4.Guruhlardagi muhokama usuli
Ushbu о‘qitish uslubi о‘qituvchining juda oz «sо‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi о‘quvchilarning о‘zaro muhokamalariga bag‘ishlanadi. qachonki о‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bо‘lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.Yangilik kashf etish orqali о‘rganish usuli
Bu yondoshuv о‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning о‘z-о‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va kо‘nikmalar tо‘plashlariga sharoit yaratadi.
6. Amaliy mashg‘ulot
О‘qituvchi bir guruh о‘quvchilarning kо‘nikmalarini tо‘liq yoki qisman shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali о‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon о‘z ichiga sо‘zlash, tasviriy ifoda va о‘qituvchi tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham о‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bо‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan ham foydalanish mumkin:
7.Baxs-munozara usuli
О‘quv guruhini ikki guruhga bо‘lgan holda, biror mavzu bо‘yicha о‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida о‘tkaziladi.
8.Tadqiqot usuli
О‘zlashtirish darajasining eng yuqori chо‘qisi; о‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali о‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qо‘yish, uni о‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar tо‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik tо‘g‘riligini tо‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qо‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
9.Roli о‘yinlar
Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) о‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu о‘rinda, matnli material о‘rniga о‘quvchilar tomonidan rollar о‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bо‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; о‘yin davomida о‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; о‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va kо‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; о‘yin natijalarining tahlili; о‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash;
Do'stlaringiz bilan baham: |