A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining bilish



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

2.3. Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining bilish  
faoliyatiga psixologik tavsif 
 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining bilish faoliyati boshqa kasb 
kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq 
maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxfiyligi bilan farq qiladi. Quyida 
bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz. 
 
Diqqat va uning ichki ishlar idoralari xodimlari  
faoliyatida tutgan o‘rni 
 
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv 
faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari 
kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘nal-
tirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi 
hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr 
yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro 
bog‘liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish 
jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va 
uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.  
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi dara-
jasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va 
bir narsaga qaratilganligidir.  
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat 
sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo 
bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar 
mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi. 
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning 
uchta asosiy turi mavjud: 
ixtiyorsiz diqqat; 
 ixtiyoriy diqqat; 
 ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat 
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno 
tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo 
bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. 
Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega 
bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz 
diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, 
maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida 


 35 
to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy 
yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir. 
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina-
digan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil 
bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan 
va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi. 
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda 
shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning 
mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida 
qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning 
jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va 
sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga 
o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira 
qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga 
oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish 
qonuniyatlari hisoblanadi
1


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish