Gruntdagi suv turlarining tasnifi
Suvning darajasi
(turi)
Suvning turi va xili
Bog„langan
1. Minerallarning kristall panjarasidagi suv
(konstitutsionli, kristalli bog„lanish)
2. Adsorblashgan suv (orolli, molekulyar va
yarim molekulyar adsorblashgan)
O„tuvchi turdagi
(bog„langandan
erkinga)
1. Osmotik yutilgan suv
2. Kapillyar suvlari (kapillyar kondensatsiyali va
kapillyar shimilgan)
Erkin
1.
Yopiq
yirik
g„ovakliklar
ichidagi
(immobillashgan)
2. Oquvchi
deb ataladi, shuningdek kapillyar va osmotik suvlar o„tuvchi turdagi suvlar
qatoriga kiritiladi.
Bog„langan suvlar yuqorida keltirilgan tasnifga asosan tog„ jinsida
minerallar yuzasida kimyoviy va fizik kuchlar bilan bog„lanib (energiyasi 0,1-800
kDj/mol bo„lgan) turadi. Ular ikki xil turda (6-jadval) bo„ladilar. Birinchi xil
turdagisi har xil minerallarning kristall panjarasi tarkibiga kiruvchi suvlar. Bu
suvlar konstitutsionli suvlar deb ataladi. Mineralning kristall panjarasidagi ionlar
bilan bog„langan suvlar kristallizatsiyalashgan bog„langan suvlar deb ataladi.
Grunt g„ovakliklarini to„ldiruvchi erkin suvlar qattiq zarralar bilan unchalik
o„zaro ta‟sirda bo„lmaydi. U gravitatsiya kuchlari ta‟siri ostida bo„ladi. Bu kuchlar
uni harakatlantiradi. Harakatdagi, ya‟ni oquvchi bo„lgan erkin suvni gravitatsiya
suvi deb atash mumkin. Gravitatsiya kuchlari ostida bo„lgan erkin suvlar, yopiq
44
g„ovakliklarda bo„lgani uchun gruntda harakatlana olmasa, bunday erkin suv im-
mobillashgan suv deb ataladi.
Gruntning strukturasi va tarkibi sezilarli darajada gruntdagi u yoki boshqa
turdagi va xildagi suvning qaysi biri asosiyligini bildiradi. Shuning uchun yuqori
dispers gruntlarda (gill va lyosslarda) ko„p miqdorda bog„langan suvlar, yirik
donali (galechnikli va graviyli) gruntlarda esa erkin, asosan gravitatsiya suvi
asosiysi bo„lib hisoblanadi.
Bog„langan suvlar gilli jinslar tarkibida ko„p miqdorda bo„ladi. Zarralarning
yuzasida, suv molekulasining bo„g„lardan adsorblashishi (adsorbsion suv – tog„
jinsi yoki tuproq zarrachalari orqali eritmadan so„rib olingan suv) natijasida hosil
bo„ladigan suv qatlami mahkam bog„langan deb nomlanadi, yoki gigroskopik suv
(W
g
) deb ham ataladi.
Mineral zarralar yuzasida adsorblashgan suvni qanchalar mahkam ushlanib
turishini quyidagi omildan bilsa bo„ladi, ya‟ni gillarda 1 sm
2
yuzaga bir necha o„n
tonna bosim berilganda suv gigroskopik namlik miqdoricha qolgan (Kryukov).
1.11-rasmda, har xil gilli minerallar va almashinuv kationlari uchun, g„ovaklikdagi
eritmalarda har xil tuzlarning miqdori va harorat ta‟siri bo„lganda bir xil qonuniyat
kuzatiladi: gilli gruntdagi suvning bir qismi yengil siqib chiqariladi, bir qismi esa
sezi-larli qiyinchilik bilan chiqishi ko„rsatilgan. Ye.M.Sergeyv va S.S.Polyakov
ma‟lumotlari bo„yicha, adsorblashgan bog„langan suvlarning siqib chiqarilishi
bosim 20-50 MPa bo„lganda boshlanadi, R.I.Zlochevskaya
va boshqalarning
ma‟lumotlari bo„yicha esa 10 MPa dan yuqorida kuzatiladi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |