BAK —BARG
Bak — suv, umuman, suyuqlik solinadigan idish.
B a rg — o’simliklar yaprog’i.
BAL — BALL
Bal — katta bazm, raqs kechasi.
Ball — biror hodisa, yer qimirlash, shamol kabilarning, shuningdek, o’quvchilarning bilim darajasini va xulqini raqam bilan ko’rsatadigan baho.
BANDA —BANDI
Banda — din. qul, odam.
B a n d i — asirlikka tushgan, tutqun.
BANK —BANKA
Bank — Davlat banklari xalq uchun xizmat qiladi.
Banka — metall yoki shishadan yasalgan silindrik idish. Shisha banka. Tunuka banka.
BARDA — BARDI
Barda — pivo, aroq pishirganda chiqadigan quyqa, tupon.
Bardi — uzun bargining ikki cheti arrasimon bo’lib o’sadigan ko’p yillik yovvoyi o’simlik qiyoq o’t.
BETON —BIDON
Beton —sement, suv, shag’al qorishmasi va shu qorishmadan quyiladigan fundament, devor va shu kabilar.
Bidon — sut, suv va boshqa suyuqliklar saqlanadigan qopqoqli tunuka idish.
BOB - BOP
B o b — asarning bir qismi, bo’lagi, bo’limi.
B o p — mos, munosib.
BOD - BOT
Bod— med. revmatizm.
Bot — tez, tez-tez; ko’p vaqt- o’tmay. U bot-bot kasal bo’lib turadi.
BORLIK —BORLIQ
B o r l i k — bor bo’lish, mavjudlik
B o r l i q — olam, dunyo.
BURJ-BURCH
B u r j — esk. Yulduzlar turkumi, to’dasi. O’n ikki burj.
B u r ch — vazifa, iftixor. Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchidir.
BURISH-BURUSH
B u r i sh — burmoq fe’lidan, harakatni bildiradigan ish oti.
B u r u sh — yuzdagi ajin, tirish.
BUYUK — BUYU K
B u yu k — ulkan, katta.
B u yu q — esk.qattiq sovuq, izg’irin.
Do'stlaringiz bilan baham: |