A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Hayvon tish izlarining kriminalistik tadqiqoti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
4. Hayvon tish izlarining kriminalistik tadqiqoti 
 
Hayvon tishlari izlarining kriminalistik tadqiqoti birinchi navbatda 
ushbu izlar hayvonlar tomonidan qoldirilgan yoki qoldirilmaganligi 
masalasi hal qilinadi. Hayvonlar tish tizimi va tuzilishi odam tish apparati 
tavsifidan farq qilsa-da, ushbu masalaning hal etilishi jinoyatlarni tergov 
qilinishida muhim hisoblanadi. 
Hayvon tishlari odamniki singari pulpa, ya’ni har bir tish o‘rtasidagi 
bo‘shlikni to‘ldirib turadigan va nerv uchlari tutashadigan yumshoq 
to‘qima, milk kungurasi ega. Uning ichiga tomirlar va nerv uchlari 
joylashadi, tishning tashqi yuzasi emal bilan qoplangan. Ular ham jag‘ning 
og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos alveolalari (jag‘ suyaklarida tish ildizlari 
o‘rnashgan uyalar)ga ega bo‘lib, tishning yashirin qismi ildiz hosil qiladi. 
Jag‘dan chiqib turgan esa tish koronkalari deb nomlanadi. 
Tishning oila, zot va tur tizimli alomatlari tavsifini sanab o‘tamiz. 
Umumiy anatomik alomatlari: 
— jag‘ning yuqori va pastki tishlar qatorining umumiy shakli 
(uchburchak,  ellipssimon va boshqalar); 
— tishlarning umumiy soni va ularning shakli va kattaligi; 
— tishlarning o‘zaro joylashuvi; 
— yuqorigi ikki kesgichning umumiy kengligi, qoziq tishlarning 
uzunligi, tishlar orasidagi oraliq. 
Funksional  alomatlari (masalan, itlarda zotiga qarab farqlanadi): 
— tabiiy tishlam — prognatik, yuqori jag‘ tishlari pastkilarini yopib 
turadi (masalan, pudellar); 
— progenik — pastki jag‘ tishlari yuqoridagilarini yopib turadi 
(masalan, buldoglar); 
— nonormal tishlamlar – turli sabablarning asorati hisoblanadi (itning 
hayotining dastlabki yilida kasallanishi, ushbu vaqtda qattiq suyaklarni 
g‘ajishi va h.k.). 
Xususiy alomatlar: 
— qoziq yoki keskichning kesuvchi chekkasidagi nuqsonlar; 
— ularning shakli va kattaligi; 
—alohida tishlarning joylashuvi va ularning tishlar qatoriga nisbatan 
og‘ish burchagi; 
— qoziq tishlarning o‘tkirlik darajasi; 
— tishlar qatorining og‘ish shakli. 
Ekspert amaliyotida otlar tishlarining izlari ham uchrashi mumkin. 
Bunday tishlar tadqiqotining o‘ziga xosligi shundan iboratki, otlarning tish 


 298 
apparati o‘ziga xos bo‘lib, boshqa hayvonlardan farq qiladi. Bunda yosh 
alomatlari bo‘yicha (tishlarning shakli va kattaligi bo‘yicha), shuningdek, 
oldingi tishlarning o‘xshashligini (yilqichilik sohasidagi mutaxassislarda 
bu «tish arkadasi», yoki «qubba» deb ataladi) hisobga olgan holda 
differensiatsiyalash o‘tkazilishi mumkin. Qari otlarning tishlari orasida 
oraliq hosil bo‘ladi, tishlarning balandligi qisqaradi, og‘izdan qiyalik esa 
ortadi. Bu va boshqa bir qator alomatlar (tishlar va tish qatorining kattaligi, 
tish qatorining shakli va boshq.) juda muhim hisoblanadi va hayvonlarni 
individuallashtirishga imkon beradi. 
Ekspert amaliyotida hayvon tishlari tadqiqoti bilan bir qatorda, 
hayvonlarning burun izlari ham uchrashi mumkin. Itlar, mushuklar va 
shoxli hayvonlarning burunlari papillyar naqshlarni eslatuvchi relyefga 
ega, ya’ni almashib turuvchi valiklar va jo‘yakchadan iborat. Bu relyef 
muayyan hayvonni individuallashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos 
tuzilishga ega. Kriminalistlar amaliyotida bunday ekspertizalar qayd 
etilmagan, ajratib ko‘rsatilgan tegishli alomatlar va ekspert tadqi-
qotlarining muayyan imkoniyatlari asosida faqat eksperimentlar 
o‘tkazilgan. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish