2-BOB. GRUNT KO‘P KOMPONENTLI TIZIM
2.1. Grunt komponentlarining o‘zaro ta’siri va ularda strukturali
bog‘lanishlar
Tog„ jinsi tarkibidagi hamma strukturali elementlar (mineral donachalar,
zarralar va kristallar) o„zaro strukturali bog„lanishga ega. Bu bog„lanishning tavsifi
jinslarning asosiy xossalari shakllanishida juda katta ahamiyatga ega. Ayrim
mineral donachalari, zarralari va kristallari mustahkamligi ichki kimyoviy
bog„lanishga bog„liq bo„lib, yuzlab megapaskal bilan o„lchanuvchi juda yuqori
miqdorda bo„lishi mumkin. Shu bilan birgalikda strukturali elementlardan tuzilgan
jinsning mustahkamligi sezilarli kam bo„ladi, ayrim dispers sementlashmagan
gruntlarda u nolga yaqin bo„lishi ham mumkin. Demak, gruntlarning mustahkamlik
xossalari ayrim strukturali elementlarning mustahkamligi bilan belgilanib
qolmasdan, ular orasidagi bog„lanishning mustahkamligiga, ya‟ni strukturali
bog„lanishiga bog„liq bo„ladi.
Gruntlarning strukturali bog„lanishi deb kimyoviy, fizik, fizik-kimyoviy
yoki mexanik tabiatga ega bo„lgan va jinsning shakllanish va keyinchalik o„zgarish
davrida elementlarning tutash joylarida hosil bo„lgan strukturali elementlari
orasidagi o„zaro tortishish kuchi tushuniladi. Hozirgi vaqtda har xil petrogenetik
turdagi gruntlarda strukturali bog„lanishni tavsiflovchi umumiy qonuniyatlar
aniqlangan, ular quyidagilardan iborat.
Gruntlarni turli xil petrogenetik turlarida ma‟lum tabiatli strukturali
bog„lanish asosiysi hisoblanadi: magmatik, metamorfik va sementlashgan
66
cho„kindilarda – asosan kimyoviy bog„lanish; cho„kindi bog„langan dispers
gruntlarda – fizik va fizik-kimyoviy bog„lanish; bog„lanmagan dispers gruntlarda –
mexanik bog„lanish.
Strukturali bog„lanish energiyasi va mustahkamligi quyidagi qator bo„yicha
o„zgaradi: kimyoviy > fizik-kimyoviy > fizik > mexanik.
Litogenezning har xil bosqichlarida ma‟lum bir strukturali bog„lanish yuzaga
keladi: rivojlanuvchi litogenezda kam mustahkamlikdagi bog„lanish yuqori
mustahkamlikka o„tib boradi, regressiv litogenezda aksincha yuqori mustahkamlik
kam mustahkamlikka o„tadi.
Strukturali bog„lanish murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida
shakllanadi. Ular zichlashtirish jarayonlari, qarish va sinyerezis, shuningdek
tabiatda bor bo„lgan birikmalar kondensatsiyasi yoki adsorbsiyalash, shimilish,
migratsiya,
atrof
muhitdagi
qandaydir
sementlashtiruvchi
moddalarning
kristallashuvlari ta‟sirida hosil bo„ladi. Strukturali bog„lanishning hosil bo„lishi –
bu gruntning «geologik hayoti» davomida rivojlanuvchi juda uzoq davom etuvchi
tarixiy jarayon hisoblanadi.
Strukturali bog„lanishning tabiati. Strukturali bog„lanishlar mustahkamligi
bo„yicha juda xilma xil: oddiy holatlarda sezilmas darajada bo„luvchi va jinsning
xossalariga juda kam ta‟sir qiluvchi juda bo„shdan, kiristall zarralarining
mustahkamligi bilan o„lchanuvchi juda yuqori mustahkamlikkacha bo„lishi
mumkin. Bu o„zaro ta‟sirlar o„zlarining tabiati bo„yicha bir necha turga ajraladilar:
1. Kimyoviy bog„lanish – bu molekula va kristallarning hosil bo„lishiga olib
keluvchi atomlarning o„zaro tortishishi (kovalent, ion, metalli va vodorodli
bog„lanishlar);
2. Fizik-turli tabiatli fizik maydonda zarralar atrofida o„zaro ta‟sirda
bo„luvchi bog„lanish (yerni tortish kuchi, elektrostatik, magnit va mexanik
kuchlanish maydoni);
3. Fizik-kimyo – har xil fizik-kimyoviy yuza jarayonlari va hodisalari
hisobiga zarralarning o„zaro ilashishini keltirib chiqaradigan bog„lanish
(molekulyar, ion-elektrostatik, kapillyar);
67
4. Biogenli bog„lanish – asosan tirik organizmlar ishtirokida bo„ladigan
(bioelektrostatik, biokimyoviy, fitogen, zoogen) bog„lanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |