A bdumutalova Gulchiroy Muxtorali qizining (familiya, ism va sharfi) «favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi»


O’zbekiston Respublikasi «Fuqoro muhofazasi to’g’risida»gi qonuni, fuqaro muhofazasining asoslari



Download 0,74 Mb.
bet2/9
Sana25.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#702122
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi FVV

1.1 O’zbekiston Respublikasi «Fuqoro muhofazasi to’g’risida»gi qonuni, fuqaro muhofazasining asoslari
Ma'lumki, har bir mustaqil davlat o'zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o'sha davlatning qudratini belgilaydl. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo'lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, oʻzining xavfsizlik tizimini yaratadi va ishlab chiqadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo'lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tikIash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, fuqarolar mudofaasi oldiga qo'yilgan yuqoridagi ishlar 1945-yildan to 1990-yillargacha yetib keldi, lekin shu davrgacha yuqoridagi ishlarni bajarish uchun ehtiyojlar bo'lmadi. Afsuski, bu davrlarda (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatIar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xiI halokatlar yuz beradiki, xalqimiz, iqtisodiyotimiz bundan jiddiy zararlanardi. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.

Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantinshning asosiy konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 9-aprelda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Respublika faollarining Kengashida so'zlagan nutqida bayon etilgan. O'zbekiston Respublikasi 1- Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlaring, inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.


FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishi asosan: favqulodda vaziyatlami bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ulaming oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldim olish va bunday hollarda harakatlami boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVV ning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida O'zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida» (1999-y.), «Fuqaro muhofazasi to'g'risida» (2000-y.), «Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi to' g' risida» (1999-y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida» (2000-y.), «Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi (2000-y.) Qonunlari, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin.

Respublika FVDT Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil II-dekabrdagi Farmoniga asosan Bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDT ning Respublika, mahalliy va obyekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimdan iborat bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o'z faoliyatini ko'rsatmoqda. Bu tizirnning yagona konsepsiyani belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta'minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro harnkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.


Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkor» Respublika qidiruv-qutqaruv markazi, «Xaloskof» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazof» qismlari tashkil etilib, ular tomonidan 10 mingdan ortiq marotaba turli favqulodda vaziyatlarda aholiga yordam berildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida sodir bo'lgan temir yo'l halokati, 1998-yilda Shohimardonda sodir bo'lgan sel ofati, 1999-yilda Turkiyada roʻy bergan Izmir zilzilasi, 1999-yilda Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor ko'chishi, 2001-yilda yuz bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temir yo'l halokati, 2003-yilda Qirg'izistondagi yer surilishi va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.


Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti-harakat qilishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berishi, shikastlangan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta'minlash vazifalarini bajaradi. Zero, yer yuzida urnurniy qirg'in qurollari, hujumkor qurollaming zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlami bo'lishligi muqarrar bo'lganligidan har bir davlatda va uning har bir hududida va bo'g'inida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladl va uning vazifalari aniq belgilanadi.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekoJogik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to'g'risida»gi Qarorida mamlakatirmz hududida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan barcha tur dagi favqulodda vaziyatlar tasniflab berilgan.


Favqulodda vaziyat (FV) - ma'lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o'lirniga, salomatligiga, tevarak- atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.

2000-yil 26-may kuni O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 ta bo’lim, 23 moddadan iborat.


Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
Fuqaro muhofazasi- harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
Fuqaro muhofazasi xizmati-fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo’linmalar majmui.
Himoya inshootlari-aholini va ishlab chiqarish hodimlarini zamonaviy qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik inshootlari majmuyi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini quyidagilardan iborat:
1.Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish;
2.Obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
3.Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
4.Xalq xo’jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish;
5.Aholini moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
6.Fuqaro muhofazasi harbiy tuzimlarining shayligini ta’minlash;
7.Aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish;
8.Aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
9.Radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va labaratoriya nazorati olib borish
10.Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
Harbiy davrda ham tinchlik davrida ham favqulodda vaziyat yuz
berganda fuqarolami saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar
asosida amalga oshiriladi. Fuqarolami muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy
ravishda amalga oshinsh va boshqarish;

2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, fuqarolami saqlashning omIllanni oldindan rejalashtirish;

3) Har bir joyning iqtisodiy, slyosiy va mudofaa qudratini hisobga
olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish:

4) Fuqarolami muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud iqtisodiyot tarmoqlari) iqtisodiy va
sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolami muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1) Fuqarolami xavfli vaziyat xususida o'z vaqtida ogohlantirish

2) Radiatsiyaga va kimyoviy ta'sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omilIari:

3) Himoya inshootlarida saqlash;

4) Evakuatsiya omillarini o'tkazish (fuqarolami xavfli hududdan,
vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to'liq uzoqlashtirish);

5) Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish