A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .5 . Amaliy manbashunoslik (y o ‘nalishi)



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/245
Sana08.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#757234
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   245
Bog'liq
A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a

2 .5 . Amaliy manbashunoslik (y o ‘nalishi)
Amaliy manbashunoslik yo'nalishi bevosita yozma manbalarni nazariy 
manbashunoslik tavsiyasiga binoan o'rganish, izlab topish, tavsif etish va
14


o‘zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma’lumotlarni ilmiy muomalaga 
olib kirishni nazarda tutadi.
Amaliy manbashunoslikda tadqiqotchi o ‘zi uchun biror mavzuga oid 
manbalami tanlab olgandan keyin ulaming har birini tashqi yoki moddiy- 
texnik belgilari va ichki mazmuniga ko‘ra gum hlaqja ajratib ilmiy tahlil 
etishi lozim.
2 .5 .1 . M anbalam i m oddiy-tcxnik m a’lumotlariga qarab tahlil
etish
Manbalami moddiy-texnik m a’lumotlari deganda qo'lyozm a kitob 
yohud hujjat bitilgan qog'ozning o ‘lcham i, qog'ozi, varaqlar soni, 
muqovasi, matn o'lchami, xati, siyohi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat 
tarixi, joyi kabi ma’lumotlar nazarda tutiladi. Bu m a’lumotlar asar yozilish 
sabablari, uning yozilgan joyi va o 'sha vaqtdagi texnik taraqqiyot va 
ijtim oiy-siyosiy m uhitni o 'rg an ish d a m uhim aham iyatga ega. Bu 
m a’lumotlami aniqlamay turib, asarda bayon etilgan voqealar haqida, 
umuman qo'lyozma asar haqida to 'g 'ri va to'la tasawurga ega bo'lish, 
uning xususida fikr bildirish mumkin emas.
Qo'lyozma kitoblaming muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini 
aniqlash qiyin. C hunki qadim gi q o 'ly ozm alarda bugungi kundagi 
kitoblardagi kabi muqovaning o'zidayoq asar nomi, muallif nomi, kitob 
boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy m a’lumotlar keltirilmagan. Ba’zi 
hollarda asar oxiri — kolofon-xotimada uning ko'chirilgan vaqti va joyi 
hamda kotibning nomi qayd etiladi, xolos.
Ma’lumotlar keltirilmagan taqdirda, asaming matni, yozilish va kitobati 
tarixi, qog'ozi, xati hamda tili va til uslubiga qarab taxminan aniqlanadi. 
Bunday m a’lumotlami aniqlash tadqiqotchidan katta hayotiy tajriba va 
yuksak malakani talab qiladi. Bu ancha qiyin va mas’uliyatli ishdir. Bunday 
masalalami mashhur kitob bilimdonlari Ibodulla Odilov, Abduqodir 
Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir 
necha yozma manbalami solishtirish, qiyoslash asosida hal qilishlari 
mumkin.
Asar muallifi va uning shaxsini aniqlash qo'lyozma kitobni ilmiy tahlil 
etishda katta ahamiyatga ega. Bu asam ing yaratilish tarixi va uning 
yozilishiga sabab bo'lgan ijtimoiy-siyosiy muhitni aniqlab olish uchun 
ham zarurdir.
Odatda, qadimgi qo'lyozma asarlarda ko'p hollarda muallifning ismi 
ma’lum va ko'zga tashlanadigan joyda, masalan, asaming boshi yoki oxirida 
qayd etilmaydi. Ba’zan, u muqaddima qismida yoki asar o'rtasida, voqealar
15


bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko‘p hollarda esa muallif 
o ‘zining haqiqiy ismini aytmay, “faqir-u haqir”, “ojiz va xoksor”, “bu g'arib 
banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday hollarda asar varaqma- 
varaq, satrma-satr, alohida e ’tibor va sinchkoviik bilan o'rganilishi lozim. 
Shunday ham bo'ladiki, asaming biron yerida muallif o‘zi, otasi yoki yaqinlari 
haqida bir-ikki kalima aytib o'tadi. Yoki bayon etilayotgan voqeaga o'zining 
munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o ‘tirgan vaqtda kamina Hofizi 
Tanish ibn Mir Muhammad 33 yoshda edim”) bildiradi.
Asar muallifining shaxsi, ya’ni uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi, 
uning dunyoqarashini aniqlash uchun asam ing um um iy g'oyaviy 
yo‘nalishini to ‘g‘ri belgilab olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish