Ish bosqichlari va mazmuni
|
Faoliyat
|
О‘qituvchi
|
О‘quvchi
|
1-bosqich. Tayyorlov.
|
Mavzuni aniqlaydi, maqsadni, natijalarni, baholash mezonini shakllantiradi.
|
|
II-bosqich.
Kirish.
|
Mavzuni maqsad, natija va baholash mezonini e’lon qiladi. Aqliy hujum usuli maqsadni amalga oshirish vositasi ekanligini tushuntiradi.
Berilgan muammoni bayon qilib, boshlash tо‘g‘risida buyruk beradi.
|
|
III.-bosqich
g‘oyalarni kiritish
|
G‘oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qog‘oz varag‘iga yoki doskaga yozib olishni tashkil qiladi.
|
Muammoni yechish bо‘yicha g‘oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.
|
IV-bosqich.
Tahlil.
|
Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g‘oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.
|
Bildirilgan g‘oyalarni, takliflarni guruh (jamoa) bо‘lib tahlil qiladilar. Eng qо‘lay va maqsadga muvofiqlarini aniqlaydilar.
|
V-bosqich.
Yakun yasash, tahlil va baholash.
|
О‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.
|
О‘z-о‘ziga baho berishlari mumkin.
|