1.16-rasm. Har xil bakteriyalarni asosiy shakillari: 1-6 – sharsimon: 1 –
stafilokkoklar; 2, 3 – diplokkoklar; 4 – streptokkoklar; 5 – tetrakkoklar; 6 –
sarsinlar; 7-9 – har xil ko„rinishdagi tayoqchalar: 10-12 – spiral shakldagilar: 10 –
vibrionlar; 11, 12 – spirallar.
60
Hamma mikroorganizmlar geterotrof va avtotroflarga bo„linadi. Avtotrof
mikroorganizmlarning rivojlanishi yoriqlik energiyasi yoki bir qator neorganik
birikmalarning (vodorod, oltingugurt, ammiak, temir va boshqalar) ishqorlanish
energiyasi hisobiga yuz beradi. Geterotrof mikroorganizmlar o„zlarining hayotiy
faoliyatlari uchun har xil organik moddalardan foydalanadilar, ularning ayrim
namoyandalari o„zlarining xossalari bo„yicha juda xilma xildir, ular kislorod
bo„lganda ham, bo„lmaganda ham rivojlanishlari mumkin. Gruntda yashovchi
ko„pchilik geterotrof mikroorganizmlar, juda kam oziqlantiruvchi elementlar
bo„lgan eritmalarda (eritmada organik modda konsentratsiyasi 5 mg/l dan ko„p
bo„lmasligi mumkin) rivojlanish qobiliyatiga egalar. Bular – odatda mineral
zarralari yuzasida faoliyat yurituvchi va ozuqani ularning yuzasini yuvuvchi
eritmalardan oluvchi oligotrof mikroorganizmlardan iboratdir.
Mikroorganizmlarning yashash va faoliyat ko„rsatuvchi sharoitlari
hayratlanarli darajada xilma xildir. Ularning har xil namoyandalari aerob (kislorod
bo„lganda) va anaerob (kislorod bo„lmaganda) sharoitda ham yashashi mumkin.
Manfiy haroratda (-7
o
C) va 90
o
C dan yuqori issiq manbalarda yashovchi
mikroorganizmlarning turlari ham uchraydi. Bu holat mikroorganizmlarning katta
chuqurliklarga kirib borish imkonini beradi. Vodorod sulfidlarining ishqorlovchi
va yonuvchi gazlarni hosil qiluvchi (CN
4
, N
2
, N
2
S) bakteriyalari Shimoliy Ustyurt
razrezida 1100 m chuqurlikda, Shimoliy Kavkaz suvlarida – 2000 m chuqurlikda
ham kuzatilgan.
Yer qobig„ida mikroorganizmlarning tarqalishi va harakatlanishi yer osti
suvlarining filtratsiyasi bilan bog„liq bo„lishi kerak. Mikroblarning yer osti
suvlariga suv oluvchi manbalar orqali kirib borishi kembriydan oldin boshlanib
hozirgacha davom etadi deb taxmin qilinadi. Yer osti suvlarida turli fiziologik va
tizimli guruhlarga kiruvchi har xil mikroorganizmlar topilmoqda, ularning 1 ml
suvdagi miqdori o„n mingdan milliongacha o„zgaradi.
Tarkibidagi mikroorganizmlar o„rganilgan hamma grunt turlarida: morena,
lyoss, lentali gillar, qumtosh va gilli alyuvial yotqiziqlarda aniqlangan. Ularning
61
miqdori vaqt va chuqurlik bo„yicha har xil gruntlarda bir xil emas va 1 g gruntda
10
7
-10
8
donaga yetadi, bu tupoqdagiga qaraganda kam, ammo tabiiy suvga
qaraganda yuqori.
Umumiy holda hamma mikroorganizmlar gruntshunoslik va geologiya
fanlari nuqtai nazaridan qiziqish uyg„otadi. Ularning hayot faoliyati natijasida
qattiq mineral birikmalar (masalan temir oksidi va marganes), geologik muhit bilan
kimyoviy reaksiyaga kirishadigan va fizik-kimyo sharoitini o„zgartirish
qobiliyatiga ega bo„lgan almashinuv mahsulotlari hosil bo„ladi. Bunday
moddalarga CO
2
, organik kislotalar, azot va oltingugurt kislotasi, vodorod
sulfidlarini kiritish mumkin. Ko„pchilik mikroorganizmlar hayot faoliyati
davomida dispers gruntlarning tarkibiga, mikrotuzilishiga va xossasiga ta‟sir
qiluvchi shilliqlar, yuza-faol moddalar va gazlar hosil qiladi.
Mikroorganizmlar [5] tuproqlarda va tog„ jinslarida yoki g„ovaklik
eritmalarida yashaydi, yoki adsorblashgan holatda qattiq zarralarning yuzasida
bo„ladi (1.17 va 1.18-rasmlar). Ular o„zlarining hayot faoliyati natijasida
minerallarni maydalashi mumkin. Minerallarning maydalanishi ularning qayta
yotqizilgunicha davom etishi mumkin. Tabiatda absolyut mustahkam mineral
bo„lmasa kerak. U yoki boshqa darajada eng mustahkamlari, alyumosilikatlar va
kvarslar boshqalarga qaraganda kam tezlikda bo„lsa ham maydalanadi. Masalan
o„tkazilgan tajribalar natijasida nefelin zarrasi mog„orli griblar va bakteriyalar
ta‟sirida bir necha sutkada to„liq erigan, shuningdek natriy plagioklazida, tajriba
boshlangandan 7 oy o„tgandan so„ng, buzilishning birinchi alomatlarini ko„rish
mumkin bo„lgan (Аristovskaya).
62
Do'stlaringiz bilan baham: |