2.1-rasm. Gruntning strukturali elementlari orasidagi tutash joylarning
asosiy turlari: a – fazoviy, b – sementlashgan, v – koagulyatsiyali, g – o„tuvchi
(nuqtali), d – mexanik. 1 – o„zaro ta‟sirlanuvchi zarrachalar, 2 – bog„langan suvlar,
3 – sementlashtiruvchi modda.
Fazoviy tutash joy jinsni tashkil qiluvchi zarralar kristallarining bevosita tutash
joylari yuzasida, faqat bog„langan suvlar bo„lganida va ular orasidagi mustahkam
kimyoviy bog„lanish (2.1, a - rasm) hosil bo„lishida shakllanadi. Bunday tutash
joyga ko„pchilik magmatik, metamorfik va ayrim cho„kindi jinslar (gipslar, tosh va
kaliy tuzi, kristalli ohaktoshlar va dolomitlar) ega bo„ladi. Magmatik va cho„kindi
jinslarda fazoviy tutash joyning hosil bo„lishi magmaning sovishi va kristallashuvi
yoki jinsning kimyoviy cho„kkan moddasining yeg„ilishi bilan bir vaqtda kechadi.
Metamorfik jinslarda fazoviy tutash joylar metamorfizm jarayonida qattiq
komponentlarning qayta kristallashuvida shakllanadi. Ikkala holatda ham muhim
fazoviy tutash joy hosil bo„lishiga sababchi omil bo„lib yuqori bosim
(kristallashuv, gravitatsion, tektonik) va harorat hisoblanadi. Bunday tutash joylar
orasida yuzaga keladigan kristalli jinslarni uzilishga mustahkamligining qiymati,
70
g„ovakligi 1-3% va kristallar o„lchami 2
r
=2†3 mm bo„lganda, 5-10 MPa dan ortiq
bo„ladi.
Fazoviy kontaktli jinslarning yuqori mustahkamligidan tashqari buzilishi
mo„rt tavsifli, kam eruvchan (tuzlardan tashqari) va yumshoq bo„lishi kuzatiladi.
Sementlashgan tutash joylar ham faqat bog„langan suvlar bo„lganda
kuzatiladi va o„zining tabiati bo„yicha fazoviyga o„xshash, ammo ulardan
sharoitlari va hosil bo„lish mexanizmi bilan farqlanadi. Bunday turdagi tutash joy
ko„pchilik cho„kindi sementlashgan jinslar uchun tavsifli bo„ladi. Sementlashgan
tutash joyning hosil bo„lishi jinslarda diagenez va katagenez jarayonida,
sirkulyatsiya bo„layotgan eritmada yangi kristalli yoki amorf fazaning ajralib
chiqishi (2.1, b - rasm) hisobiga ro„y beradi.
Sementlashish sharoitining asosiy shartlaridan biri sementlashtiruvchi
modda va dispers fazaning zarrasi yuzasi orasidagi kimyoviy muhitdir. Bundan
tashqari sementlashgan tutash joyni shakllanish jarayonlari har xil fizik-kimyoviy
omillari ta‟siri yig„indisi: eritmaning to„yinganlik miqdori, jinsning suv
o„tkazuvchanligi, fazalar orasidagi erkin energiyaning qiymati, tutash joyli
hududda kuchlanishning qiymati bilan nazorat qilinadi.
Sementlashgan tutash joy mustahkamligi 1 MPa dan kam bo„lmagan miqdor
bilan baholanadi.
Koagulyatsion tutash joylar nozik dispersli sementlashmagan gil, suglinok,
torf, diatomitlar, bo„rning ayrim turlari kabi jinslarda hosil bo„ladi. Bunday tutash
joylarda strukturali bog„lanishning hosil bo„lishi bog„langan va o„tuvchi turdagi
suvlar bo„lganda, uzoqdan ta‟sir qiluvchi molekulyar, ayrim hollarda –
elektrostatik va magnitli o„zaro ta‟sirlar hisobiga kechadi. Koagulyatsiyali tutash
joyning tavsifli xususiyatini asosiy zarralar orasida yupqa, qalinligi berilgan
sharoitda (2.1, v - rasm) tizim erkin energiyasining minimumiga mos keluvchi,
muvozanatda bo„lgan bog„langan va o„tuvchi suvning bo„lishidir.
Koagulyatsion va nuqtali tutash joy «bazis-bazis» (2.2-rasm), «skol-skol» va
«bazis-skol» (2.3-rasm) bo„lishi mumkin.
71
Hisob ishlari koagulyatsion tutash joyning mustahkamligi nisbatan katta
emasligini ko„rsatadi: diametrlari 1 mkm, oraliq masofasi h≈10
-7
sm bo„lgan ikkita
aylanali zarra uchun birlik tutash joyidagi bog„lanish kuchi 10
-8
N dan oshmaydi.
Bunday zarralardan iborat dispers tizimning uzilishga mustahkamligi ham 10
4
Pa
dan oshmaydi, bu hozirgi zamon illari va yosh bo„sh litifitsirlangan gillarning
mustahkamligiga mos keladi.
a b
Do'stlaringiz bilan baham: |