A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/245
Sana08.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#757234
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   245
Bog'liq
A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a

6.2 .7. «Abdullanoma»
“A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi shohiy” asarining ijodkori XVI 
asrda yashab o 'tg an buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish 
Buxoriydir. U 1549-yili Buxoroyi sharifda nufuzli m ansabdor xonadonida 
dunyoga kelgan. Otasi M ir M uham m ad al-B uxoriy Buxoroning ko'zga 
k o 'rin g a n b o y o n larid an b o 'lib , shayboniy U b a y du llaxo nn in g yaqin 
kishilaridan bo'lgan, 1550-yilning boshlarida Koshg'arga ketib qolgan va 
oradan ikki yil chamasi vaqt o 'tg ach , o 'sh a yurtda vafot etgan.
Hofiz T anish Buxoriy o ‘z davrining c h u q u r va keng m a ’lum otli 
kishilaridan bo'lib, 1584-yili Abdullaxon soniyning (15 8 3 -1 598-yy.) yaqin 
odam i Q ulbobo ko'kaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga 
qabul q ilin g a n va u n in g shaxsiy v o qeanavisi, tarix ch isi vazifasiga 
tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy um rining oxirigacha shu lavozimda 
ishlagan. M aleho Sam arqandiyning m a’lum otiga k o'ra, Hofiz Tanish 
1589-yili xotini tarafidan zaharlab o'ldirilgan.
Hofiz Tanish o'zining “A bdullanom a” yoki “ Sharafnom ayi shohiy" 
asari bilan nom chiqaigan. Kitobda O'zbekiston, Q ozog'iston, shuningdek, 
qisman, Afg'oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon 
qilinadi. U ndan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, 
K oshg'ar va Rossiya o'rtasidagi m unosabatlar haqida ham qim matli 
m a’lum otlar bor. Asar XVI asrning 80-yillari oxirida yozib tam om langan. 
Hofiz Tanishning zam ondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning 
guvohlik berishiga qaraganda, asam ing oxirgi qism ini, xonning topshirig'i 
bilan, qozi Poyanda Zom iniy (1602-yili vafot etgan) yozgan. Lekin, bu 
fikmi boshqa m anbalar tasdiqlam aydi.
“ Sharafnom ayi shohiy” m uallifining rejasiga ko'ra asar 
m u q ad d im a, 
ikki qism yoki m aqola va xotim adan iborat qilib yozilishi 
m o'ljallangan.
216


M asalan, m uqaddim a, odatdagidek A llohning m adhu sanosi, hom iy, oliy 
hukm dor Abdullaxonning sha’niga aytiladigan ta ’rifu tavsif, asaming yozilishi 
tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, qadim da M arkaziy Osiyoda istiqomat 
qilgan turk-m o‘g ‘ul qavmlari, Chingizxon va uning avlodi haqida m a’lum ot, 
birinchi maqolada M ovarounnahrda 1533—1583-yillar orasida sodir bo'lgan 
voqealar, ikkinchi maqolada esa O 'zbekiston, Q ozog'iston va qo'shni xorijiy 
m am lakatlarda 1583-yildan keyin yuz berishi m um kin bo'lgan voqealar, 
xotim ada esa A bdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zam ondosh 
bo'lgan shayxlar, o lim lar, shoirlar, vazirlar va am irlar, shuningdek, 
A b d u llax o n z a m o n id a q u rilg a n b in o la r h a q id a m a ’lu m o t b e rish i 
m o'ljallangan. Lekin, asar yozilishi jarayonida reja o'zgargan - birinchi 
va ikkinchi m aqolalar qo'shib yozilgan, xotim a esa m uallifning bevaqt 
vafoti sababli yozilm ay qolgan.
M uallif asar m uqaddim asini yozishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” , 
shayxulislom Safiuddin A bubakr A bdullo Balxiyning “ Fazoili Balx” , 
lsta x riy n in g “ K ito b m aso lik u l- m a m o lik ” , J u v a y n iy n in g “ T arix i 
jahonkushoy” , Rashiduddinning “Jo m e ’ ut-tavorix” , M irxondning “ Ravzat 
us-safo” , S harafuddin Ali Y azdiyning “ Z a fa rn o m a ” va M uham m ad 
H aydarning “Tarixi R ashidiy” asarlarid a keltirilgan m a ’lu m otlard an 
foydalangan. XVI asm ing 30—60-yillari orasida yuz betgan voqealar saroyda 
m untazam yuritib turiladigan kundalik daflar, sodir bo'lgan m uhim siyosiy 
voqealaming shohidi bo'lgan keksa kishilaming og'zaki axborotlari asosida, 
70—80-yillar voqealari esa muallifning bo'lib o 'tg an voqealarda shaxsan 
o'zi qatnashib to'plagan daliliy m a’lum otlar asosida yozilgan.
“Sharafnomayi shohiy” asari qofiyali nasr, ya'ni saj - murakkab badiiy 
uslubda yozilgan. U nda sh e’riy p arch alar Firdavsiy, Rudakiy, S a’diy, 
Kamoliddin Binoiy, M ushfiqiy va m uallifning o 'z sh e’rlari, “Q u r’oni 
karim ” oyatlari, “ Hadisi sh a rif’lardan p archalar ham ko'p.
Kitobda siyosiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi 
m a’lum otlar, m asalan, y er egaligining iqto, su y u rg 'o l, ta n h o h kabi 
shakllari, turli-tu m an soliq va jarim alar, m asalan, xiroj, ixrojot, tag 'o r, 
ulufa, q o 'n a lg 'a , m adadi lashkar, boj, to m g 'a , begar; o'Ija va uning 
lamiyatdagi o 'm i, asim i qulga aylantirish hollari; O 'zbekistonning yirik 
shah arlari va h u n a rm a n d c h ilik n in g u m u m iy ah v o li; S h a y b o n iy la r 
davlatining m a'm uriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, H indiston 
va Koshg'ar o'rtasidagi m unosabatlar haqida qim m atli dalil va m a’lum otlar 
mavjud. Bundan tashqari, asar etnografik, m asalan, o 'zbek xalqi tarkibiga 
kiigan urug‘ va qavm lar nom lari ham da topografik m a’lum otlar, masalan, 
B uxoro, S a m a rq a n d , T o s h k e n t, T e r m iz , K o 'lo b , Balx kabi yirik
217


shaharlardagi diqqatga sazovor binolar, osori atiqalar, shuningdek, mazkur 
shaharlarning geografik holati va topografiyasi haqidagi axborotlarga 
nihoyatda boydir.
Ushbu asam ing qo'lyozm a nusxalari ko‘p, asl m atnining uchdan ikki 
qismini Sankt-Peterbuiglik olim a M .Salohutdinova m scha taijimasi bilan 
chop etgan. Kitob 1942— 1952-yillari Sodiq M irzayev va oxirgi qismi 
Y u.H akim jonov tom onidan 60-yillarda o 'zb ek tiliga taijim a qilinib, I -
2-jildlari, zam rtuzatishlar, tadqiqot va izohlar bilan 1966 va 1969-yillarda 
B.Ahmedov tom onidan chop qilingan. 3 -4 -jild la ri bosilm ay qolgan edi. 
1995-1997-yillarda ikki kitob holida B.Ahmedov tom onidan nashr etildi.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish