4.5-rasm.To‘ldiruvchisi bilan birgalikda graviy-qumli donalarning tarqalish
egrisi.
Yirik donali gruntlarning kimyoviy-mineral tarkibi asosan yuviladigan tog„
jinslari tavsifi va tumanning iqlim sharoiti, shuningdek qatlamning yotish sharoiti
bilan belgilanadi. Bu omillarning birinchisi umuman yirik donali gruntlarning
petrografik tarkibini aniqlaydi, ikkinchisi – gruntlarning sho„rlanish darajasi, rN va
ko„pincha yirik donalarning nurashi bilan belgilandi.
To„ldiruvchisi bo„lmagan yirik donali gruntlar hamma tumanlarda
sho„rlanmagan hisoblanadi. O„zbekiston sharoitida qumli, qumli-gilli va gilli
to„ldiruvchilari bo„lgan yirik donali gruntlarda oddiy tuzlar ko„p miqdorda bo„lishi
mumkin. Agar yengil- va o„rta eruvchi tuzlarning miqdori yeg„indisi havodagi
quruq gruntning massasiga nisbatan 2% ga teng yoki ko„p bo„lsa, shuningdek
qumli to„ldiruvchisi 40% dan kam bo„lgan yoki 30% gilli bo„lgan yirik donali
gruntlar (ShNK II-15-07 ga asosan) sho„rlanganlarga taalluqli bo„ladi. Agar
to„ldiruvchi qumli va uning miqdori 40% dan ortiq bo„lsa, unda sho„rlangan grunt
darajasiga taalluqli bo„lishi uchun tuz miqdori 0,5% va undan ko„p bo„lishi kerak.
Agar faqat miqdori 30% bo„lgan gilli to„ldiruvchi bo„lsa, yengil- va o„rtacha
eriydigan tuzlar miqdori sho„rlangan yirik donali gruntlarda 5% gacha ortadi.
Ta‟kidlash kerakki, tarkibida 10% dan ko„p qum-gil zarralari bo„lgan yirik
donali gruntlar nurash jarayoniga uchrasa, ularni nurash darajasi bo„yicha
tavsiflash kerak. Agar nurash koeffitsiyenti 0,5 dan oshmasa, unda yirik donali
gruntlar nuramaydiganlarga taalluqli bo„ladi; agar u 0,5 dan 0,75 gacha o„zgarsa
180
gruntlar bo„sh nuraydigan bo„ladi. Kuchli nuraydiganlarga nurash koeffitsiyenti
0,75-1 bo„lgan yirik donali gruntlar kiradi.
Yirik donali gruntlarning namligi 1-2 dan 25-30% gacha, ayrim hollarda
ulardan yuqori miqdorda o„zgaradi. Bu holatda, ko„pchilik hollarda gruntlarni
skeletini (juda yirik donali) namligi amalda o„zgarmas va juda kichik miqdorda
bo„ladi. Shuning uchun yirik donali gruntlarning namligini (namligi) to„ldiruvchisi
bo„lmagan gruntlarda g„ovakliklarning suv bilan to„lish darajasi yoki qumli-gilli
to„ldiruvchilarning namligi bilan aniqlanadi.
Yirik donali gruntlarning namlik darajasi ham keng miqdorda o„zgaradi.
Kam namli gruntlarda namlik darajasi 0,5 dan oshmaydi, namlilarda – 0,5 dan 0,8
gacha o„zgaradi, nam shimganlarda – u 0,8 dan katta bo„ladi.
Donalarning shakli, ularning yuzasi tavsifi va silliqlanish darajasi kerakli
darajada xilma xildir va asosan genezisdan va materialniтп transportirovka
qilinishida qayta ishlanish davomiyligiga bog„liq bo„ladi. Allyuvial va dengiz
genezisli yirik donali gruntlar, odatda yaxshi silliqlangan bo„ladi. Suv-muzli va
ayniqsa muzli yirik donali gruntlar nisbatan kam silliqlanishga ega. Elyuvial yirik
donali gruntlar umuman silliqlanmagan bo„ladi.
Yirik donali jinslarning qattiq zarralari zichligi ko„pincha 2,65-2,70 g/sm
3
ga
teng bo„ladi. Guruntlarning asosiy va ultra asosiy jinsli donalari yoki ulardan
to„ldiruvchi sifatida foydalanganda bu ko„rsatkich qiymati o„sadi va 3,0-3,3 g/sm
3
ga yetishi mumkin.
Yirik donali gruntlarning skeleti zichligi keng miqdorda o„zgaradi. Galech-
nikli va graviyli gruntlarda, ko„p miqdorda to„ldiruvchisi bo„lmaganda, zichlikning
qiymati 1,65-1,90 g/sm
3
yetishi mumkin. G„ovakliklarida qumli va gilli
to„ldiruvchisi bo„lganda, bu ko„rsatkich qiymati ko„pincha 2,0 g/sm
3
va 2,15-2,0
g/sm
3
oralig„ida bo„ladi. Yirik donali gruntlarning g„ovakligi odatda 40% dan
oshmaydi. G„ovakliklarida zichlashgan to„ldiruvchi bo„lsa u kam hollarda 25-30%
ga kamayishi mumkin. Yirik donali gruntlarni boshqa gruntlardan farqlovchi
xususiyati – ularning yuqori suv o„tkazuvchanligidir. Toza xarsanglarda filtratsiya
koeffitsiyenti yuzlab metr sutkani tashkil qiladi, ayrim hollarda, allyuvial
181
yotqiziqlarda ming metr/sutkani tashkil qilish mumkin. Yirik donali gruntlarda
qumli to„ldiruvchisi bo„lsa uning suv o„tkazuvchanligi kamayadi. Agar to„ldiruvchi
gillar bo„lsa, ularning suv o„tkazuvchanligi sezilarli darajada kamayadi.
Yirik donali elyuvial gruntlarning yonga kengayish koeffitsiyenti qiymati
(Puasson) 0,20-0,33 ga teng bo„ladi. Donalar nurash koeffitsiyenti 0,5 dan 2 gacha
oralig„da u qonuniy o„zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |