har yil o’rtacha 0,90 foizdan ko’paygan bo’lsa, 1950–2000 yillarda bu ko’rsatkich 1,75 foizni tashkil
etdi. Hozirgi davrda (2011 y.) dunyo aholisi 7,0 milliardni tashkil etmoqda. Aholi soni dinamikasidagi
bunday o’zgarish qator iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar bilan bog’liq albatta. Ulardan
asosiylari aholi turmush
tarzidagi, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ijobiy o’zgarishlar, o’lim hollarining
kamayishi va aholi o’rtacha umr ko’rish muddatining oshib borishidir.
Qayd etilganidek, dunyoni alohida hududlarida aholining ko’payib borishi va uning omillari,
muammolari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning yechimi ko’pchilik
aholishunos olimlar
e’tiborini tortdi. Aholining sotsial–iqtisodiy va demografik muammolari bo’yicha qator tadqiqotlar
olib borildi. Natijada aholi muammolari bilan shug’ullanuvchi fanlar tez sur’atda ko’paydi. Ularga
falsafa, tarix, sotsiologiya, huquqshunoslik, psixologiya, etnografiya, tibbiyot, biologiya, demografiya,
ekologiya, iqtisodiy geografiya va aholi geografiyasi kabi fanlar kiradi. Mazkur fanlar tadqiqotlari
natijalari asosida aholi haqidagi bilimlar tizimi shakllanadi.
Darhaqiqat, aholi qator fanlarning
o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Sababi, aholi – bu hayotning ishlab chiqarish va takror barpo bo’lish
jarayonlarida, tabuy tarixiy ravishda shakllanuvchi va uzluksiz yangilanib turuvchi insonlar birligi,
kishilik jamiyatining moddiy asosidir.
Jamiyat taraqqiyotirring har bir bosqichida aholi insonlarning alohida tarixiy birligi sifatida
namoyonbo’ladi (qadimgi dunyo aholisi, quldorlik, feodalizm tuzum aholisi va h.k.). Bu hol aholining
ijtimoiy jihatlarini yaqqol ifodalaydi.
Aholining yana bir umumiy jihati makon bilan tavsiflanadi. Insonlar o’z hayotlarida ma’lum bir
hududiy, ijtimoiy birlik bilan bog’langandir. Masalan, hududiy birligi –
materiklarning aholisi
(Shimoliy Amerika aholisi, Osiyo aholisi, Yevropa aholisi va h.k.), davlatlar aholisi (AQSh aholisi,
Rossiya aholisi, O’zbekiston aholisi va h.k.) da ifodalanadi. Ma’lum bir davlat aholisini o’rganganda
esa, hududiy birlik yana ham mukammallashadi. Masalan, O’zbekiston aholisi uning viloyatlari va
tumanlari aholisi, shahar va qishloq aholisi birligida ifodalanadi.
Aholining
ijtimoiy birligi esa, ijtimoiy guruhlarda (qabila–urug’, etnik, diniy, siyosiy va h.k.)
o’z aksini topadi. Shuningdek, ijtimoiy birlik haqida so’z borganda, tarixiy davrlar – vaqt birligi ham
muhimdir. Masalan, IX–X asrlarda Amir Temur davri aholisi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi aholisi va
h.k. Demak ijtimoiy – vaqt va makon hududiy tadqiqotlarda aholini har qanday vaqt va hudud
bo’yicha ajratish imkonini beradi.
Ma’lumki, aholi geografiyasining asosiy ob’ekti – aholi va aholi manzilgohlari, ya’ni
maskanlaridir. Ana shu nuqtai nazardan aholi geografiyasi aholishunoslik fanlari tizimida o’z o’rniga
egadir.
Aholini o’rganishda tadqiqot ob’ekti aholi bo’lgan barcha fanlar o’zaro bog’liq holda bir–
birining tadqiqot natijalariga asoslanib faoliyat ko’rsatadilar. Faqat geograf yoki demograf, iqtisodchi
yoki sotsiolog «Nima uchun sayyoramizda yoki uning alohida hududlarida aholi ko’payib yoki
kamayib bormoqda?», «Kelajakda Yer yuzida aholi ko’payishi jarayonida qanday o’zgarishlar
kutilmoqda?», «Aholining qishloqdan shaharga bo’lgan migratsion oqimini qanday izohlash
mumkin?» degan savollarga o’zi javob bera oladimi? Agar u o’z ilmiy yondashuv
natijalari asosida
javob bersa ham, javob bir yoqlama bo’lib qoladi. Bunday muammolarni mukammal hal etishda
aholishunoslik fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar tadqiqotlari naftjalari va ular asosida shakllangan
aholishunoslik bilimlar tizimi zarurdir. Mazkur tizimni qliyidagi sxema ko’rinishida ifodalash
mumkin.