14
tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish
yuzasidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshiruvi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo‘linadi:
1.
Ichki audit;
2.
Tashqi audit.
Ichki audit
– bu xo‘jalik ichida uning faoliyatining
samaradorligini
tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning
o‘zi yoki uning bir bo‘limi – korxona ichidagi nazorat bo‘limi javob beradi. Ichki
auditning maqsadi – korxona xizmatchilariga o‘zlarining majburiyatlarini a’lo
darajada bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan
ob’ektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya, maslahat va ma’lumotlarni beradi.
Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
-
korxonaning ishiga moliyaviy nazoratni olib borish;
-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini
tekshirish;
-
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha
tahlil qilish;
-
korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash;
-
korxona ishini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Korxonada ichki auditorning bo‘lishi shu korxona uchun foydalidir.
Tekshirish o‘tkazish usullari tashqi auditnikiga o‘xshash bo‘lib, tekshirish hajmi va
ob’ekti jihatdan farq qiladi.
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va
foydalanilishi, hisob-kitobning to‘g‘riligi va boshqa ob’ektlarni tekshirishga
qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to‘liq tekshirish o‘tkaziladi.
Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir.
Operatsion audit – bu auditorning resurslardan samarali foydalanish,
samarali
yutuqlarga
erishish
maqsadida
korxonaning
moliya-xo‘jalik
faoliyatini
tekshirishdir. Uning maqsadi – xodimlarning o‘z vazifalarini bajarish va korxona
rentabelligini oshirishga yordam berishdir.
15
Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to‘plashda korxona
rahbari tazyiqidan xoli bo‘lishi lozim.
Ichki auditorlarning mustaqilligi yirik
turdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kuzatuv kengashiga bo’ysunishi
bilan o’lchansa, kichik biznes sub’ektlarida esa ta’sischilarga bo’ysunish
darajasi bilan belgilanadi.
Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:
-
yillik hisobotni tasdiqlash uchun aksionerlarning umumiy yig‘ilishida har
yili saylanadigan, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni
tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko‘rsatiladi. Ko‘p hollarda taftish komissiyasi
tuzilmay qoladi.
-
Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil
etilgan maxsus ichki audit
xizmati bo‘limi shaklida;
-
Auditorlik tashkiloti bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o‘tkazish
shaklida.
Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo‘lsa, tashqi auditor
ichki audit
hisobotlaridan
foydalanishi mumkin,
qachonki ichki auditor ishi samaradorli deb
tashqi
auditor tomonidan baholansa
.Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki
auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi.
Chunki ichki auditor ishidan
foydalanish tashqi auditorga hajm darajasida
ancha yengillik yaratib
beradi.
Shuni ham alohida aytib o’tish lozimki, tashqi auditorlik tashkilotini
tanlashda ham ichki auditor maslahat olinadi, yoki ichki auditorning
shaxsan o’zi tomonidan ham taklif berilishi mumkin.
Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor
nazorati ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: