A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Nabijon Hasanov
0 ‘zbekiston Xalq artisti, mohir g‘ijjakchi, sozanda va bastakor 
Nabijon  Hasanov  dilrabo  qo‘shiq  va  ashulalari  bilan  hamda  sahna
46


asarlariga, cholg‘u ansambllariga yaratgan musiqa asarlari bilan XX 
asr o‘zbek musiqasi tarixida unutilmas iz qoldirdi.
0 ‘zbekiston  bastakorlari  va  musiqashunoslari  uyushmasi 
a’zosi,  yorqin  iste’dod  sohibi,  bastakor  Azimjon  o‘g‘li  Nabijon 
Hasanov  Samarqand  shahrida  hunarmand  oilasida  1913-yilda 
tavallud topdi.  Uning musiqa san’atiga bo‘lgan muhabbatini dastlab 
otasi  uyg‘otdi.  Keyin  mashhur  bastakor,  naychi-sozanda  Tolibjon 
Sodiqov  ustozlik  qildi.  Kelgusi  yillarda  Samarqand  davlat  musiqa 
va  xoreografiya  ilmiy tadqiqot  institutida  o‘qidi.  Nabijon Hasanov 
1937,  1951-1959-yillarda  Moskvada  o‘tkazilgan  0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati dekadalarida faol qatnashdi.  1942-1944-yillarda 
o‘tkazilgan  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  san’at  haftaliklarida  ham 
faol ishtirok etdi. Urush yillarida sahna yuzini ko'rgan “0 ‘zbekiston 
qilichi” spektakliga musiqa bastaladi.
Bastakor  Nabijon  Hasanov  1947-yil  0 ‘zbekiston  radiosi 
qoshidagi  “0 ‘zbek  xalq  cholg‘u  asboblari  orkestri”ga  jo ‘mavoz 
lavozimiga  tayinlandi.  1948-yili  Toshkent  davat  konservatoriyasi 
tarkibida  yangi  ochilgan  “0 ‘zbek  xalq  cholg‘u  asboblar  ijrochiligi 
fakulteti”ga ikkinchi kurs sifatida qabul qilindi.  1951-yili esa ayrim 
sabablarga  ko‘ra  o‘qishni  to‘xtatishga  majbur  b oidi.  Ammo  u 
hayotining  oxirigacha  radio  orkestrida  ijrochilik  va  bastakorlik 
faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek musiqa san’atiga faol xizmat qildi. 
Yillar  davomida  bastakor  o‘z  uslubiy  yo‘nalishi  bilan  zamonga 
hamnafas  bo‘lib,  200  ga  yaqin  xilma-xil,  rang-barang,  dilrabo 
qo‘shiq  va  ashulalar  yaratdi.  Ulaming  orasida:  “Jonajon  o‘lkam”, 
“Mening  Vatanim”  (S.Ismoilov  she’rlari),  “Ona  Samarqand” 
(Nazarmat she’ri), “Maftuningman  Samarqand”,  “Sho‘xi zamonim” 
(A.Kamtar  so‘zi),  “Gullaydi  Toshkent”  (T.To‘Ia  so‘zi)  kabi 
ommaviy  qo‘shiqlar  yoki  “Tinglang  yulduzlar”  (Z.Obidov  so‘zi), 
“Jon  tasadduq  bo‘yginangga”  (Ya.Qurbon  so‘zi),  “Kuylar  yigirma 
yoshim”  va  “Intizor”  (Mirtemir so'zlari)  “Charos”,  “Kashta tikdim 
siz  uchun”  va  “Gulchiroy”  (S.Zununova  so‘zlari),  “Gullar ochilur” 
(M.Rahimov  so‘zi),  “Noz  etardi,  e’zoz  etardi”  (P.Mo‘min  so‘zi), 
“Gulchehralar”  (E.Vohidov  so‘zi),  “Ne  bo‘ldi”  (Bobur  so‘zi), 
“Dilbar”  (Mashrab  so‘zi),  “0 ‘n  sakkiz  yoshligim”  (A.Navoiy 
g‘azali)  ashula  va qo‘shiqlari  hamda  “0 ‘ynab  o‘ting  shabbodalar”, 
“Qizlar  valsi”  (M.Qodirov  so‘zi),  “Baxt  yallasi”,  (A.Po‘lat  so;zi)
47


kabi  yallalar  musiqa  muxlislarining  qalbidan  joy  olgan.  Ayniqsa, 
xalq  orasida  Saodat  Qobulova  ijrosida  mashhur  b o iib   ketgan  “Oq 
kaptarlar  iltimos”  (M.Boboyev  so‘zi)  lirik  qo‘shig‘i  jozibadorligi, 
mazmundorligi  bilan  tinglovchilami  maftun  qilib  kelmoqda. 
Qo'shiq janridan tashqari N.Hasanov o‘zbek xalq cholg‘ulari orkesri 
uchun  “Lirik  kuy”,  “Do‘stlik”  (ko‘p  qismli  syuita),  G‘ijjak  va 
orkestr  uchun  pyesa,  doira,  g‘ijjak  va  nay  uchun  pyesa,  “Paxta 
raqsi”  nomli  xoreografik  syuita  kabi  asarlarini  yaratdi.  Ajoyib 
dilkash inson, mashhur sozanda va bastakor uning musiqa san’atiga 
boMgan  fidoyiligi,  mehnatsevarligi,  hamkasblari  va  umuman 
insonlarga  do‘stlariga,  mehribonligi  bilan  alohida  ajralib  turardi. 
Zamonaviy  musiqa  san’atini  rivojlantirish  jarayoniga  samarali 
qo‘shgan  hissasi  uchun  Nabijon  Hasanov  1950-yili  0 ‘zbekistonda 
xizmat  ko‘rsatgan  artist,  1967-yili  esa  0 ‘zbekiston  xalq  artisti 
unvonlari bilan taqdirlandi.
Tayanch  so'zlar:  milliy  madaniyat,  konservatoriya,  kompo­
zitor,  dirijor,  etnograf,  musiqashunos,  bastakor,  musiqa  maktabi, 
musiqa texnikumi, musiqa bilim yurti, institut, teatr, gastrol.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.  XX  asrning  20-40-yillaridagi  madaniyat  rivoji  haqida 
ma’lumot bering.
2.  0 ‘rganilayotgan  davrda  madaniyat,  san’at  sohalarining  ri­
vojlanish bosqichlari xususida gapirib bering.
3.  Respublikaning  turli  viloyatlarida  tashkil  etilgan  musiqiy 
uyushmalar va to‘garaklari haqidagi ma’lumotlar.
4. Musiqiy ta’lim muassasalari xususida.
5. Yunus Rajabiy ijodi va faoliyatiga oid ma’lumotlar.
6.  XX  asrning  20-40-yillaridagi  madaniyat  sohasini  o‘rganish 
uchun xizmat qiluvchi ikkilamchi manbalami ayting.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish