da 17 % gacha. Afrikada 20-30 %, AQSHda esa 6-9 % dan 30 %
gachani tashkil qiladi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi kapsula hosil
qiluvchi achitqisimon zamburug' hisoblanadi. Uning 4 xil turi ta-
fovut qilinadi:
Cryptococcus neoformans, Cryptococcus albidus
,
Cryptococcus laurentii, Cryptococcus curvatus.
Odamlarda kasal
likni. asosan. Cryptococcus neoformans chaqiradi.
Infeksiyaning
organizmga kirish joyi bo'lib o'pka hisoblanadi. nafas olganda
havo bilan birgalikda zamburug'ning tuproqda mavjud b o ig a n
sporalari o'pkaga tushadi. shuning uchun o ‘pka kriptokokkoz bilan
eng ko'p zararlanuvchi a'zo hisoblanadi.
O'pkaning kriptokokkozi yashirin kechadi yoki nospetsifik pnev
moniya ko'rinishida bo'ladi. shuning uchun klinitsistlar tomonidan
juda kam hollarda tashxisi aniqlanadi. Kriptokokkozning aniqlash
imkoyati yuqori bo'lgan klinik shakli.
bu meningit yoki ensefalit-
dir. Qiziqarli tomoni shundaki, markaziy asab tizimida kriptokok
koz rivojlangan paytda, o'pkadagi kasallik o'chog'i so'rilib ket-
gan b o ia d i. Kriptokokklar tomonidan chaqirilganda meningitning
asosiy alomatlari hisoblanadigan bosh o g ‘rig‘i. gipertermiya, miya
pardalarining ta'sirlanish (qitiqlanish) simptomlari faqat 50 % be-
morlardagina kuzatiladi.
Ko'pgina bemorlarda nospetsifik alomatlar:
darmonsizlik, tana
vaznining kamayishi. haroratning biroz ko'tarilishi kabilar kuza
tiladi. Agar bemorda bosh og'rishi kuzatilsa. asosan. peshona va
tepa sohalarida ogi'iqqa shilcoyat qiladilar. uning kuchi (intensivli-
gi) ham har xil bo'ladi. Ba'zan bosh og'rishi to iq in sim o n ravishda,
bir necha ov mobaynida kuchayib boradi. Agar bemorda sinusit.
gaymorit, xafaqon kasailigi kabilar bo'lsa. bosh og'rishiga sabab
qavsinisi ekanligini farqlab olish qiyin. bemor buni mutlaqo ajrata
olmaydi.
Gipertermiya, asosan, subfebril haroratdan to 39°C gacha
ko'tarilishi mumkin. Agar bemorda boshqa infeksion kasalliklar
ham kuzatilsa. haroratning ko'tarilishiga sabab qavsinisi ekanligini
farqlash mushkul. Kriptokokklar tomonidan chaqirilgan meningit
ning eng asosiy alomatlaridan biri meningeal simptomlarning man-
68
www.ziyouz.com kutubxonasi
fiyligidadir, juda kam hollardagina ular musbat natija beradi. Bir
vaqtning o'zida bemorlarda ruhiy buzilishlar. shaxsiy xususiyat-
larining o'zgarishi,
xotiraning pasavishi, tormozlanish holati, hat-
toki chuqur ensefalopatiya belgilari kuzatiladi. Kasallikning k o ’p
uchraydigan belgilaridan biri terida papulo-pustulez toshmalar pay
do bo'lishidir. kasallik kuchayganda toshmalar ham ko 'p a\ad i. ka
sallik regressga uchrasa toshmalar ham yo'qoiadi. 10-15 % bemor
larda terida - yuz va boshning sochli qismida yuqumchil moluskani
eslatuvchi toshmalar toshishi kuzatiladi. Bulardan tashqari tugun-
lar. pustulalar. yaralar. abssesslar. papuloskvamoz toshmalar pay-
do bo'lishi mumkin. Tashxis qo'yish
uchun orqa miya suyuqligini
kriptokokkiarga tekshiriladi (mikroskopik va kultural). qon zardo-
bida kriptokokkiarga qarshi antitanachalar borligi tekshiriladi. bosh
miyani kompyuterli tomografiya usulida tekshirish o'tkaziladi.
Disseminatsiyalangan kriptokokkozda bemorlarning ahvoli juda
og'ir. sillasi qurigan. ozg'in. gepatomegaliya, splenomegaliya ku
zatiladi, buyraklarning funksiyasi buziladi, mikroskopik va kultu
ral tekshirilganda qondan kriptokokklar topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: