A ashirov, sh. Atadjanov


Evolutsionizmning asosiy g‘oyalari



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

Evolutsionizmning asosiy g‘oyalari
♦ Klassik evolutsionistik nazariya tarafdorlari, aw alo, inso­
niyat madaniyati taraqqiyoti bilan bog‘liq universal manbalar va 
universal qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar.
♦ Evolutsionizm tarafdorlari zamonaviy jamiyatda yashash- 
lariga qaramay, o‘z yozuvlariga ega boimagan xalqlarni qadimiyat 
qoldig‘i sifatida talqin qilganlar. Ularning madaniyatlarini o‘rga- 
nish «ibtidoiy jamoa» madaniyatini yaxlit tarzda rekonstruksiya 
qilish imkonini beradi deb hisoblaydilar.
♦ Tabiatda umumiy insonlar jamoasi mavjud. Shu bois barcha 
odamlar taxminan bir xil aqliy qobiliyatga egalar. Ko‘pincha kishilar 
o‘xshash vaziyatlarda taxminan bir-biriga yaqin qarorlar qabul 
qiladilar. Bu vaziyat dunyoning barcha qismlarida insoniyat 
madaniyatining rivojlanishi umumiyligi va bir xil ekanligini 
tasdiqlaydi. Bu o‘rinda turli madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalaming 
mavjudligi yoki mavjud emasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
♦ Kishilik jamiyatida uzluksiz taraqqiyotning o‘rni bor, ya’ni 
soddalikdan murakkablikka o ‘tish kabi madaniyat ham xuddi 
jamiyatdagi singari asta-sekin o‘zgarishlar, miqdoriy o ‘sish yoki 
kamayish yoiida quyidan yuqoriga qarab doimo uzluksiz rivojlanib 
boradi.
♦ Madaniyatning har qanday ko‘rinishi ilk davridan m a’- 
lumdir: uning keyingi shakllari qayta paydo boiadi va oldingi 
ko'rinishlar asosida shakllanadi. Bunda madaniyat rivojlanishi


ko‘p pog‘onal.i va dunyodagi barcha xalqlar uchun yagona 
hisoblangan bosqichlar asosida bo‘ladi. Insoniyat madaniyatining 
har tomonlama umumiy qonunlari bilan birga turli xalqlar va 
ular madaniyatlarining bir xil rivojlanish bosqichi bir xil natijaga 
olib keladi.
♦ 
Xalqlarning madaniy farqi ularning rivojlanish darajasi 
bilan bevosita bog'liqdir.
Evolutsionizmning yuqoridagi asosiy tamoyillarini etnolog- 
sh a rh lo v c h ila r m uhim g ‘oyaviy va am aliy x u losalarga 
aylantirganlar: agar hamma xalqlar bir xil taraqqiyot yo‘lidan 
borsa, uning yuqori nuqtasida Yevropa madaniyati hamda 
sivilizatsiyasi turgan. Shu bois sayyoramizdagi barcha xalqlar va 
elatlar oxir-oqibatda yevropa madaniyati bilan umumlashishi lozim. 
Qolaversa, yevropaliklar kolonial imperiyalarini Ьафо etishlari 
orqali mustamlaka xalqlarni madaniy taraqqiyotga erishishlariga 
ko‘maklashadilar, degan g‘ayriilmiy xulosaning ham shakl- 
lanishgiga sabab bo‘lgan.
XIX 
asr intihosiga kelib etnologiya yo‘nalishida to ‘plangan 
ilmiy materiallar evolutsionizmning haqiqiy hayotga har jihatdan 
to‘g‘ri kelmasligi va kamchiliklarini ko'rsata boshlagan. Jumladan, 
ev o lu tsio n iz m ta r a fd o r la ri m a d a n iy a td a g i m iq d o riy
o‘zgarishlardangina kelib chiqib madaniyat va uning tarkibiy 
qismlarining qayta tug‘ilishi kelajakdagi paydo bo‘ladigan barcha 
madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bog‘lanishini 
taxmin qilgan holda izohlab bera olmadilar. Ular hatto bunga 
harakat ham qilib ko‘rmaganlar. Yangi etnografik ekspeditsiyalar 
materiallari, ko‘pincha, evolutsionistik qarashlarni rad etgan va 
bu borada boshqacha qarashlarga ehtiyoj sezila boshlagan. Ilmiy 
zaruriyat tufayli yangi antievolutsionistik nazariyalar va maktablar 
paydo bo‘lgan. Evolutsionizmdan hafsalasi pir bo‘lgan ayrim 
etnolog va antropologlar hatto o‘zlarining nazariy xulosalaridan 
ham voz kechib, faqat empirik (tajribaga asoslangan) tad- 
qiqotlargina olib borganlar.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish