239
shishadagi svillar shishaning o‘ziga qaraganda nurni keskin sinishini
yuzaga keltirmaydi, shu bois oddiy ko‘z bilan ularni ilg‘ab olish qiyin.
Svillar tasvirini olish uchun shisha siniqlari orqali nuqtasimon nur
tarqatuvchi asbobning paralel yorug‘ligi obyektdan 3
mm masofada
o‘tkaziladi. Nurning yurishini tekis shisha yordamida o‘zgartirish mumkin.
O‘rganilayotgan shisha siniqlari svillari bo‘lmagan ko‘zgu oynasining
sirtiga qo‘yiladi. Ko‘zgu orqasida 30-40 sm masofada ekran (toza qog‘oz)
joylashtirilib, unda tekshirilayotgan shisha siniqlarining shakli va svillari
ko‘rinib turishi kerak. Svillar tasviri bevosita ekran o‘rniga qo‘yilgan
yuqori darajada kontrastlikka ega foto qog‘ozga qayd etiladi. Butun ish
qorong‘i xonada amalga oshiriladi. Ushlab turish (viderjka) vaqti tajriba
yo‘li bilan aniqlanadi. Foto qog‘ozga ishlov berish natijasida unda siniqlar
chegaralari va svil chiziqlari paydo bo‘ladi.
Shisha siniqlarini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulda tekshirish
umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan taqdirda qismlariga
qarab butunni
aniqlash asqotishi mumkin. Espert modelda shisha siniqlarini qiyoslar
ekan, ularning hammasi bir turdagi yoritgichga tegishli ekanligini
aniqlaydi. Buni aniqlagandan so‘ng u yon devorlari
bor shisha siniqlarini
mikroskop yoki polimer qolip yordamida ko‘zdan kechiradi. Shuningdek,
press-qolipdan qolgan chiziqlar, do‘nglar, qubbalar (cheklovchi xalqa,
matritsa va razyom) izlari o‘rganiladi. Bular o‘z navbatida, tekshirish
uchun berilgan shisha siniqlari avval yaxlit bir butunni tashkil qilgan
xulosaga kelishga imkon beradi.
Shishaning ichki tuzilishini tashkil qiluvchi belgilarni
aniqlash
fizikaviy-kimyoviy usullar: ultrabinafsharang nurlarda lyuminessent
spektral tahlil, emission spektral tahlil, rentgenospektral mikrotahlil
yordamida amalga oshiriladi.
Matodan tayyorlangan buyumlar qismlarini tekshirish xususiyatlari.
Odatda, ekspertiza obyekti bo‘lib, qirqish yoki yirtish natijasida
bo‘lingan mato parchalari hisoblanadi. Tekshirish boshida to‘qima
matolar
umumiy namuna belgilariga qarab tahlil qilinadi va taqqoslanadi. Ularga
tola turi, mato qalinligi, iplar qalinligi va to‘qilish yuzasining tuzilishi,
rangi kiradi.
Bo‘yalgan matoda bo‘yash usuliga ham e’tibor beriladi: tekis, agar u
butunligicha bir rangga bo‘yalgan bo‘lsa, naqshli yoki bosma gulli – agar
bir nechta rangda bo‘lsa. Bosma gulli usulda bo‘yashda tasvir va undagi
ranglar soni bilan tavsiflanadi.
O‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir xil bo‘yoqqa bo‘yalmagan
matolar rangi ko‘zga ko‘rinmas darajada farqlanishi mumkin. Ular
240
ultrabinafsha nurlarda ko‘zga ko‘rinadigan flyuoressensiya yoki infraqizil
nurlarda tasvirga olish orqali aniqlanadi.Solishtirilayotgan obyektlar bir
vaqtning o‘zida bitta fotoplastinkaga tushiriladi. Olingan tasvirlarning turli
tumanligi bo‘yoqlardagi farq borligidan dalolat beradi. Mato qalinligining
bir
xildaligi buni inkor etmaydi, zero turli bo‘yoqlar infraqizil nurlardan
bir xil ta’sirlanishi mumkin.
So‘ngra qirqilish joyida yuzaki mato maydonlari va ularning tarkibiy
tuzilishi o‘rganiladi. Bo‘linish chizig‘i bo‘ylab 1sm masofada bo‘lgan
iplar
soni aniqlanadi. Kesilgan (uzilgan) iplar ichida boshqalaridan o‘zining
joylashishi (zichlashgan yoki siyraklashgan joylar), qalinligi, tarkibiy
tuzilishi, rangi va rang turi bilan ajralib turadiganlari aniqlanadi va mato
bo‘laklarini taqqoslash va qoplashda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lishi mumkin
bo‘lganlari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: