A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Hayvon oyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
3. Hayvon oyoq izlarining kriminalistik tadqiqoti 
 
Garchi hodisa joyida (hududdan kelib chiqib) turli xil hayvonlarning 
izlari topilsa-da, kriminalistik amaliyotda hammasidan ko‘proq, tez-tez 
uchrab turadigan obyekt it panjalari (mushukniki kamroq), ot tuyoqlari 
hisoblanadi. Ushbu izlarda oyoq yoki panja (barmoqlar, tirnoq, tuyoqning 
tuzilishi) elementlarining o‘zaro joylashuvi, shakli, kattaligi aks etadi. 
It (mushuk) panjalari izlarining ekspert tadqiqotida nafaqat guruhiy 
tegishliligini (shakli, kattaligi va panjalarining umumiy tuzilishi) ko‘rsa-
tuvchi umumiy belgilari, balki  alohida belgilari, teri relyefi ham o‘rga-
niladi. Alohida belgilariga panjalarining tuzilishidagi kabi, teri naqsh-


 293 
larining relyeflari (papillyarli)da, shuningdek, mikrorelyefda farqlar 
bo‘lishi mumkin.  Masalan,  itning zotidan kelib chiqib, uning panjalari 
turlicha aks etadi. Bunday aks etishning aniqligi tovon va panjalar 
orasidagi junning qanchalik kuchli yoki qalin o‘sganligiga va boshqa bir 
qator  omillarga bog‘liq. 
Qiyosiy tadqiqot uchun  trasologiyada qabul qilingan metodika 
bo‘yicha eksperimental iz tayyorlash zarur. Bunda ekspert izlarni hayvon 
egasining ishtirokida  tayyorlashi (yoki ekspert ishtirokida va uning 
ko‘rsatmasini  qat’iy bajarish asosida tayyorlash) maqsadga muvofiqdir. 
Oyoq izlarining shakli, kattaligi, ularning o‘zaro joylashuvi, 
shuningdek, tadqiq etilayotgan izlar (barmoqlar, tirnoqlar, changallar va 
h.k.) elementlariga doir o‘xshash tavsiflar hayvonlarning nafaqat zot va 
turini, ular harakatining yo‘nalishi va trayektoriyasini, tezligini aniq 
belgilash, balki xususiy belgilari kompleksini o‘rganishda aniq hayvon 
zotini aniqlash imkonini beradi. 
Trasologiyada hayvon oyoqlari belgilarini anatomik va funksional, 
umumiy va xususiyga ajratish qabul qilingan. Umumiyga tuyoqning shakli 
(aylana, oval), oyoq kaftining shakli (kirgan, yassi), tuyoqning hajmi 
(taqalangan yoki taqalanmagan tuyoq) kiradi. Ushbu belgilar izlarda  
yarim aylana, yarim oval ko‘rinishida aks etadi. Ularda oyoq kafti (tuyoq 
yoki taqaning oldingi qismi) va ikki shoxi farqlanadi. Tuyoqning shakli va 
hajmidan kelib chiqib, izlar oldingi yoki orqa oyoqdan qoldirilganini 
aniqlash mumkin. 
Xususiy belgilariga ko‘rsatgichlarning shakli, hajmi va burchagi, yoriq 
ko‘rinishidagi nuqsonlari, o‘simtalar,   qatlam qismlari (uchastkalari), 
taqalarning belgilari, tuyoqning tuzilishi detallari va boshqalar kiradi. 
Funksional belgilar otlarning o‘ziga xos yurishi, oyoqlarini qo‘yishi 
haqida guvohlik beradi. Bu belgilar izlar yo‘lkasida aks etadi. Oyoqlarning 
qo‘yilishiga qarab, izlarning tegishli yo‘lakchalari hosil bo‘ladi. 
Keltirilgan belgilarga oyoqlarni qo‘yish, qadamning uzunligi, qadam 
burchagi kiradi. Ushbu tadqiqotlar va izlarni qayd etish inson oyoqlari 
izlari yo‘lakchalaridagi kabi o‘tkaziladi. Qayd etish lozimki, tuyoq 
izlaridan ko‘proq ma’lumot beruvchi belgilar nam va loy yerlarda yaxshi 
aks etadi va saqlanadi. Bunday izlarni qayd etish umum qabul qilingan 
metodlarga mos keladi, ya’ni  o‘lchash, masshtabli suratga olish va 
qolimlarni tayyorlash o‘tkaziladi 
Tuyoq belgilari bilan chambarchas bog‘langan taqa belgilari katta 
identifikatsiyaviy ahamiyatga ega hamda, qoidaga ko‘ra, birgalikda tadqiq 
etiladi (izlarda yetarlicha yaxshi aks etganda). Biroq, tuyoqlar tadqiqotida 


 294 
hayvonlar, taqa izlari bo‘yicha esa, ayrim holatlarda, faqat taqaning o‘zi 
identifikatsiya qilinadi. Bu shu bilan izohlanadiki, ba’zan taqa bir 
hayvondan boshqasiga taqalangan holatlar ham uchraydi. 
Otlarning tuyoq va itlarning panja izlari boshqa hayvonlarning izlari 
orasida ko‘proq kriminalistik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Tuyoq 
va taqa izlarini, shuningdek, ularning yo‘laklarini o‘rganish otlarning 
harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash uchun informatsiyaviy 
materiallarni beradi. 
Har bir hayvonning, shu bilan birga otning iz yo‘llari uning o‘ziga xos 
«yurishi»dan guvohlik beradi va u orqali  otlarning bir xil yurishi (allyur), 
ya’ni harakat tipi (qadamlab yurish, yo‘rtib chopish, sakrab chopish, 
yo‘rg‘alab yurish va h.k.) aniqlanishi mumkin. Umumiy va xususiy 
belgilar tuyoq va taqaning alohida izlari bo‘yicha aniqlanadi. Bir tipda 
yurishni aniqlash harakat tezligi haqida taxminiy xulosa chiqarish 
imkonini beradi. Ayrim tegishli manbalarda bu ma’lumotlar ajratiladi. 
Sekin qadamlarda  harakat 3,5–4,5 km/s, tez qadamlarda – 7 km/s, chopib, 
yo‘rtib harakatlanganda – 12 km/s, tez, yelib harakatlanishda 15–20 km/s 
tezlikka to‘g‘ri keladi. Bir tipda yurishning keltirilgan turli ko‘rinishlari 
izlari yo‘lida aks etadi va ular orqali otlarning siljishi borasida tasavvurga 
ega bo‘lish mumkin. Harakatlanish yoki siljish tezligiga otlarning yoshi va 
qanchalik yuk ortilgani kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Yuqorida sanab o‘tilgan izlar bo‘yicha yurish tiplar (allyura) tavsifi, 
ular yurishining o‘ziga xosligi orqali otlarning zotini aniqlash muayyan 
qiyinchiliklarni tug‘diradi va yilqichilik sohasidagi maxsus bilimlarni talab 
qiladi. Ot tuyoqlari izlarini ko‘zdan kechirish va trasologik ekspertiza 
o‘tkazishda ko‘rsatilgan sohadan tegishli mutaxassisni taklif etish tavsiya 
etiladi. 
Izlarni o‘rganish jarayonida hosil bo‘lgan iz oldingi yoki orqa 
tuyoqdan hosil bo‘lganligi holatini aniqlash juda muhim hisoblanadi. 
Qoidaga ko‘ra, oldingi oyoq tuyoqlari orqa oyoq tuyoqlariga qaraganda bir 
qadar katta hajmga ega va  bir muncha yassi tovoni bilan farq qiladi. 
Tuyoqlar tadqiqoti metodikasi, muayyan o‘ziga xosliklarga ega bo‘lsa-
da, trasologiyada umum qabul qilingan bosqichlardan tashkil topadi. 
O‘ziga xosligi shundan iboratki, qator holatlarda ekspertga hayvon 
tuyog‘ini bevosita o‘rganish kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ko‘zdan 
kechirishni mutaxassis (veterinar yoki zootexnik) ishtirokida amalga 
oshirish kerak. Hayvon tuyoqlarini bevosita o‘rganish bir qator sabablar 
bilan bog‘diq. Birinchidan, eksperimental namunalarni tayyorlash 
jarayonida muayyan qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Ikkinchidan,  


 295 
hayvon tuyog‘ining tag qismi tuzilishi shikastlanishlar va boshqa omillar 
ta’sirida yetarlicha tez o‘zgarishga uchrashini hisobga olish lozim. 
Ekspertga, shuningdek,  hayvon (ot)ning oxirgi vaqtda (ya’ni, hodisa sodir 
bo‘lgan va ekspertiza tayinlangan muddat oralig‘ida) qanday sharoitda 
(o‘rmon, tuproqli, asfaltli yo‘l)  ekspluatatsiya qilinganligi haqidagi 
ma’lumotlar taqdim etilishi shart. Hayvon ishlatilganidan keyin 
tuyoqlarining tozalangan-tozalanmaganligi fakti ham muhim ahamiyatga 
ega, chunki tozalashda belgilari o‘zgarishi mumkin. 
Barchaga ma’lumki, otlarning tuyog‘ini asrash maqsadida taqalarning 
turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Otlardan foydalanish va vazifasidan 
kelib chiqib, joy (shahar, qishloq)ni hisobga olgan holda  taqalarning turli 
ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda taqalarning 300 ga yaqin turi  
mavjud. Shuningdek quyidagilarni ham hisobga olish kerak, masalan, turli 
o‘ziga xos sharoitlar (oqsaqlanish, maymoqlik va boshq.)da  ot oyoqlariga 
maxsus taqalar (yengillashtirilgan va og‘irlashtirilgan va h.k.) tayyor-
lanishi mumkin. Shuning uchun, agar ekspert taqa izlari tadqiqotida umum 
qabul qilingan umumiy tasnifga to‘g‘ri kelmaydigan biror-bir belgini 
aniqlasa, maslahat olish uchun mutaxassis (taqachi-temirchi)ga murojaat 
etishi tavsiya etiladi. Taqalar ( old yoki orqa) belgilangan o‘rniga qarab, 
oval, yarim aylana ko‘rinishidagi izlarda aks etadi. 
Taqalangan otlarning taqa izlari katta identifikatsiyaviy ahamiyatga 
ega. Qattiq yerda bu izlarda taqalarning chiqib turgan qismi ancha aniq aks 
etadi, yumshoq yerda hajmli izlarda taqalarning yuza qismi va tuyoqning 
tag qismi  yaxshi ko‘rinadi. 
Otlarning taqalarida ikkita shox, buxtovaka, ilgakli qism, mix teshigi 
va shoxlarning oxirida tegishli shiplar (sirg‘anmaslik uchun) qayd etiladi. 
Taqaning tuyoqqa yopishadigan sirti yuqori, yer tomonga qaragani esa 
pastki deb ataladi. Juft oyoqqa qaratilgan tuyoq shoxlari ichki shox 
hisoblanadi va aksincha, ya’ni teskarisi tashqi shox hisoblanadi. 
Buxtovka — bu taqaning ichki yuzasining qiyaligi. U tuyoqning 
yumshoq tovonini taqa bilan aloqa (kontakt)dan saqlash uchun zarur. 
Taqaning pastki yuza qismidagi mix qotiriladigan va boshchasi chiqib 
turadigan ariqcha qovurg‘ali yo‘lakcha deb ataluvchi vazifani bajaradi. 
Taqada 6 tadan 8 tagacha mix uchun teshiklarni sanash mumkin. Yo‘l 
qoplamasi bilan yaxshi tishlashishi uchun taqaga shiplar mustahkamlanadi. 
Zavodda tayyorlanadigan taqalar tegishli sdandartlarga asosan 
tayyorlanadi va rezbali yechiladigan shiplar o‘rnatiladi.Oldingi va orqa 
tuyoqlarning farq qilishi bois, ular uchun xuddi shungdek turli taqalar 
tayyorlanadi. Kosiblik usulida tayyorlanadigan taqalar, qoidaga ko‘ra, 


 296 
doimiy shiplarga ega bo‘ladi, zavodda tayyorlanadiganlarida esa 
yochiladigan bo‘lishi mumkin. Tuyoqning qishki taqalari uchun 
o‘tkirlashtirilgan shiplar, yozgilari uchun esa o‘tmas shiplar  foydalaniladi. 
Adohida holatlarda taqalar shipsiz qo‘llaniladi. Kasl tuyoqli hayvonlar 
uchun maxsus taqalar mavjud. 
Taqa izlarida quyidagi alomatlar aks etadi: 
— taqaning tuzilishi to‘laligicha, maxsus taqalar tiplari ( «maxsus», 
«sharqiy» va boshq.); 
— shiplarning mavjud yoki mavjud emasligi, soni, shakli va 
kattaligi,ularning taqa yuzasida joylashuvi; 
— mixli yo‘lakchalarning shakli va kattaligi hamda mixlar soni; 
— mixlar boshining joylashuvi, ularning kattaligi va shakli. 
Taqalarni identifikatsiya qilish faqat turli individual alomatlar majmui 
aniqlanganda mumkin. Xususiy alomatlarga quyidagilar kiradi: alohida 
shiplarning shakli va kattaligi; taqaning tishlashadigan va tovon qismida 
yoriq ko‘rinishidagi deformatsiya alomatlarining o‘zaro joylashuvi va 
mavjudligi;  taqa teshigidan mix boshining chiqib turishi darajasi va 
boshqalar. 
It panjalarining umumiy alomatlari panjalarning o‘zi va ular 
elementlarining shakli va kattaligi bilan tavsiflanadi. Masalan, yirik 
itlarning izlari bo‘ri izlari bilan o‘xshashliklarga ega va shuning uchun  
ularning farq qiluvchi jihatlarini qunt bilan o‘rganish zarur. Xonaki 
itlarning izlarida faqat tovoning oldingi qismi izlari qoladi, 4 ta barmoq 
joylashgan yostiqcha kuchli tirnoq izlari bilan ta’minlanadi. 
It panjalarining xususiy alomatlari panjaning tug‘ma va orttirilgan 
kamchiliklari o‘zaro joylashuvining kattaligi va shakli bilan tavsiflanadi. 
Izlarning kattaligi itlarning zoti va uning gavdasiga bog‘liq. 
Trasologiya ekspertizasi rivojining hozirgi bosqichida chiziqli 
fragment va kamdan-kam uchraydigan nuqtalar ko‘rinishidagi panjaning 
tovon qismida joylashuvchi  papillyar tipli naqshlardan foydalanish juda 
istiqbollidir. Hozirgi vaqtda tadqiqotning ushbu metodikasi yetarlicha 
ishlanmaganligiga qaramay, it panjalarining biologik naqshlaridan 
hayvonlarni identifikatsiya qilishning muqobil mezonlaridan biri sifatida 
foydalanish imkoniyatini hisobga olish mumkin bo‘ladi. 
Hayvon izlarini qidirishda, ularni o‘rganish va qayd etishda yil-
qichilik, it bilan shug‘ullanish, ovchilik  sohasidagi tegishli mutaxassislar 
va zoologlarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘ziga xos tavsifga 
ega bo‘lgan hayvonlarning turlarini aniq belgilashda yordam berishi 
mumkin. 


 297 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish