A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Gilli gruntlar mikrotuzilishining asosiy turlari



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

4.8-rasm. Gilli gruntlar mikrotuzilishining asosiy turlari: a – yacheykali, b – 
skeletli, v – matritsali, g – turbulent, d – laminar, e – uychali, j – psevdoglobulyar, 
3 – gubkali. 
Gilli  jinslarning  katta  miqdordagi  har  xilligi  va  litifikatsiyasining  darajasi 
fizik, fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini belgilaydi.  
Fizik xossalari orasida eng ko„p o„zgaradigani gilli gruntlar qattiq qismining 
zichligidir.  Uning  qiymati  2,53  dan  2,85  g/sm
3
  gacha  o„zgarishi  mumkin.  Hisob 
ishlarida o„rtacha qiymat sifatida supeslar uchun - 2,70, suglinoklar uchun – 2,71 
va  glinalar  uchun  -  2,74  g/sm
3
  qabul  qilinadi.  Gilli  jinslarning  zichligi,  ularning 
skeletini  zichligi  va  g„ovaklik  ko„rsatkichi  juda  keng  miqdorda  o„zgaradi.  Gilli 
gruntlarning  zichligi  1,3  dan  2,20  g/sm
3
  gacha,  skeletini  zichligi  –  0,8  dan  1,9 
g/sm
3
  gacha  o„zgarishi  mumkin. G„ovaklik  qiymati  22 dan 70%  gacha, g„ovaklik 
koeffitsiyenti – 0,30 dan 2,2 gacha o„zgarishi mumkin.  


195
 
 
Gilli  jinslarning  fizik  xossalarining  qiymatiga  ta‟sir  qiluvchi  asosiy  omil 
ularning  genezisi  va  litifikatsiya  darajasi  bilan  izohlanadigan  litologik  tarkibidir. 
Eng  katta  zichlikka,  odatda,  katta  chuqurlikda  yotuvchi  va  kuchli  zichlashishga 
uchragan  qadimgi  gilli  jinslar  ega  bo„ladilar.  Ularning  qatoriga  ko„pchilik 
paleozoy, mezozoy va bir qator uchlamchi gillarni kiritish mumkin. 
Gilli jinslarning fizik xossalari (zichlik, g„ovaklik) bilan ularni suv o„tkazish 
qobilyati uzviy bog„langan. Odatdagi sharoitda ko„pchilik gil va suglinoklar kam 
suv  o„tkazuvchilar  tarkibiga  kiradilar  yoki  amalda  suv  o„tkazmaydigan  jins 
hisoblanadilar. Ular uchun filtratsiya koeffitsiyentini miqdori 10
-3
 – 10
-5
 m/sutkani 
tashkil  qiladi.  Bu  gil  va  suglinkalarda  bog„langan  suvlar  bilan  to„liq  ravishda 
bekitilgan  ultrakapillyar  g„ovaklikni  borligi  bilan  tushintiriladi.  Bunday 
g„ovakliklardan  suvning  filtratsiyasi  faqat  boshlang„ich  gradientdan  yuqori 
bo„lganda yuz beradi. 
Ko„pchilik gilli jinslar namlanganda ko„pchishi mumkin, quriganda – hajmi 
kichrayadi,  bunda  uni  hajmi  bir  nechadan  25-30%  gacha,  ayrim  hollarda  undan 
ko„p miqdorda o„zgarishi mumkin. Bunda rivojlanadigan ko„pchish bosimi 1,0-1,5 
MPa  ga  etishi  mumkin.  Ma‟lum  bir  sharoitlarda  gilli  gruntlar  qiymati  0,02-0,05 
MPa ga etadigan yopishqoqlikka ega bo„ladilar. 
Gilli  gruruntlarning  suv-fizik  xossalari  quydagilar  bilan  nazorat  qilinadi:  a) 
jinsning  dispersligi;  b)  ularning  mineral  tarkibi;  v)  almashinuv  sig„im  va 
almashinuv  kationlarining  tarkibi;  g)  g„ovaklik  suvining  tarkibi.  Undan  tashqari 
quyidagi  ko„rsatkichlari:  ko„pchish,  hajmiy  torayish,  yopishqoqlik  jinsning 
holatiga  (zichligi,  namligi)  va  strukturali  bog„liqlikni  mustahkamligiga  bog„liq 
bo„ladi. 
Gilli  gruntlarni  tabiiy  bizilmagan  tuzilishida  ko„pchishi,  hajmiy  torayishi 
disperslikdan  va  kimyo-mineral  tarkibidan  tashqari  zichlashish  darajasi  va 
strukturali bog„lanishni mustahkamligiga bog„liq bo„ladi. 
Gilli gruntlarning mexanik xossalari, boshqa har qanday gruntlarga o„xshab, 
ularning  deformatsiyalanishi  va  mustahkamligi  bilan  tavsiflanadi.  Siqilish 
koeffitsiyenti  birlikdan  (bo„sh  litifitsirlangan  gillarda)  mingdan  bir  ulushgacha 


196
 
 
MPa
-1
  (kuchli  litifitsirlangan  gillarda)  o„zgarishi  mumkin.  Bu  holatda  umumiy 
deformatsiya  moduli  bir  nechadan  50-60  MPa  gacha  o„zgaradi.  Shunga  mos 
ravishda  ichki  ishqalanish  burchagi  va  bog„lanish  kuchi  5-10

va  0,01-0,05  MPa 
dan  20-36

va  0,12-06  MPa  gacha  o„zgaradi.  Gilli  jinslarning  mexanik 
xossalarining  bunday  keng  darajada  o„zgarishi  ularni  har  xil  tarkibi,  zichlanishi, 
namligi va boshqalar bilan izohlanadi. 
Koagulyatsiya  turidagi  strukturali  gilli  gruntlar  eng  ko„p  siqilishi  bilan 
tavsiflanadi.  O„tuvchi  turdagi  strukturali  gilli  gruntlar  kichik  siqilishi  bilan 
tavsiflanadi. Ularda siqilish koeffisientini qiymati megapaskalni yuzdan bir ulushi 
bilan o„lchanadi, modul deformatsiyasi 15-50 MPa ga teng. Tabiiy gilli tizilmalar 
orasida  aralash  (koagulyatsion,  o„tuvchi,  sementlashgan  va  fazali)  turdagisi  keng 
tarqalgan.  Bunday  jinslarning  chizmasida  ularning  strukturali  mustahkamligiga 
(fazali  tutash  joyidagi  mustahkamlik)  mos  keluvchi  egilish  nuqtasi  aniq  bilinadi. 
Shuning uchun strukturali musahkamligidan kam yukda bunday gruntlarni siqilish 
koeffitsiyenti  MPa
-1
  ning  yuzdan  bir  ulushiga,  σ>R
S
  bo„lganda  siqilish 
koeffitsiyentining qiymati o„ndan bir MPa ga oshadi.  
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish