A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V


g ip e r - l im fo ts ito z s in d r o m i



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/163
Sana19.02.2022
Hajmi8,65 Mb.
#459518
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

g ip e r -
l im fo ts ito z s in d r o m i 
qayd qilingan. Bunda periferik qonda CDS
106
www.ziyouz.com kutubxonasi


limfotsitlar miqdori ortib ketishi kuzatiladi, har xil a '/o la r va 
to'qimalarda diffuz limfotsitar infiltratsiya va PGL kuzatiladi. Ush­
bu sindromda ko'pincha interstitsial pnevmoniya. s o ia k bezlari- 
ning zararlanishi. psevdotumoroz splenomegaliya. periferik neyro- 
pativa kuzatiladi. O limlarbu sindromni OIV infeksiyasiga nisbatan 
immun tizimining individual (har bir bemor odamning o'ziga xos) 
reaksiyasi deb qaraydilar.
OIV infeksivasining progressivlashib borishiga ta'sir qiluv­
chi omillardan biri qon hosil qiluvchi tizimdagi o'zgarishlardir. 
Bu o'zgarishlar spektri juda xilma-xil va gemopoezning barcha 
zvenolariga taalluqlidir.
OIV infeksiyasi uchun eng xarakterli alomat qonda CD4 lim- 
fotsitlarining miqdorining pasayishi va immun tanqisligi holatidir. 
[TV bu hujayradan tashqari vana dendrit hujayralarini, monot- 
sitlarni, makrofaglami ham bevosita zararlaydi, ammo monotsitlar 
miqdori kasallikning kechki bosqichida (OITS) ham amaliy jihat- 
dan kamaymaydi, faqatgina ulaming funksional faolligi o'zgaradi. 
Qondagi eozinofillar bilan OIV eozinofillarning plazmatik mem- 
branasida joylashgan gp 120 orqali aloqaga kirishadi va uni ham 
bevosita zararlaydi. Ayniqsa. bu holat bolalarda OIV infeksiyasi pa- 
togenezida katta ahamiyatga ega. Qondagi B-limfotsitlar OIV bilan 
Epshteyn-Barr viruslari birgalikda ta'sir qilishi oqibatida bevosita 
zararlanadi. Megakariotsitlarning 25 % qismida CD4 retseptorlar 
ekspressiya qilingandir. shuning uchun ushbu hujayralar ham OIV 
bilan bevosita zararlanadi. Sanab o'tilgan hujayralarning zararla­
nishi oqibatida qonda qator o'zgarishlar kelib chiqadi. Kasallikning 
erta bosqichlarida neytropeniya. anemiya, trombotsitopeniya ku- 
zatilishi mumkin. Kechki bosqichlarida esa kuchli neytropeniya. 
anemiya. retikulotsitopeniya, trombotsitopeniya, monotsitopeniya 
kuzatiladi. Neytropeniyaning rivojlanishi. asosan. opportunistik in- 
feksiyalar qo'shilgan davrga to 'g'ri keladi. antiretrovirusli terapiya 
hamda opportunistik infeksiyalarga qarshi olib borilgan davolash 
vositalariningta’siri natijasida neytropeniya yanadazo'rayadi. Ane-
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


miyaning kelib chiqishida retikulotsitopeniya. IL-1 ning supressiv 
ta ’siri, vitamin-12 va foliy kislotasi defitsiti asosiy rol o'ynaydi. 
OIV infeksiyasidagi gematologik o'zgarishlarning eng asosiylari- 
dan biri bu trombotsitopeniyadir. Trombotsitopeniya rivojlanishiga 
megakariotsitlarning bevosita zararlanishidan tashqari autoimmun 
agressiya ham ta'sir ko'rsatadi. Asosiy hujayra-nishon hisoblana- 
digan T-limfotsitlar miqdori (T-xelperlar) qonda kasallikning erta 
bosqichiday'oq kamaya boradi va terminal bosqichda kritik holatga 
tushib qoladi. OIV infeksiyasiga chalingan k o ’pgina bemorlarda 
suyak iligining (kemikning) qon hosil qiiish funksiyasida o ’zga- 
rishlar buzilishlar aniqlanadi. Bu sindromlardan eng umumiysi 
mielodisplaziya hisoblanadi (4-jadval).
4-jadval

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish