To‘xtasin Jalilov
0 ‘zbekiston xalq artisti, ulug‘ bastakor — sozanda, ustoz hofiz
va rahbar To‘xtasin Jalilov ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX asr
o‘zbek musiqasi tarixi sahifalarida unutilmas iz qoldirdi. U juda
mashaqqatli va faro von hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tdi.
Musiqiy san’at sohasida uning hayotida ro‘y bergan burilishni
ustoz shunday eslaydi: - “ Orif garmon tashkil qilgan “Tashviqot
aravasi” nomli ansamblda ishlab yurgan kezlarimda 1919-yili shoir
Hamza Hakimzoda Niyoziy Farg‘onada 1918-yili tashkil qilgan
“Yosh musulmonlar sayyor teatri” bilan Andijonga keldi. Ana shu
teatr jamoasi bilan bizning ansamblimiz Hamza tuzgan “Sharq
kechasi” nomli konsert dasturida jaranglagan Hamzaning otashin
nutqi, zamonaviy she’r va qo‘shiqlarini maroq bilan tingladim, yod
oldim va ulaming ta’sirida yashadim. Mazkur kechada men ham
xalq kuy va ashulalaridan ijro etdim. Konsertdan so‘ng Hamza meni
qizg‘in tabrikladi. Menga bo‘lgan munosabatini rahbariyatimizga
izhor qilgan ekan. Hamza bilan uchrashuv menda juda katta
taassurot qoldirdi va mening san’atkorlik faoliyatimda keskin
burilish boidi. 1920-yiIda mening yoshligimga qaramay Andijon
36
viloyat musiqali drama teatriga musiqa rahbari lavozimiga
tayinlandim.
San’atkor T.Jalilovning bastakorlik ijodiyoti mazkur teatrda
ishlab yurgan kezlarida boshlandi. Sahnada qo‘yilayotgan asarlarga
xalq musiqa merosidan tanlab kiritdi. So‘z mazmunidan kelib
chiqqan holda ayrim kuylaming jumlalarini o‘zgartirdi, o‘zi ham
kuylar yaratdi. Uning ilk bor yaratgan kuylari orasida “Signal”
nomli orginal kuyi juda ham mashhur bo‘lib ketdi.
Bastakor T.Jalilov kelgusi yillarda ijodiy izlandi, zamonaviy
yangi-yangi kuy va qo‘shiqlar yaratdi. Ular orasida “Dovruq”,
“Yosh qo'mondon”, “Yer ekkanniki”, “Ey, har Vatan”, “Azim
Vatan” “Ona Vatan”, “Kuylasam”, “Yalla” (Uyg'un so‘zlari), “Oq
oltin” (Kamtar so‘zi), “Gulistonim mening” (Muqimiy g‘azali),
“Bahor ayyomida” (Furqat g‘azali), ayniqsa, xalq orasida uning
“To‘ylar muborak” qo‘shig‘i juda ham mashhur bo‘lib ketdi. U
qo‘shiqehilik faoliyatida A.Navoiy, Z.Bobur, Muqimiy, Furqat
g‘azallariga, shuningdek, S. Abdulla, Uyg'un, M.Shayxzoda,
Mirtemir, H.Olimjon, G‘.G‘ulom, T.To‘la kabi shoirlaming
she’rlariga kuylar bastaladi.
Bastakor T.Jalilov Andijon teatriga musiqa rahbari lavozimiga
tayiniangan yildan boshlab, sahnaga qo‘yilayotgan spektakllarga
xalq musiqa merosidan tanlab, kirita boshladi. Xususan, dramaturg
Komil Yashinning “Lolaxon”, Sobir Abdullaning “Qashqar qizi”,
G‘ulom Zafariyning “Erk bolalari” va “Halima”, Shamsiddin
Xurshidning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi
spektakllariga ilk bor o‘zbek va uyg'ur xalq qo‘shiq, yalla, ashulalar
hamda cholg‘u musiqalar tuzilgan bo‘lsa, kelgusi yillarda ayniqsa,
Muqimiy nomidagi musiqali teatrga badiiy rahbar va bosh dirijor
lavozimida ishlagan yillarida “Tohir va Zuhra”, “Nurxon”,
“Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Qurbon Umarov”,
“G‘unchalar”, “Orzu” (S.Abdulla pyesalari), “Farg‘ona hikoyasi”
(H.G‘ulom pyesasi) kabi musiqali dramalarga yaratgan musiqalami
simfonik orkestrga moslashda B.Brovsin, L. Stepanov, G.Mushel,
A.Sobitov kabi kompozitorlar bilan hamkorlikda bastaladi.
Umurnan 0 ‘zbekiston Xalq artisti, bastakor - sozanda TJalilov
benazir mahorat bilan ajoyib qo‘shiq lirik ashulalar va 40 dan ortiq
37
musiqali spektakllar yaratdi. U XX asr musiqasi tarixi sahifalarida
chuqur iz qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |