Asarlari: «Jinlar bazmi» (mavhum hikoya), «Baxtsiz kuyov» («Padarkush» p’esasidan ta’sirlanib yozilgan. Qodiriy o‘z tarjimai holida bu haqda quyidagicha yozgan: «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» pesasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni bilmay qoldim (1915 yilda)». Bu dramada amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko‘tarib dabdabali to‘y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay, garovga qo‘yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o‘zini-o‘zi o‘ldiradi, sadoqatli umr yo‘ldoshi ham o‘ziga pichoq uradi), «Juvonboz» («Padarkush» pesasiga taqlidan yozilgan, bu hikoyada o‘qishni tashlab buzuq, shaltoq yo‘llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; oxiri jinoyatga qo‘l uradi, qamaladi), «Obid ketmon» (1934, qahramonlari: Obid ketmon, Berdi tatar, Xatib domla, mulla Muhsin va boshq. Asarda mulla Obid qaynotasi in’om etgan besh tanob yerda tadbirkorlik bilan halol ishlab, katta boylik, shuhrat topadi. Oybek yezuvchining mahoratiga tan berib shunday yozadi: «Domlalarning obrazini chizishda yozuvchi san’atkor. Domlalarning yurish - turishi, so‘zlari, fikr yuritishi, xalqni aldaish va hokazo butun sifatlari o‘quvchining ko‘z oldida jonlanadi. Asarda domlalarni yozuvchi yetaklamaydi, ular o‘zlari domlalarcha yuradilar. Ularning og‘ziga yoeuvchi o‘z so‘zlarini tiqmaydi, ular o‘zlaricha so‘zlaydilar... »), «O’tkan kunlar» romani (1926), «Mehrobdan chayon» (1928), «O’tgan kunlar» ham «O’tgan kunlar» tanqidi ostida ba’zi mulohazalar» (Sotti Xusaynga javob), «Yig‘indi gaplar», «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» (1923-27), «Toshpo‘lat tajang nima deydi?», «Uloqda» (1915, bosh qahramoni Turg‘un. Muallif bu asar haqida «Bolalik davrimning yodgori bo‘lganligi uchun ortiqcha o‘zgartirishlar kiritmadim» deb yozgan.
Bu hikoya oktyabr inqilobigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi bo‘lib, unda uloq voqeasi tasvirlangan. Oybek bu asarga yuksak baho berib: «Uloqda» hikoyasida tashviqotchining, voizning o‘g‘lini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustidan muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi» - degan. «Ahvolimiz», «To‘y» va «Millatimga» she’rlari, «Ravot qashqirlari», «1918 yil yodgori», «Yangi masjid va maktab» («Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida bosilgan).
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904-1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908-1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917) ta’lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907-1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Eski shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), “Oziq ishlari” gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili “Mushtum” jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) o’qidi. 1919-1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi.
Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.
1914-1915 yillarda Abdulla Qodiriyning “Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari, “Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi” kabi hikoyalari, “Baxtsiz kuyov” dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman “O’tgan kunlar”ni yaratdi (1919-1920). Asar 1922 yili “Inqilob” jurnalida, 1924-1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani – “Mehrobdan chayon”ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib “Obid ketmon” qissasini yozdi.
Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning “Fizika” (1928), N.V. Gogolning “Uylanish” (1935), A.R. Chexovning “Olchazor” (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan “To’la ruscha-o’zbekcha lug’at”ni (1934) tuzishda ishtirok etdi. Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo’lat tajang nima deydir?” hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan. Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy ishlar qilganlar.
O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’shjonov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
1991 yili O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Ttoshkent shaxrida bog`bon oilasida tug`ildi.” Boshida boy oilada tug`ldimi yoki kambag`al oiladami, albata , bilmadim ,- deb yozadi .
Abdulla Qodiriy–Ammo yoshim 7-8 ga yetgach qornim oshga to`mag`onidan, ustum tuzuqroq kiyim ko`rmaganidan aniq bildimki, besh joning tomog`I faqat 80 yoshlik bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog`ning yozda yetishtirib beradigan hosildan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog` mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqa duch kelib , qishi bilan jovrashib chiqar ekan miz”.
Abdulla bolaligidayo zehni o`tkir o`qish-o`rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo`lgan. Ammo oiladagi muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9 –10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski usulda o’qigach, on ikki yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga hizmatchilikka beradilar. Xojayin savdogar kishi bo’lib o’rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga mohtoj edi. Abdullaning zehnini, o’qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Maktabni 1912-yili muvoffaqiyat bilan tugatadi.
Ikki yil o’tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta’lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o’zlashtirishi uchun zamin hozirladi.
Abdulla 1912 yili Rasulmuhammadboy otliq savdo-garga prikazchilik bo’lib ishga kiradi.1914 yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan buyongi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo’ldoshi Rahbaroy u keyinchalik inom etgan ikki o’g’il, ikki qiz-Nafisa, Habibulla, Adiba, Ma’sudlar bilan kechdi.
Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o’sha davrga to’g’ri keladi. Hamisha halq orasida bo’lgan, uning ehtiyojlarini, og’riqli joylarini, kayfiyat-u istaklarini bilgan yozuvchi o’zining haqqoniy bitilgan asarlaridagi dilbar obrazlar orqali o’zini mansub bo’lgan xalqning turmushini yaxshilash, ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g’ururini intiladi.
Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar siyohi qurumay qo’lma-qo’l bo’lib ketadi. Felyetonlari bosilib turgan “Mushtum” hamisha talash bo’lardi. Romanlarini o’qish uchun navbat kutib turganlarning sanog’iga yetib bo’lmas “O’tgan kunlar” romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi.
Chunki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, ta’sirli va haqqoniy aks ettirardi. Uning asarlari yolg’iz haqqoniylikdan tashqari go’zal ifoda uslubi bilan ham ajralib yurardi. O’zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bunyod etishga hech bir yozuvchi Abdulla Qodiriy kabi muhim o’rin tutmagan.
Haq gapni hoyiqmay aytayotgan, millatiga o’zini tanitayotgan, uning g’ururini uyg’otayotgan yozuvchi o’lkamizni egallab olgan bosqinchlar va ularning yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois A.Qodiriyga ko’p bor chovut solishdi 1926 yildayoq “Sho’ro rahbarlarini matbuot orqali obro’sizlantirdi” degan uydurma ayb qo’yib adibni qamoqqa hukm qilishdi. Lekin aybining uydurmaligini, guvohlarning soxtaligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at eta olishmadi. Bu zamon so’zlari nazarida yozuvchini o’ziga xos “Ogohlantirish” edi.Adib bu ogohlatirishdan to’g’ri xolasa chiqarmadi ya’ni haqiqatga hiyonat qilmadi.
“O’tgan kunlar” , “Mehrobdan chayon” , “Obid ketmon” singari roman va qissalari bilan nafaqat O’zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviy ravnaqiga hissa qo’shgan adibni 1937-yilning 31 dekabrida ikkinchi bor olib keyishdi.
Bu davrda Stalin boshqarib turgan sotsialistik qatag`on mashinasi tinim bilmay ishlar va bu mashinaning yaxshi yurmog`I uchun yangidan –yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko’chasidan ham o’tmagan hukumatning o’ziga yarasha sudlari 1938-yilning 5 oktabrida XX asr o’zbek naslining eng yirik vakilligi asrimizdagi o’zbeklarning eng fidoyisini o’limga hukm qildi. Shu tariqa adabiyotimiz bo’stoning yana bir chinori sanat jallodlari tomonidan qulatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |