asarlar kabi turlarga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladilar.
Manbalarni
avtograf, ya’ni muallifning o 'z qo'li bilan yozilganligiga yoki ko'chirilgan
nusxa ekanligiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi.
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning
faqat bittasiga, ya’ni ulaming turiariga qarab tadqiq etishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot yo'llari yozma
manbani chuqur va atroflicha o'rganish hamda tahlil qilish vazifalariga
to'la javob bera olmaydi.
Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli yo'q yoki juda kam.
Til bo'yicha manbalarni o'rganish yomon emas,
lekin biror mavzuga
oid manbalarni o'rganganda, faqat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar
bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi.
Mana shulami inobatga olganda, tarixiy manbalarni turiariga va qaysi
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Awalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o'quv yurtlarida o'qitilgan “SSJI
tarixi manbashunosligi” va “O 'rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari
mana shu qoidaga asoslangan.
B.A. Ahmedov 0 ‘zbekiston tarixi (o'rta asrlar) manbalarini (yozma
manbalarni) quyidagi uch turga bo'lib o'rganishni tavsiya qilgan: 1)
ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar,
2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar.
Ushbu turkumda qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya’ni
qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o'rganish uchun
asosiy manba bo'lib xizmat qiluvchi manbalar, asosan arxeologiya fani
tomonidan o'rganiladi va biz uchun qo'shim cha yoki yordamchi dalil
sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin.
Bizning
fikrimizcha, O'zbekiston tarixi yozma manbalarini, asosan
ikki turga bo'lib o'rganish m a’qul ko'rinadi.
1) Rasm iy h u jja tla r — y o rliq la r, fa rm o n la r, in o y a tn o m a la r,
vaqfnomalar, hisob-kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar.
maktublar va boshqalar. Um um an, tarixiy hujjatlaming o'ttizdan
ortiq
turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari,
ya’ni feodal yeregaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga
o'xshash masalalar bo'yicha daliliy m a’lumotga boyligi bilan tarixiy
manbalaming boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular, asosan hujjatshunoslar
tomonidan maxsus o'rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda
ilmiy qiymati juda katta.
2) Narrativ yozma manbalar. Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga
12
nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to ‘la yoritiladi.
Shuning bilan
bir qatorda ular daliliy m a’lumotlarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi.
Yozma manbalami faqat zikr etilganlari bilan cheklab bo'lmaydi.
Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar to ‘g‘risidagi
ma’lumotlar bayoni mavjud bo‘lib, faqat ulaming o'ziga xos bayon uslubi,
badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni
yozishi kerak bo'lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to 'q im a, b o ‘rttirish,
mubolag’aga yo‘l qo'yishi, ya’ni o ‘z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga
ega. M asalan, A lisher Navoiy badiiy asarlarida sh o ir davriga va
zamondoshlariga oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud. Xususan, uning
asarlaridagi shoir biografiyasiga oid m a’lumotlar asosida Izzat Sulton
“ Navoiyning qalb daftari”
nomli kitob yozib, unda Alisher Navoiy
biografiyasini tiklashga harakat qilgan.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy
m a’lumotlar, xususan Mirzo Ulug'bek shaxsi va uning ilmiy merosi
to'g'risida juda qimmatli fikrlar mavjud.
Yozma manbalardagi o'ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan
voqea, hodisalaiga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo'shlash yoki
buzib talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot
olib borilganda, ularga tanqidiy yondashish talab etiladi. Bu esa
manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va tamoyillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: