251
3. Nomzodlarni tayyorlash. Kadrlar zaxirasi uchun munosib nomzodlarni
tanlab olishning o’zi kifoya qilmaydi. Ular kelajakda egallashi mo’ljallanayotgan
lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishlari uchun tegishli tayyorgarlikka ega
bo’lishlari kerak.
Ma’muriyat zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorgarlikdan o’tkazish uchun
quyidagi dasturlardan foydalanadi:
1. Umumiy dastur. U nomzodlarni nazariy tayyorgarlikdan o’tkazishga
mo’ljallangan bo’lib, asosan ishlab chiqarishni boshqarish nazariyasi va amaliyotdan
iborat bo’ladi. Nomzodlarning mazkur dasturni egallashlari imtihon olish orqali
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: