A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


EIZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish tartib-tamoillari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

EIZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish tartib-tamoillari
10.1-jadval ko‗rsatilgan
51
. Unga ko‗ra Yer uchastkasi olish uchun EIZ 
qatnashchisi Davlat xizmatlari markazlari orqali yer uchastkasi ajratish 
to‗g‗risidagi ariza bilan pochta orqali yoki shaxsan borib murojaat etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali 
yoki O‗zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat 
zonalari Yagona portali (keyingi o‗rinlarda Yagona portal deb ataladi) 
orqali yuborilgan arizalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri tegishli shahar (tuman) 
51
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 yanvardagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat 
zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qaroriga 3-ILOVA Erkin iqtisodiy zonalar 
qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‗g‗risida NIZOM. Manbaa lex.uz. 


284
hokimligiga yuboriladi. Yer uchastkasi ajratish to‗g‗risidagi arizada 
qo‗shimcha yer uchastkasidan foydalanishning maqsadi, uning joylashgan 
joyi va o‗lchamlari (zarur maydonning asosi), qurilish ishlari boshlanishi 
va tugatilishining taxminiy muddati, yuridik shaxsning rekvizitlari va 
pochta manzili ko‗rsatilgan bo‗ladi. 
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan investorga arizasining Davlat 
xizmatlari markaziga kelib tushishidan boshlab to unga yer uchastkasi 
ajratish to‗g‗risidagi tegishli qaror taqdim etilgunga qadar arizaning ko‗rib 
chiqish holatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati ta‘minlanadi. Davlat 
korxonasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ariza kelib tushgan kundan 
boshlab besh kun ichida yer uchastkalarini tanlash bo‗yicha hujjatlarni 
tayyorlaydi va hakazo. 
Yuqori qayd qilib o‗tganimizdek, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish 
va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash barqaror ishlab chiqarishni 
kengaytirishga xizmat qiladi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun 
imtiyozlar tizimini yaratish natijasida ushbu sektorning bandlikdagi ulushi 
2001 yildagi 51,8% dan 2018 yilda 79% gacha o‗sdi. 2001-2018 yillardagi 
iqtisodiy o‗sishning jadal sur‘atlari bilan davlat byudjeti tarkibida ijtimoiy 
xarajatlar ulushi 47,6% dan qariyib 60 % gacha oshdi. 
Ta‘lim sohasidagi asosiy ustuvor yo‗nalish barcha darajalarda sifatni 
yaxshilash va aholi barcha guruhlari uchun teng ravishda ta‘lim olish 
imkoniyatini saqlab qolishdan iborat. Kelajak uchun asosiy vazifa nafaqat 
bilimli, balki o‗zgaruvchan shart-sharoitlarga va talablarga tez moslasha 
oladigan ijodkorlarning shakllanishi hisoblanadi. 
O‗zbekiston gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini 
kengaytirishga ko‗maklashadi. Boshlang‗ich va o‗rta ta‘limda gender 
tengligi saqlanib qoldi. Bandlik tarkibida ayollar ulushi ortdi. Davlat 
muassasalarida ayollar ulushi sezilarli darajada oshdi. 
2002 yildan 2018 yilgacha bo‗lgan davrda 5 yoshgacha bo‗lgan bolalar 
orasida o‗lim darajasi 2 barobarga qisqardi. 5 yoshgacha bo‗lgan bolalarda 
o‗lim va o‗lim ko‗rsatkichlarining hududiy farqlari kamaydi. Barcha 
hududlarda bolalarning 99% dan ko‗prog‗i immunizatsiya qilinadi. Qishloq 
vrachlik punktlarini modernizatsiya qilish, shoshilinch tibbiy yordam 
ko‗rsatish 
tizimini 
takomillashtirish 
va 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiy 
markazlarni tashkil etish chora-tadbirlari bolalar o‗limini kamaytirishga 
yordam berdi. Barcha hududlarda zamonaviy diagnostika markazlari 
yaratildi, zarur laboratoriya va diagnostika uskunalari bilan ta‘minlandi. 


285
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida moddiy-texnika bazasini 
yaxshilash, antenatal kuzatuvlarni qamrab olish va boshqalar tufayli onalar 
o‗limi qisqartirildi. 
Mamlakatimizda keng ko‗lamli bunyodkorlik ishlarini barcha 
hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar 
yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-
sonli farmoni bilan «Obod qishloq» dasturi hamda 2018 yil 29 martdagi 
PQ-3630-sonli Prezident Qarori bilan «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda 
amalga oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlari belgilangan edi.
Xususan birgina 2018 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» 
dasturlari doirasida 159 ta tumandagi 416 ta qishloqda qurilish va 
obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur qishloqlardagi 142 ming 
yakka va mingdan ortiq ko‗p qavatli uylar, 3 ming kilometrlik yo‗llarda 
ta‘mirlash ishlari, 2,5 ming kilometrlik elektr tarmoqlari, 2 ming kilometr 
suv tarmoqlari tortildi va ta‘mirlandi, 2400 ta bozorlar va boshqa turdagi 
infratuzilma obyektlari qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, 388 ta umumiy ta‘lim maktablari, 313 ta 
maktabgacha ta‘lim muassasalari, 168 ta tibbiyot muassasalari, 38 ta 
mahalla va 55 ta boshqa ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va ta‘mirlash 
ishlari yakunlandi. «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi uchun 
zarur mablag‗larning 80 foizini Davlat byudjeti, davlat korxonalari 
mablag‗lari, shuningdek, jalb qilingan sarmoyalar tashkil qilgan bo‗lsa, 
qolgan 20 foizi tadbirkorlar mablag‗lari va bank kreditlariga to‗g‗ri keldi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasini izchil 
amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‗nalishlarini 
samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qo‗shmoqda. 
Yurtimizning qadim tarixga ega bo‗lgan yoki yaqin o‗tmishda tashkil 
etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining 
samarali faoliyati tufayli har yili o‗rta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 
53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda. 
Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish, mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, 
zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush 
sifatini yaxshilash maqsadida «Obod mahalla» dasturi to‗g‗risidagi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunda PF-5467-son 
Farmoni qabul qilindi. 


286
«Obod mahalla» dasturi doirasida 2018 yilda har bir shaharda kamida 
2ta mahallada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, 2022 yilga qadar 
esa bu kabi ishlar har yili har bir shaharning 3ta va undan ziyod 
mahalalarini qamrab olishi ko‗zda tutilgan. Buning doirasida ichimlik suvi 
quvurlari, elektr quvvvati tarmoqlari, gaz quvurlari va oqava tizimini 
qurish, yotqizish va ta‘mirlash, shuningdek, mavsumiy suvlar sathini 
pasaytirish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, 5 ming 607 kilometr ichik 
yo‗llar va 369 ijtimoiy obyektlarni ta‘mirlash, 969 bozor infratuzilmasi 
obyektlari va xizmat ko‗rsatish punktlarini tashkil etish ko‗zlangan. Shu 
maqsadda mahalliy hokimiyatlarda «Obod mahalla» jamg‗armalari tashkil 
etilgan. «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 
mamlakatda amalga oshirilayotgan bu kabi keng ko‗lamli ishlar borasida 
keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishni, shuningdek, 
qishloq xududlarida aholi turmush tarzini yaxshilash bo‗yicha qo‗yilgan 
vazifalarni amal oshirish uchun xorijiy tajriba va xalqaro moliyaviy 
institutlar mablag‗larini keng ko‗lamda jalb etilmoqda.
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida ham samarali izchil islohotlar davom 
ettirilmoqda. Xususan, tuproq va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash 
natijasida 2002-2015 yillarda sho‗rlangan yerlarning ulushi sug‗oriladigan 
yerlarning umumiy maydonidan 54,2% dan 45% gacha kamaydi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish