O I V in f e k s iy a s in in g b o la la r d a k ech ish i
Bolalarda OIV infeksiyasining kechishi katta yoshli odamlar-
dagidan farq qiladi. Kasallikning klinik manzarasi OlVning or-
ganizmga ontogenezning qaysi bosqichida kirganligiga (homila
davridami yoki postnatalmi) kuchli bog'liq. Agar kasallik postnatal
yuqqan bo'lsa. kasallik manzarasi bolaning yoshiga bog'liq b o '
ladi.
OIV infeksiyasining tabiix patogenezi bolalarda kasallik qachon
vuqqanligiga qarab quvidagi variantlarda uchraydi:
1. Kasallikning yuqishi embrional davrda antenatal yuz bergan
(transplatsentar).
2. Kasallikning yuqishi perinatal (homiladorlikning 28-haftasi-
dan keyin) yuz bergan.
3. Kasallik postnatal yuqqan (tug'ruq paytida, ko'krak bilan
emizilganda yoki parenteral) (34-rasm).
150
www.ziyouz.com kutubxonasi
34-rasm .
4 voshli qizchada OIV infeksiyasi.
Agar kasallik postnatal (ya'ni bola tug'ilayotganda yoki tug'il-
gandan keyin). yoki kechki perinatal davrda yuqqan bo'lsa. OIV in
feksiyasining OITSga qarab kechishi xuddi kattalardagi kabi o'ta-
di. ammo kasallikning simptomatikasida va dinamikasida o'ziga
xos farqlari bo'ladi. Bolalarda o'rtacha inkubatsion davrning davo-
mix ligi qisqaroq bo'ladi va 3-5 yilni tashkil qiladi. Kasallikning
klinik alomatlari boshlangandan keyin ham bolalarning yashash
muddati kattalardagiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Bolalarda parotit.
gepatit. gemorragik sindrom. gematologik o'zgarishlar. DVS-sin-
dromi. nafas yo'llari infeksiyasi. sinusit. yiringli otit. SMV-infek-
siyasi. bo'g'im va suyaklarda yiringli kasalliklar. abssesslar, men
ingit kabi 1 ar ko'p uchraydi. Infeksiya perinatal yuqqanda bolalarda
OITSning klinik belgilari paydo bo'lishi muddati o'rtacha 2.5 yilni
151
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashkil qiladi. Agar kasallik belgilari hayotining 1-yilida namoyon
bo'lsa, bola 1 yoshdan ortiq umr k o ‘rmaydi. Agar bolada 1 voshlik
davrida pnevmosistali pnevmoniya rivojlansa. bola o'rtacha hisob-
da yana 4 oy umr ko'radi. xolos. Agar 1 yoshga to ’igungacha in-
terstitsial pnevmoniya aniqlansa, u 21 oy umr ko'radi, ammo agar
shu kasallik 1 yoshdan keyin aniqlansa. 53 oygacha umr ko'rishi
mumkin. Bolalarga kasallik 80 % hollarda vertikal y o i bilan(ya’ni
platsentar) yuqadi. Bunday yuqish yo'lining gorizontal yuqishdan
farq qiluvchi belgilari bor:
1. Vertikal yuqqanda mononukleazsimon sindrom (birlamchi in-
feksiya alomatlari) kuzatilmaydi.
2. Kaposhi sarkomasi kuzatilmaydi.
Agar kasallik homilador ayolga homiladorlikning oxirgi 1/3 qis-
mida yuqqan bo'lsa, kasallikning embrionga yuqish xavfi yuqori
bo'ladi. Agar ayol homiladorlikning dastlabki paytlaridanoq simp-
tomlarsiz virus tashuvchan (seropozitiv) bo'lsa, embrionga kasal
likning yuqish xavfi kamroq bo'ladi. Infeksiyaning vertikal yuqishi
10 % dan-40 % gacha hollarda kuzatiladi. Rivojlangan davlatlarda
o'rtacha 25 %. Afrika davlatlarida esa 50 % ga yaqin kuzatiladi.
Demak. bemor ayollardan tug'ilgan bolalarning 70 % ga yaqini
sog'lomdirlar, ammo ular nimjon bo'lib tug'iladilar, rivojlanishlari
juda sekin kechadi. 25 % hollarda homiladorlik bola tashlash bilan
yakunlanadi, chaqaloqlarning chala tu g ilish i 3 barobar ko'p uch
raydi.
Bolalarga kasallik parenteral y o i bilan yuqqanda ularning o 'rta
cha yoshi 3—4 yoshni tashkil qiladi. vertikal y o i bilan yuqqanda
esa o'rtacha 1 yoshni tashkil qiladi. Parenteral y o i bilan yuqtirgan
bolalarda o'lim o'rtacha 3.5-5 voshda kuzatilsa va uning uchrashi
8.6 0 о ni tashkil qilsa. vertikal yuqqanda 4 yoshgacha bo'lgan davr-
ga to 'g 'ri keladi va 1.4 % ni tashkil qiladi. Bolalarda o'lim ga olib
keluvchi omillar. asosan. sil kasalligi. stafilokokli sepsis va nafas
yo'llariningbakterialinfeksiyalaridir(M6a,ioBar. А. и д р . ,2 0 1 1 г.).
OIV infeksiyasi bilan og'rigan ayollardan tug'ilgan bolalar
orasida o'lim yuqoridir. OIV infeksiyasiga pozitiv bo'lgan bolalar-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning 25 % i. sog'lom tugilganlarining esa 12 % i 5 voshga yetmay
halok bo'ladilar. Infeksiva vertikal vo'l bilan yuqqan bolalarda bu
ko'rsatkichlar orasida rivojlangan mamlakatlar va Afrika davlatlari
orasida tafovut mavjud bo'lib. u quyidagicha ko'rinish oladi:
Bemor bola 1 voshga to ig un ch a bo'lgan davrda AQSHda
c)-25 % hollarda OITSga o'tishi kuzatilsa. Afrika davlatlarida u
30 % ni tashkil qiladi. 1 yoshgacha b o ig a n bemor bolalar orasi-
dagi o'lim AQSHda 10 %. Afrikada 34 %. 21-oyga kelib Afrika
davlatlarida bemor bolalarning 50 % halok bo'ladilar. 5 yoshgacha
AQSHda 26-30
%
bemor bolalar halok boisalar, Afrikada 75 % i
halok bo'ladilar. AQSHda 10 yoshgacha bemor bolalarning qolgan
40 % halok b o ia d i. Afrikada esa ularning umri 5 vildan ortmaydi.
Bemor ayollardan tug'ilgan bolalarda OIV infeksiyasi tashxisini
qo'yish mezonlari quy idagicha:
- agar bola 1 8 oyga to igu n ch a ikkita va undan ortiq testda OIV
antigeni aniqlansa yoki PTSR musbat natija bersa. yoki OIV kul-
turasi olinsa.
Bemor ayollardan tug'ilgan bolalarga OIV infeksiyasi yuqma-
ganligi mezonlari quyidagicha:
- 6 oydan 18 oygacha bo'lgan muddatda 2 ta va undan ortiq
IFAda OlV-antitanachasiga negativ natija bersa, yoki 18 oylikdan
keyin 1 ta IFA negativ natija bersa va yuqoridagilar bilan bir vaqt-
da OIV infeksiyasiga musbat natija bergan boshqa testlar b o im a s a
hamda OITS indikatorli kasalliklar kuzatilmasa.
Perinatal transmissiya 62 % dan 85 % gacha tug'ruq paytida
yoki erta neonatal davrda ro'yobga chiqadi. Shuning uchun bo-
lalarni tug'ilgandan keyin kasallik yuqtirib olmasligining oldini
olish uchun ularni bemor onalari tomonidan ko'krak sutini emizishi
ta'qiqlab qo'yiladi. Kasallik perinatal davrda yuqqanda OIV infek
siyasi juda tez rivojlanadi. tana harorati ko'tariladi. limfadenopa-
tiva. gepatosplenomegaliya. diareya, gemorragik sindrom, nafas
va asab tizimlari jarohati ko'p kuzatiladi. o'rta hisobda 4- yilgacha
bo'lgan muddatda bolalarda OITS rivojlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalardagi OIV infeksiyasining asosiy klinik belgilari quyi-
dagilardir:
1. Persistirlovchi generalizatsiyalangan limfadenopatiya.
2. Gepatosplenomegaliya.
3. Ensefalopatiya (aqliy va jismoniy rivojlanishning sekinlashu-
vi yoki to'xtab qolishi. dastlab oyoqlarda. keyin esa tanada va
q o ila rd a muskullarning zaiflashuvi).
4. Pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan pnevmoniya.
5. Kandidoz.
6. Diareya.
7. Bakterial infeksiyalar.
8. Gipergammaglobulinemiya.
9. Keskin ozib ketish.
10. Trombotsitopeniva.
1 1. Anemiya va b a’zan sariqlik.
Agar kasallik homiladorlikning erta davrida yuqqan (platsenta
orqali) bo'lsa. homila rivojlanishidagi o'zgarishlar oqibatida qu
yidagi belgilar paydo bo'lishi mumkin:
1. Mikrotsefaliya.
2. Yuzning displaziyasi.
3. Peshonaning do'ng bo'lib chiqib turishi.
4. Burunning kichkinaligi.
5. G'ilaylik.
6. Lablarning kattalashuv i (makroxeyliya).
7. K o 'z soqqasining havo rang bo'lishi.
Bolalarda OIV infeksiyasini diagnostika qiIishning qiyinligini
hisobga olib. JSST 1985- yili bolalarda OITS mavjudligini guinon
qiiish imkonini beradigan mezonlarni aniqlab chiqdi. Ular qu-
yidagilardir:
1. Katta belgilari:
- ozib ketish (tana vaznining pasayishi):
- 1 oydan ortiq davom etuvchi surunkali diareya:
- 1 oydan ortiq davom etuvchi haroratning ko'tarilishi;
154
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Kichik belgilari:
- generalizatsiyalangan limfadenopatiya;
- orofaringeal kandidoz;
- persistirlovchi vo'tal:
- generalizatsiyalangan dermatit;
- onasida tasdiqlangan OIV infeksiyasi.
OIV infeksiyasining 1 yoshgacha b o ig a n bolalarda kechishini
prognoz qilishda CD4 hujayralarining nisbiv (protsent) miqdori-
ning ahamiyati katta. Immun tanqisligi holatining rivojlanishi ka
sallikning progressiy asiga olib keladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar-
da CD4 hujayralarining miqdori 750, 500 va 200 huj. m m ’ bo'lsa.
bu og'ir immun tanqisligi holatini aks ettiradi. kasallik tezda rivoj
lanadi va pnevmosistali pnevmoniya rivojlanishiga sabab b o ii-
shi mumkin. (Me'yorda 1 yoshli bolalarda CD4 hujayralarining
miqdori 2000 m m 3; 2 yoshda - 750 m m ’; 3 yoshda esa 500 mm";
faqat 6 voshga to ig a n d a CD4 miqdori kattalar bilan bir xil b o i a
di.) Virusning sintitsiy hosil qilish qobiliyati yuqori bo'lsa hamda
uning makrofaglarni zararlashi ustuvor bo'lsa. bolalarda kasallik
juda noxush kechadi. Agar bemor bolalarda CD4 hujayralarining
nisbiy miqdori 10 % dan kam bo'lsa, 80-97 % o'lim kuzatiladi.
agar bu hujayralaming foiz miqdori 10-20 % bo'lsa. 44 % o'lim
bilan vakunlanadi, 25 % dan ko'p bo'lsa. o i i m yana ham kamaya-
di. Ammo CD4 hujayralar miqdori 25-30 % dan yuqori bo'lgan
taqdirda ham, 5 vil ichida o'lim bilan yakun topish holatlari juda
yuqori bo ia di.
Do'stlaringiz bilan baham: |