A bdulla qodiriy


Adibning ijodiy faoliyati haqida



Download 337 Kb.
bet4/4
Sana14.07.2022
Hajmi337 Kb.
#795816
1   2   3   4
Bog'liq
ABDULLA QODIRIY

Adibning ijodiy faoliyati haqida.
Qodiriy – journalist.
1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi Rossiyaning qonli janglar girdobiga tortilishi tufayli undagi shuningdek uning mustamlaka o’lkasi Turkistondagi vaziyat keskinlashdi. O’lkada yuz berayotgan iqtisodiy siyosiy tanglik, sabr kosasi to’lgan xalq orasidagi ommaviy noroziliklar hususan 1916 yilgi mardikorv olish, 1917 yilgi fevral inqilobi voqealari Qodiriyning ijtimoiy siyosiy qarashlariga kuchli ta’sir etdi.
U endi ijtimoiy-siyosiy ishlarga aralasha boshladi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin xalq milisiyasiga ko’ngilli bo’lib yozildi, so’ng Toshkentning eski shahar qismida ochilgan oziq komitetiga MIrza bo’lib kirdi. “Nikolayning taxtdan yiqilib, Huriyat bo’lg’oniga xursandligim albatta dunyoga sig’mas edi va sig’masligi tabiiy edi. Ayniqsa, 1916 yil rabochiy olish masalasidan keyin umuman Turkiston ishlarida Uyg’ongan istibdodga nafrat menda ham kuchli edi”– deb yozdi adib.
Qodiriy matbuot, jurnalistika sohasidagi bilimi va malakasini oshirish maqsadida 1924 yil va 1925 yillarda Moskvadagi oily jurnalistika Institutida ta’lim oladi. Qodiriy 1919-1925 yillar orasida matbuotda yuzlab maqola hajviyalar bilan qatnashdi. Bu asarlarini u har xil – Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Maxzum, Toshpo’lat, Ovsar, Dumbul, Chig’oy degan imzo-tahalluslar bilan e’lon qilgan.


Qodiriy O’zbek romanchilarining asoschisi. Adibning fojeaviy qismati.
Ayni paytda o’tmishdan olingan yirik asar “O’tgan kunlar” romani ustida ish olib borardi. Bu asarni muallif 1919 yilda yoza boshlagan. Romandan parchalar 1922 yilda inqilob jurnallarida bosilgan. 1925 yili asarning bo’limlari alohida-alohida, so’ng 1926 yili yaxlit holda kitob bo’lib chiqqan. Yozuvchi bu romanda holis turib o’tgan XIX asr o’rtalaridagi Turkiston tarixining, O’zbek xalqi hayotining haqqoniy manzarasini gavdalantirdi, muhim tarixiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur badiiy tahlil etadi. Davrning etkchi ijtimoiy kuchlari mohiyatini ochadi. O’sha zamon kishilari ahvol ruhiyati, orzu-intilishlari, quvonch va tashvishlarini zo’r mahorat bilan yorqin obrazlar orqali ko’rsatadi.
Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl eti
Abdulla Qodiriy, о'zbek milliy adabiyotining ko'zga ko'ringan namoyandalaridan biri. U jurnalist, tarjimon sifatida ham mashhur bo'lgan. 0'z ijodi davomida ellikdan ortiq adabiy taxallus qo'llagan, shulardan «Julqunboy» taxallusigina mashhur. Ulug' adib Toshkentning Samarqand Darboza dahasida bog'bonlik bilan kun kechiruvchi kambag'al oilada dunyoga keldi. 1904 — 1906 yillar eski maktabda va rus-tuzem maktabida tahsil oldi. Oilasi kambag'allashgani sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotib ча yordamchi bo'lib ishladi. Shundan boshlab Eski shahar Ozuqa qo'mitasining bosh kotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasida muharrir (1919), «Ish tirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida adabiy xodim, shuningdek «Mushtum» jurnalida tahrir hay'ati а'zosi bo'lib xizmat qildi.
Во'lg'usi adibning ilk ijodi 1913— 1914- yillarda boshlangan. Dastlab u shoir sifatida «Ahvolimiz», «Millatimga», «То'у» kabi she'rlar yozadi. Unda о'z xalqini ilm-ma'rifatga chorlaydi. U о'zining 1915-yilda nashr etilgan «Baxtsiz kuyov» nomli sahna asari bilan dramaturg sifatida ham taniladi.
Abdulla Qodiriy shoir, dramaturg bo'lish bilan birga mohir felyetonchi, hajvchi, hikoyanavis, qissanavis va birinchi romannavis sifatida ham ma'lum ча mashhurdir..Adib «Juvonboz», «Uloqda» kabi hikoyalari vа «Kalvak mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydi?» kabi hajviy qissalarida jamiyatdagi va odamlar orasidagi nopokliklarni hajv qiladi. Abdulla Qodiriy eng avvalo adabiyotimiz tarixida birinchi о'zbek milliy tarixiy romanlarini yaratgan adib, san'atkor sifatida katta shuhrat topgan. «О'tgan kunlar» romani adibning shoh asaridir. Xalqimizning 19-asr о'rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy vа ma'naviy silsilalarga boy murakkab bir davri haqida hikoya qiluvchi bu badiiy go'zal asari bilan Abdulla Qodiriy о'zbek romanchilik maktabiga аsos soldi va Alisher Navoiydan keyin о'tgan eng ulug' о'zbek adibi bo'lib qoldi. Otabek bilan Kumushbibilarning boshdan kechirganlari roman mavzusi asosini tashkil etadi. Xuddi shu bahonada davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti ham badiiy umumlashtiriladi. Roman tili nihoyatda boy, jozibali va sermazmun bo'lib, uning о'ta о'qimishli bo'lishini ta'minlagan. Adibning «Mehrobdan chayon» nomli ikkinchi romanida Qo'qon xoni Xudoyorxon davriga xos adolatsizliklar, fisqi- fasodlar, qing'irliklar fosh etiladi. Bularga qarshi kurashda Anvar vа Ra'nolar ko'rsatgan jasorat ulug'lanadi.
Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» qissasi (1935) esa qishloq hayotidan yozilgan dastlabki yirik nasriy asar sifatida muhimdir.
Abdulla Qodiriy shaxsga sig'inish davrining qurboni bo'ldi. U 1937-yil 31- dekabrda hibsga olinib, ko'р о'tmasdan qatl etilgan. 1956-yilga kelib yozuvchi oqlandi, uning adabiy merosi о'rganila boshlandi. Istiqlol tufayli nomi abadiylashtirilib, ko'chalar, mahalla, maktab, madaniyat uylari, institut adib nomi bilan yuritila boshlandi. 1990-yilda 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bi- lan Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofoti ta'sis etildi. 1991-yilda esa adibga Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti berildi Adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan yetti jildli asarlarini nashr etishga kirishildi. Uning asarlari qator xorijiy tillarda nashr etilgan.


O'TKAN KUNLAR


O'zbeklar turmushidan tarixiy ro'mon

Abdulla Qodiriy




Abdulla Qodiriyning aytishicha: "Bu kitobni bir marta emas, besh marta o'qish kerak. Shunda siz turmushni, tarixni, siyosatni, odobni, tilni o'rganasiz". 


YOZG'UVCHIDAN

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo'ydiq, bas biz har bir yo'sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o'xshash dostonchiliq, ro'monchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg'a , halqimizni shu zamonning "Tohir-Zuhra"lari, "Chor daveshlari", "Farhod-Shirin" va "Bahromgo'r"lari bilan tanishdirishka o'zimizda majburiyat his etamiz. 


Yozmoqqa niyatlanganim ushbu- "O'tkan kunlar", yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'grisi bir havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi-ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong'a chiqishi, ahllarining etishmaklari ila sekin -sekin tuzalib , takomulga yuz tutishi tabi'iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho'cib turmadim. 
Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzu'ni moziydan, yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keyingi "xon zamonlari"dan belguladim.

BIRINCHI BO'LIM


***************************************

1. OTABEK YUSUFBEK HOJI O'G'LI



1264-nchi xijriya, dalv oyining 17-nchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botkan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... Darbozasi sharqi-janubiga qaratib qurilgan bu dong'dor saroyni Toshkand, Samarkand va Buxoro savdogarlari egalaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to'la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo'shab hujralariga qaytkanlar, ko'b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonlik: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xaholab kulishishlari saroyni ko'kka kutargundek.

Saroyning to'rida boshqalarg'a karag'anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiyiz to'shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo'z ko'rpalar ko'rilgan bo'lsa munda ipak va adras ko'rpalar, narigilarda qora charog' sasig'anda, bu hujrada sham' yonadir, o'zga hujralarda yengil tabi'atlik, ser-chaqchaq kishilar bo'lg'anida bu hujraning egasi ham boshqacha yaratilishda.
Download 337 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish