Bilish faoliyati. Xodim faoliyati uchun bilish jarayonining ahamiyati
nihoyatda kattadir. Bilish faoliyatini amalga oshirmay turib
jinoyatchilikka qarshi kurashishning hech bir samarasi bo‘lmaydi. Bilish
faoliyatisiz umuman faoliyatni ham, yuqorida ko‘rsatilgan barcha tarkibiy
qismlarni ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayoni natijasidagina
xodimda harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarish uchun xodim
bilish jarayonlari asosida hozirgi vaqtdagi, o‘tmish va kelgusidagi
voqealarga taalluqli faktlar, holatlar, aloqalarni aniqlaydi. Masalan, sodir
etilgan jinoyatlarni ochishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda,
operativ qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlashga doir ma’lumotlarni
to‘plash, ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda
1
Шиханцов Г.Г. Психология следователя. – Воронеж, 1999. – С. 162.
68
ularning kelgusidagi g‘ayriqonuniy harakatlarini oldindan ko‘ra bilishda
bilish jarayonlariga asoslaniladi.