3.3-rasm. A.I.Vasilev muvozanatli konusi: 1 – taglik; 2 – belgi; 3 – qo„l bilan
ushlagich; 4 – konus; 5 – grunt namunali stakan; 6 – muvozanatlovchi shar.
David George Price [2] bo„yicha gilli tuproqlarning muhim bo„lgan
omili Atterberg (BS1377) chegarasi bo„lib, u suv miqdorining gilli
tuproqlarda o„zgarishini samarali o„rganish uchun ishlatiladi. Gilli material
juda yumshoq bo„lib, suv ajralib chiqish chegarasida bo„ladigan uning suv
miqdorining chegarasi suyuq chegara (LL)deb belgilanadi. Materialning
94
qurishi natijasida undan kuchlanish olinganda shaklini o„zgartirmasdan qolsa va
suvning miqdori undan kam bo„lganda mo„rt holda sinsa, bunday namlik plastiklik
chegarasi deb ataladi. Plastiklik indeksi (PI) – tuproq plastmassali material sifatida
bo„lgandagi suv miqdorining diapazonini belgilaydi va u quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi:
PI = LL – PL (3.2)
Keltirilgan hamma chegaralar, gruntlarning plastik holatida mexanik bo„l-
magan xossalarini tavsiflamasdan namlikning qandaydir qiymatida grunt
tarkibidagi minerallarning xossalarini tavsiflashini anglash qiyin emas. Shulardan
kelib chiqib, qo„llanilayotgan plastiklik chegaralari, namlikning chegarasini aks
ettiruvchi, gruntlarning shartli bilvosita plastiklik ko„rsatkichlari hisoblanadi.
Bog„langan gruntlarning plastikligi gruntning qattiq zarralarini, shuningdek,
unga ta‟sir qiluvchi suyuqlikning tarkibi va xossalari bilan aniqlanadi. Birinchi
guruh omillariga granulometrik va mineral tarkibi, zarraning shakli, almashinuv
tarkibi taalluqlidir. Suyuq komponentlarning xossalari va ularning plastiklikka
ta‟siri ularning kimyoviy tarkibi va erigan moddalar konsentratsiyasi bilan
aniqlanadi.
Gruntlarning plastikligiga ta‟sir qiluvchi eng muhim omillardan bir granu-
lometrik tarkib hisoblanadi. Plastiklik xossalarini diametri 5 mkm dan kichik
bo„lgan zarralarda keskin yuzaga kela boshlashi aniqlangan deb hisoblasa bo„ladi.
P.F.Melnikov fikri bo„yicha 3-2 mkm o„lchamli fraksiyalarning plastikligi bo„sh
namoyon bo„ladi. 1 mkm dan kichik bo„lgan zarralar plastikligi katta bo„ladi. U
gilli fraksiyalarning dispersligiga juda katta bog„liq bo„ladi va unda kolloidlarning
miqdori oshishi bilan proporsional oshadi. Organik kolloidlar bo„lganda, xususan,
kuchli oshadi.
Gruntlarning mineral tarkibi ham ularning plastikligini (3.3-jadval) sezilarli
darajada belgilaydi. Chunki har xil minerallar suv bilan o„zaro har xil ta‟sirlanadi.
Bundan tashqari, minerallarning kristall panjarasining tuzilishida zarralar shakliga
bog„liq bo„ladi, u o„z navbatida plastiklik qiymatiga ta‟sir qiladi. Eng katta
plastiklikka shakli plastinkali va bargsimon bo„lgan mineral ega bo„ladi.
95
3.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |