5.6. 0 ‘zbck tilidagi manbalar xususiyatlari
X—XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar nisbatan kam
saqlanib qolgan. Mavjudlari esa hali munosib tarzda manbashunoslik
nuqtayi nazaridan o ‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani yo ‘q. Y a’ni, u
m anbalar tarix ilmida o ‘z o'rnini egallagani y o ‘q.
X—XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar to ‘g ‘risida shuni
qayd etish zarurki, ularda ham arab va fors tillaridagi manbalarga xos
um um iy xususiyatlar o'xshash desak boMadi. Yozuv xususida turkiy va
fors tili harflari aynan bir xil, ya’ni 32 harfdan iborat.
Turkiston kitobi tarixining tadqiqotchisi E.O.Oxunjonov o ‘z ilmiy
izlanishlarida yozm a manbadarni kitobat tarixi nuqtayi nazaridan ochib
bergan.
48
XV
asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar qoMyozmalari,
kitoblari birinchi navbatda yozuv, xat turi xususiyatlari, kitobat fani, san’ati
jihatidan alohida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan ajralib turadi.
Aksariyat m anbalar Temuriylar davrida M ir Ali Tabriziy tom onidan ixtiro
qilingan eng g o ‘zal nasta’liq xatida bitilgan.
T e m u riy la r va S h ayboniylar davrida h a m d a keyinroq yaratilgan
q o ‘iyozmalar asosan podshoh va a ’yonlar u c h u n m o ‘ljallangan. M an a
shuning uchun h am ular kitobat s a n ’atining shoh asarlari darajasida
yaratilgan.
X V III—XIX asrlardagi yozm a m anbalar q o ‘lyozmalarini ikki guruhga
ajratish m um kin. Bir guruhi — shohona q o ‘lyozmalar. Ikkinchi guruhi
esa keng jamoatchilik va o ‘rta hoi ziyolilar uchun yaratilgan q o ‘lyozmalar.
Bularning har biri materal va saviya bilan ajralib turadi. Ikkinchi guruh
q o ‘lyozma kitoblarida m atn m azm u n ig a h a m e ’tibor berilgan, lekin
q o ‘lyozma uchun ishlatilgan materiallar, ziynat va bezaklar o ‘rtamiyona,
baholi-qudrat, a m m o yetarli s a n ’at asari va ilm-fan uch u n bem alol
foydalansa bo'ladigan m anba saviyasida yaratilgan.
XIX asrda ko'proq q o ‘lyozmalarni yozishda ilm ahli orasida xatti
m ulloyi, t a la b a la r xati va yangi ixtiro qilin g a n shikasta xati keng
tarq a ld ik im , shiddatli taraqqiyot, a yniqsa to s h b o sm a va m ixbosm a
kitoblarning k o ‘payishi, a n ’anaviy m o ‘tab ar q o ‘lyozmalar yaratilishining
kamayishiga olib keldi. Bu davr q o ‘lyozm alar xususiyatlari kitobat s a n ’ati
nuqtayi nazaridan olima E.M .Ismoilova to m o n id a n aniqlangan va uning
asarlarida bayon etilgan.
Q o ‘qon xonligi tarixi manbalari xususiyatlari olimlardan R.N.Nabiyev,
H . N . B o b o b e k o v , S h .V o h i d o v , T . B i y s e m b i y e v va b o s h q a l a r n i n g
tadqiqotlarida tahlil etilgan.
XIX asr X o ra z m tarixiy asarlari qoM yozm alari Q . M u n ir o v va
N.K om ilov tadqiqotlarida o ‘rganilgan.
Yurtimizda yaratilgan aksariyat q o ‘lyozmalar, xususan O'zbekiston
F anlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti fondidagilar m ashhur xattot A bduqodir M urodov tom onida n
tadqiq etilgan. A m m o, shu paytgacha tu rk iy -o ‘zbek kitobi tarixiy m anba
sifatida alohida o ‘rganilmadi.
Xulosa sifatida shuni aytish m u m k in k i, hali turkiy tildagi j a h o n
q o ‘lyozma fondlarida mavjud yozma m anbalar t o ‘la aniqlangani va ilmiy
m uom alaga kiritilgani y o ‘q. Mavjud va aniqlangan yozm a m anbalar
yurtimizning k o ‘p asrlik uzoq tarixi, uning boy yozma madaniyatidan
guvohlik berib, kelajagi porloq ekanligiga t o l a ishonch uyg'otadi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |