 
holatdagi kurtaklardan tashqari ildiz b o ‘ynida va ildizlaridan q o ‘shimcha 
kurtaklar hosil b o ia d i (terak, qayrag‘och, gledichiya, jiyda).


Q o ‘shim cha kurtaklar daraxtlar kesilganda uning to ‘nkasidagi 
kam biyning hujayra qavatlarida hosil b o ‘lib, yog‘ochlik va po ‘stloq 
orasida to ‘nka kesigi atrofi b o ‘ylab lab shaklida qadoq hosil qiladi. Shu 
labsim on qadoqda q o ‘shimcha kurtaklar hosil bo ‘lib, ulardan novdalar 
o ‘sib chiqadi (qayrag‘och, jiyda, tuxum ak, terak, tol).
G ledichiya va tog‘terakda q o ‘shim cha kurtaklar kambiy qavatlarida 
vujudga kelib to ‘nkasining yon tom onida bo‘ladi, ulardan rivojlangan 
novdalar 
p o ‘stloqni 
yorib 
chiqib, 
bachki novdalarga 
aylanadi. 
Q o ‘shim cha kurtaklar tinim holatidagi kurtaklar kabi daraxtning 
y o g ‘ochligi bilan m ustahkam bo g 'lan g an bo‘lmaydi. Ular odatda ko ‘p 
yasham aydi, tez o ‘sib, bachki novdalar hosil qiladi. Faqat ildizda yoki 
gipokotilda hosil bo'lgan q o ‘shim cha kurtaklar tog‘terak, kulrang 
qandag‘ochda k o ‘proq b o ‘lib, qulay sharoitda o ‘sishi mumkin. Tinim 
holatidagi q o ‘shim cha kurtaklardan tashqari ayrim daraxtlar poyasida 
ildiz m urtaklari paydo b o ‘lib, qulay sharoitda ulardan q o ‘shimcha 
ildizlar rivojlanadi. Ildiz m urtaklari poyada o‘zak nurlari kambiyni kesib 
o ‘tadigan jo y d a p o ‘stloqda vujudga keladi. Ular uzoq vaqt tinim holatida 
b o ‘lishi m um kin. Ildiz murtaklari kam biyda hosil bo‘ladi, ular o ‘sishdan 
qism an to ‘xtagan q o ‘shimcha ildizlardir. Ildiz murtagi hosil b o ‘ladigan 
daraxt va butalar qalam chadan va parxish yo‘li bilan oson k o ‘payadi. 
Ildiz m urtaklaridan q o ‘shimcha ildizlar o ‘sib chiqishi uchun poyaning 
shu qismi nam tuproqqa yoki suvga tegib turishi zarur.
Shundagina 
qo‘shimcha 
ildizlar 
tez 
o ‘sib 
chiqadi. 
Daraxt 
kesilganidan so ‘ng qolgan to ‘nkasidan novdalar rivojlanadi. Bachki 
novda chiqarib yangilanish ko ‘pchilik yopiq urug‘li (yaproqbargli) 
daraxt va butalarga xos b o ‘lib, bu to ‘nka va ildiz b o ‘yni oldida tinim 
holatidagi m urtakning b o ‘lishiga yoki q o ‘shimcha kurtak hosil qila olish 
xususiyatiga ega b o ‘lishiga b o g ‘liq. Ninabargli daraxt turlarida 
bachkilash xususiyati mavjud emas. Faqat sekvoyya, zamab va ginkgoda 
tinim holatidagi kurtaklar m avjud b o ‘lib, ulardan bachkilar rivojlanadi 
va daraxt doim o yosharib, yangilanib turish xususiyatiga egadir. Ammo 
oqqarag‘ay, qoraqarag'ay va tilog‘och daraxtlarida b a’zan bachkilash 
hodisasi qayd etiladi. Bargli daraxtlam ing bachkilash xususiyatlari 
turlichadir. Em an, shum, zarang, qan d ag ‘och, qayrag‘och, grab, nok 
yaxshi bachkilam aydi, chunki ulam ing tinim holatidagi kurtaklari tez 
qurib qoladi. T o g ‘terak, tol yaxshi bachkilaydi. Daraxtlami bachkilash 
xususiyati yoshiga va yashash sharoitiga qarab o ‘zgaradi, y a’ni yashash 
sharoiti qulay b o ‘lsa, daraxt tez o ‘sib rivojlanadi va unda bachkilash 
xususiyati tez y o ‘qolib ketadi. M asalan, qayin bachki novdalar hosil



Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish