turib, ya'ni immun tanqisligining erta davridayoq kuzatiladi. kan-
didozdan 1 yil avval yuzaga kelishi mumkin. Boshqa opportunistik
infeksiyalar va o'sm alar GZ paydo bo'lgandan keyin bir necha oy-
lar va hatto yillar o'tgach namoyon bo'ladi.
Aniqlangan m aiu m o tlarga ko'ra, GZ bilan og'riganlarning
22 % idan 73 % igacha OIV infeksiyasiga chalinganlar bo'lib
chiqqan. shuning uchun bu kasallikning OIV infeksiyasini. ayniq
sa. yoshlarda aniqlashda ahamiyati katta (22-rasm).
22-rasm.
O'rab oluvchi temiratki.
CDC klassifikatsiyasi bo'yicha olib
qaralganda kasallikning
A bosqichida GZ 5.2 % bemorlarda uchraydi. В bosqichida esa
2 0 .9 % . С bosqichida 16.6 % bemorlarda uchraydi. OIV infeksi
yasiga chalinganlarda GZ tashxisi aniqlangandan o'rtacha hisobda
4- yil o'tgach, kasallikning terminal bosqichi - s o f OITS rivojlana-
78
www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Olimlar tomonidan kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlandiki.
OIV infeksiyasida GZ kasalligi uchun quvidagi belgilar o'ziga xos
hisoblanadi:
1. Bemorlarda kasallik o'chog'ida og'riqning (nevralgik simp-
tomning) juda kuchli bo'lishi.
2. O g'ir shaklda kechishi.
3. Bosh va bo'yin sohalarining ko'proq zararlanishi.
4. GZ kuzatilganda OITS bosqichiga o'tib ketishning tezlashuvi
(ya’ni kasallikning progressivlashuvi).
OIV infeksiyasi tashxisi aniqlangandan keyin 2 oydan 5
yilga-
cha bo'lgan davrda GZ ko'proq aniqlanadi. GZ kasalligining bosh-
lanishi infeksion toksikoz alomatlaridan iborat: haroratning biroz
ko'tarilishi. yoki qisqa muddatli subfebrilitet, kamdan kam hollar
da tana harorati 38-3 8 .5°C gacha ko'tariladi. umumiy ahvolning
buzilishi - noxushlik. bosh og’rishi, kelgusida toshmalar paydo
bo'ladigan sohada og'riqlar kuzatiladi. Kasallik o 'chog'i ko'pincha
ko'krak
segmentlarida joylashadi, undan keyingi o'rinda bo'yin va
bosh sohalari. ayniqsa, k o'z sohasi. bel sohasi turadi. Kasallikning
klinik manzarasi suvchechak va o'rab oluvchi temiratki birga
kelgandek tus oladi. Terida toshmalar paydo bo'lgach. tez fursat
ichida ko'payadi, teridagi jarayon ko'pincha chuqur joylashgan,
yaralar hosil bo'lishi bilan kechadi. ko‘pincha ikkilamchi bakterial
infeksiyalar qo'shiladi. Bemor o 'z vaqtida
adekvat davolanadigan
bo'lsa. yaralar o'rnida chandiqlar hosil bo'ladi. Kasallik retsidiv
berganda toshmalar agar eski kasallik o 'm id a paydo bo'lsa, yana
yaralar yoki eroziyalar hosil b o ‘ladi. shu sohada bir necha marota-
ba qaytalanadigan bo'lsa. 1-2 yillab kechishi tufayli, endi u yerda
vezikulalar hosil bo'lmaydi. so'galni eslatuvchi tugunchalar hosil
bo'ladi. o ’sha
soha quruqshagan, kepaklanish kuzatiladi, papulalar
rnuguz plastinkalari bilan qoplanadi. so'galsimon o ‘simtalar rivoj-
lanadi va tashqi ko'rinishi so'galni eslatib yuboradi. Agar kasallik
har safar retsidiv berganda boshqa sohani zararlasa, u yerda GZga
xos bo'lgan vezikulalar. eroziyalar. yaralar kuzatiladi. Ko'pincha
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
toshmalar disseminatsiyalangan (butun tana bo'ylab tarqalgan)
holda
uchraydi, surunkali disseminatsiyalangan holda kechsa. yan
gi elementlar doim yangi-yangi sohalarda paydo boiad i. К a ft va
tovonlarda paydo bo'lsa. doimo pufaklar hosil b o ia d i. vurida so
halarda esa pufakcha (vezikula) va pufaklar bo'lishi mumkin. Bu
vezikulalar va pufaklar o'zlaridan keyin yaralarni hosil qiladi va
hosil b o ig a n yaralar ektima elementlariga o'xshab ketadi. hosil
b o ig a n chuqur yaralar qaloqlar bilan qoplangan. ularnig bitishi
uzoq cho'ziladi. Ba'zan kasallik o ‘chog*ida gipo- va giperpigmen-
tatsiya rivojlanadi. Kasallik o'chog'idagi og'riq
bemorlarda kuchli
b o ia d i, ayrim hollarda surunkali xarakterda bo'lib qoladi (surun
kali zoster assotsiatsiyalangan og'riq), ammo 8-9 hafta o'tgach.
og'riq keskin kamayadi, yoki butunlay bezovta qilmay q o ’yadi.
6 oydan keyin bemorlar umuman og'riqqa shikovat qilmaydilar.
Kasallik o'chog'i ko'z sohasini qamrab olganda. keratit. xorio-
retinit va uveit kabi asoratlar juda ko'p uchraydi. Ba'zan esa ko'z
to'rsim on qavatining o'tkir nekrozi kuzatiladi. K o 'z to 'r pardasi
ning o'tkir nekrozi qovoqlar va konyunk tiva zararlanmagan holda
ham kuzatilishi mumkin. OIV infeksiyasining terminal bosqichida
(OITSda) bemorlar zoster ensefalitdan halok bo'lishlari mumkin.
Adabiyotlarda terida GZga xos toshmalar paydo b o im asd an yarim
o'tkir meningoensefalit rivojlanganligi haqida m a iu m o tlar bor.
Bundan tashqari, terminal bosqichda yana diffuz ventrikulit va ful
minant yuqoriga ko'tariluvchi mieloradikulopatiya rivojlanishi be
morning halok bo'lishi bilan yakunlanishi mumkin.
Bosh miyaning
GZ virusi bilan bevosita zararlanishi oqibatida leykoensefalitlar.
yalligianishsiz vaskulopatiyalar va meningo-mieloradikulit kelib
chiqadi. Demak. OIV infeksiyasiga chalinganlarda GZ qaytalanib
kechadi. uzoq vaqt davom etadi. teridagi toshmalar chuqur bo iib .
yaralar hosil qiladi. o'zidan keyin chandiq qoldiradi, ko'pincha dis-
seminatsiya beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: