A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Imomjon Ikromov
0 ‘zbekiston  Xalq  artisti,  sozanda  va  bastakor  Imomjon 
Ikromov XX asr o‘zbek musiqasi tarixida chuqur iz qoldirdi. Imom­
jon  Ikromovning  bastakorlik  ijodiyoti  XX  asrning  20-yillaridan 
Turkiston Xalq konservatoriyasida tahsil ko‘rayotgan davrdan bosh- 
langan.
I.Ikromov  bastakorlik  ijodiyoti  uning  ko‘p  yillik  sozandalik 
faoliyati  negizida  shakllandi.  Zero,  I.Ikromovning  ijrochi  sifatidagi 
noyob  sozandalik  fazilatlari  tabiiy  bir  yo‘l  bilan  bastakorlik 
iste’dodini uyg‘otdi.
Ilk  ijod  qadamini  20-yillarda  boshlagan  bastakor  o‘zbek 
musiqiy  an’analariga  suyangan  holda  yangi  zamon  talabiga binoan 
musiqiy  doirani  kengaytirish,  yangicha  intonatsiya  va  ohanglar 
topishga  harakat  qilib  ajoyib  natijalarga  erishdi.  I.Ikromov  yarim 
asrdan  ziyodroq  ijodiy  faoliyati  davomida  qo‘shiq  va  ashula 
janrlarida ko‘plab asralar yaratdi. Bastakor asarlariga nazar solsak, u 
ko‘proq  zamondosh  shoirlarning  nazmiy  asarlariga  murojaat 
qilganligi  ayon  bo‘ladi.  Yillar  davomida  zamondosh  shoirlar 
Hamza,  H.Olimjon,  S.Abdulla,  Habibiy,  Mirtemir,  H.G‘ulom,
S.Zununova,  G‘ayratiy,  Chustiy,  Charxiy,  T.To‘la,  P.Mo‘min, 
E.Vohidov  va  ayniqsa  Navoiy,  Bobur,  Mashrab,  Muqimiy,  Furqat 
kabi ulug‘  shoirlarning she’rlariga 200dan ortiq qo‘shiq va ashulalar 
yaratdi.
“I.Ikromovning  ijodida  Alisher  Navoiyning  merosi  alohida 
o‘rin  tutib,  xususan,  bastakor  musiqiy  “Navoiynomasi”ga  doir 
“Sarvi  gulro‘  kelmadi”, “Qoldimu”, “U1 qaro ko‘z” nomli ashulalari 
hozirda  ham  juda  mashhurdir.  Aynan  shu  asarlarida  nazira 
an’analari yorqin namoyon bo‘ladi”9.
Ma’lumki,  “Munojot”,  “Cho‘li  Iroq”,  “Ajam”  singari  kuylar 
uzoq  yillar  davomida  asosan  mumtoz  cholg‘u  asarlari  sifatida  ijro
9  Ergasheva  Ch.  “Bastakorlik  an’analari  kesimida  Imomjon  Ikromov  ijodi”.  //  “Barkamol  avlod  shakllankhida 
san’atning ahamiyati” mavxuidagi iimiy-amaliy kortferensiya materiailari. -  Toshkent, 2010.46-49 beriar.
39


etilib  kelingan.  Bastakor  ushbu  kuylar  zaminida  ulaming  ashula 
yo'llarini ijod etdi.
I.Ikromov  har  bir  yaratgan  asarini  o‘zi  birinchi  bo‘lib 
xonandalarga  o‘rgatar  edi.  “Sarvi  gulro‘  kelmadi”  ashulasining 
birinchi  ijrochisi  O'zbekiston xalq hofizi  Akbar Haydarov bo‘lgan. 
1940-yillammg  o‘rtalarida  bu  ashulani  0 ‘zbekiston  xalq  artisti 
Berta Dovidova o'zgacha talqin ila ijro etgan.
Misol  tariqasida  ayrim  qo'shiq,  ashula  va  ilk  ijrochilaming 
nomlarini  eslatib  o‘tamiz:  O'zbekiston  xalq  artisti,  xonanda  Berta 
Davidovaning  mohirona  ijrosida  “Munojot”  yoki  “Sarvi  gulro‘ 
kelmadi”  (A.Navoiy  g'azali)  ashulasi  juda  ham  mashhur  bo‘lib 
ketdi.
Munojot  kabi  o ‘zbek  mumtoz  ashula  yoilari  asosida 
bastalangan:  “Diloromimga ayt”,  “Bir pari”  (“Ajam”),  “Qorasoch”, 
“Zori  ko'ngil”,  “U1  qaro  ko‘z”,  “Qoldimu”,  “Topilmas”,  “Aylay 
desam”,  “Bir  kelsangiz”,  “Keldilar”,  “Qoshi  qarosini  ko'ring”, 
“Kim  desun”  kabi  ashulalami  xalqimizning  sevimli  mashhur 
hofizlari:  Mo‘lIa  To‘ychi  Toshmuhammedov,  Akbar  Haydarov, 
Shojalilovlar,  Orif  Alimaxsumovlaming  shirali  ovozlari  bilan 
musiqa  shinavandalarining  qalblarida  saqlanib kelmoqda.  Bastakor 
I.Ikromov  yuqorida  nomlari  tilga  olingan  zamondosh  shoirlaming 
she’rlariga  bir talay  ommaviy  va  lirik  qo'shiqiar  yaratdi.  U  ijodiy 
qadamini  yurtimizning  go‘zal  tabiatini,  mehnatkash  insonlarning 
ishda  ko‘rsatgan  jasoratlarini,  yoshlaming  his-tuyg‘ular ini,  chin 
muhabbatni  madh  etuvchi  “Chaman”,  “So‘lim”,  “Paxtakorlarga”, 
“Sher  yigitlar”,  “Mirzacho‘1  qahramonlari”,  “Yangiyer  taronasi”, 
“Davru  -  davronim  go'zal”,  “Olqish”,  “Vatan  mehri”,  “Aziz 
Vatanim”,  “Shon  muborakdir  senga”,  “Terimchi  qiz  yorim  bor”, 
“Tinchlikka  -   tinchlik”,  “Yor  armug'oni”,  “Vasli  yorim”,  “Gul 
diydor”,  “Roziman”  kabi  qo'shiqlar  ayniqsa  ustozning  shogirdi 
0 ‘zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  artist  xonanda  Ne’matjon 
Qulabdullayev  ijrosida  “Indamadi”,  “Qo‘lda  ra’nosi  bilan”,  “Jon 
bo‘libdi, jonon bo'libdi”  (P.Mo‘min  so‘zlari  ),  “0 ‘ynasin”,  “Suluv 
chechaklar”  (Mirtemir  g‘azallari)  kabi  qo'shiqlar  mashhur  bo!lib 
ketdi.
Umuman,  o‘zbek xalq musiqa merosining bilimdoni,  mashhur 
sozanda  va  bastakor  I.Ikromov  ijodiy  faoliyati  bilan  milliy
40


qo‘shiqchilik  san’atining  yorqin  namunalarini  yaratib,  XX  asr 
musiqa  tarixi  sahifalarida  chuqur  iz  qoldirdi.  Imomjon  Ikromov 
1943-yilda  0 ‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  va  1953-yilda 
0 ‘zbekiston Xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish