Muxtorjon Murtazoyev
0 ‘zbekistonda
xizmat
ko‘rsatgan
madaniyat
xodimi,
0 ‘zbekiston Bastakorlari uyushmasi a’zosi, sozanda, xonanda va
bastakor Muxtorjon Murtazoyev zabardast san’atkor lard an biri. U
turli mavzularda bastalagan rang-barang, jozibali qo‘shiq, yalla va
ashulalari xalqimizning sevimli xonandalarining bir necha avlodlari
ijrolarida yangrab kelmoqda.
Mohir ijrochi sozanda, atoqli bastakor ko‘p yillik ijodiy
faoliyati bilan XX asr o‘zbek musiqasi tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
M.Murtazoyev Qo‘qon shahrida 1909-yil dunyoga keldi. U
bolaligida musiqaga qiziqdi. Ustozlar ko‘rdi. Mashaqqatli hayot va
42
ijod yo'lini bosib o‘tib, ajoyib ovozi va mohir sozanda sifatida
xalqqa tanildi. 0 ‘zbek xalqining musiqiy merosini chuqur
o‘zlashtirgan holda o‘tmishdagi va zamondosh bastakorlarga
ergashdi. Bastakorlik ijodida o‘z uslubiy yo‘nalishini topib olishda
izlandi va ijobiy natijalarga erishdi. 1933-1940-yiIlarda Qo‘qon
shahar musiqali drama teatrida musiqa rahbari lavozimida ishlagan
yillar uning uchun haqiqiy ijod maktabi bo‘ldi. Bu dargohda
mashhur, ajoyib san’atkorlar bilan doimiy ravishda muloqotda
bo‘ldi. Mahalliy shoirlarning so‘zlariga ilk bor: “BoMsin omon”,
“Bir ishva bilan”, “Ey go‘zal”, “Obod o‘lkam”, “Jon jo ‘rajonim”,
“Yigit qo‘shig‘i”, “Hur diyor”, “Umring ziyoda bo‘lsin”, “Vatanga
muhabbat” kabi qo'shiq va ashulalari teatming yakkaxon xonan-
dalari tomonidan konsertlarda ijro etilardi. Teatming spektakllariga
o‘zbek xalq musiqalaridan tanlab kiritdi va o£zi ham musiqalar
bastaladi.
Ikkinchi jahon urushi boshlangan yili Yangiyo‘l teatrida
bastakor Yunus Rajabiy musiqa rahbari lavomiziga tayinlandi. U
respublikada nomlari mashhur bo'lgan sozanda va xonandalami
hamda ayrim iste’dodli yosh san’atkorlami teatrda ishlashga taklif
qildi. Ulaming orasida Muxtorjon Murtazoyev ham bor edi. Bu
tinib-tinchimas sozanda, hofiz va bastakor o‘z vazifasini bajo etish
bilan birga vatanparvarlik, jangovar ruhda “Vatanim”, “Tor-mor
aylay bugun”, “Maktubingizni oldim”, “Vafodorlar”, “Malohat”
kabi qo‘shiqlami yaratdi.
Urushdan keyingi 1945-1957-yillarda Muxtorjon Murtazoyev
Muqimiy nomli Respublika davlat musiqali teatrida jo ‘mavoz
lavozimida, 0 ‘zbekiston Radiokomitetida va Qo‘qon musiqali
teatrida faoliyat ko‘rsatdi hamda mumtoz va zamondosh
shoirlarning turli mavzularda yozgan she’rlariga 100 dan ortiq
qo‘shiq va ashulalar yaratdi. Ulaming orasida: “0 ‘rtama”, “Gulzor
makon” (A.Navoiy g'azallari), “Bizni tashlab” (Miskin g‘azali),
“Jonim ila jonim” (Fuzuliy g‘azali), “Aylading qo‘yding” (Muqimiy
g‘azali), “Bir ishva bilan” (Hamza she’ri), “Ey ko‘ngil”,
“Bulbullaring”, “Tasadduq”, “Jafo ham qilmading”, “Shahlo-
laringmu”, “0 ‘rgilay”. “0 ‘n sakkiz yoshimdadur”, “Bamoligin-
gizdan”, “Vafodorlar”, “Sumbullaringdan” (Charxiy she’rlari),
“Jonim erursan” (Kamtar she’ri), “Tamanno” (Kamtar yoki
43
X.Yahyoyev so‘zlarida ijro etadilar), “Farg‘ona tong otguncha”
(Haziniy she?ri) kabi ashulalari umrboqiyliklari bois yillar davomida
mashhur va yosh xonandalarrting ijrolarida yangrab, xalqimizga
ma’naviy ozuqa berib kelmoqdalar.
Ajoyib inson, yorqin iste’dod sohibi bastakor, xonanda va
sozanda Muxtorjon Murtazoyev o‘z noyob san’ati bilan xalq dilida,
musiqa san’atimiz tarixida o'chmas iz qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |