Arbitraj komissiyasining Sakkizinchi xulosasi bo‘yicha talablar.
1992-yil 18-may kuni Tinchlik konferensiyasi raisi arbitraj komissiyasiga quyidagi uch savol bo‘yicha o‘z xulosalarini berishlarini so‘rab xat bilan murojaat qildi.
xalqaro-huquqiy tomondan yangi respublikalar “Yugoslaviya deklaratsiyasi” hamda 1991-yil 18-mayda Yevropa Ittifoqi konsulligi tomonidan qabul qilingan “Sharqiy Yevropa va Sovet Ittifoqi o‘rnida tashkil topgan davlatlarni tan olish bo‘yicha ko‘rsatma”ga asoslanib, Yevropa Ittifoqining a’zo mamlakatlari tomonidan tan olinishi lozim bo‘lgan yangi mamlakatlarmi (p. 206)?
1991-yil 16-dekabrdagi birinchi xulosada arbitraj komissiyasi “Sobiq Yugoslaviya parchalanishi jarayonida” degan fikrda edi. Hozir mazkur jarayon tugallandi deb hisoblash mumkinmi (p. 200-201)?
agar shunday bo‘lsa, qanday asoslarga tayanib, shuningdek qanday vositalar yordamida sobiq Yugoslaviyadan ajralib chiqadigan yangi mamlakatlarning vorislik masalalarini hal etish mumkin (p. 203)?
Arbitraj komissiyasining xulosalari
Arbitraj komissiyasining xulosalarida, birinchi va uchinchi savollarga javoblar ikkinchi savolning javobiga chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli, avvalo, ikkinchi savolga javob berib, keyin esa birinchi va uchinchi savollarga, o‘ninchi hamda to‘qqizinchi xulosalarga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Birinchi xulosada arbitraj komissiyasi sobiq Yugoslaviya parchalanish jarayonida deb ta’kidlagan edi. Bu parchalanish hozirda nihoyasiga yetgan deb hisoblash mumkinmikan?
Komissiya Bosniya va Gersegoviniya, Xorvatiya, Makedoniya, Montenegro, Serbiya hamda Sloveniya respublikalaridan yuborilgan qoralamalar, fikrlar va xatlarga nazar tashlaydi (p. 201).
Komissiya birinchi xulosada davlatning mavjudligi yoki mavjud emasligi, davlatning belgilari to‘g‘risidagi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga asoslangan holda aniqlashtirilishi lozim, shuningdek “sobiq Yugoslaviya parchalanishi jarayonida bo‘lsa-da, ma’lum bir holatlarda tanlanilayotgan demokratik hamda yangi tuzilma qanday tuzilishda bo‘lishi, respublikalarning xohish-irodasiga bog‘liq hamda davlatning mavjudligi yoki tugatilganligi asosan amaliyot bilan bog‘liq masaladir deb xulosa yasaydi (p. 201).
Davlatning tugatilishi u allaqachon yuridik shaxslik xususiyatlarini yo‘qotganligini anglatganligi sababli bunga katta e’tibor berish lozim. Bir qancha alohida birliklardan tashkil topgan federativ davlatlarning aynan o‘sha birliklari u federativ vakolatlarini yo‘qotgan paytda alohida suveren subyekt sifatida tashkil topayotganda vaziyat anchagina xavfli tus oladi. Shu bilan birgalikda, bunday davlatlar boshqa mamlakatlar tomonidan tan olinishi zarur va bu tan olish shunchaki e’lon qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi”. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, “aynan o‘sha e’lon qilish yo‘li bilan tan olish, yangi davlatning xalqaro hamjamiyat a’zosi sifatidagi o‘rni bilan birgalikda tan olingan siyosiy subyekt ekanligini hamda unga xalqaro huquq asosida huquq va majburiyatlar yuklanganiga qat’iy ishonch bildirilganining dalili bo‘ladi (p. 201).
Birinchi xulosa taqdim etilganidan so‘ng Serbiya hamda Montenegro yangi davlat, ya’ni yangi Yugoslaviya mamlakatini tashkil etib, 27-aprel kuni yangi konstitutsiyani qabul qildilar. Shuningdek, sobiq Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan yangi mamlakatlar ham o‘zaro bir-birlarining mustaqilliklarini tan oldilar va sobiq Yugoslaviyaning ma’muriy organlari o‘z faoliyatlarini to‘xtatdi. Sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi to‘liq nihoyasiga yetdi. Uning eski hududlari hamda aholisi hozirda yangi suveren va mustaqil mamlakatlarning qo‘l ostidadir. Bosniya va Gersegoviniya, Xorvatiya hamda Sloveniya Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olinib, ularning BMTga a’zo bo‘lib kirishlari ham e’tirof etildi. Biroq yangi Yugoslaviyaning Sobiq Yugoslaviyaning vorisi sifatida BMTga a’zoligini tan olinishi bo‘yicha da’vosi Xavfsizlik Kengashi tomonidan rad etildi (p. 202).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, birinchi xulosada aytilgan sobiq Yugoslaviyaning parchalanish jarayoni hozirgi kunda o‘z nihoyasiga yetdi va endi sobiq Yugoslaviyani mavjud emas, deb hisoblash o‘rinlidir (p. 202).
Sharh
Mazkur ish bo‘yicha berilgan xulosalar, sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi natijasida yuzaga kelgan xalqaro huquqdagi davlat bilan bog‘liq masalalar, ya’ni davlat belgilari, davlatlarning tugatilishi mazmun-mohiyati, davlatning parchalanishi va ularning tan olinishi hamda vorislik masalalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |