A ashirov, sh. Atadjanov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

Primordializm
(ingliz tilidagi «primordial» — «boshlang'ich», 
«dastlabki», «azaliy» degan so‘zdan olingan) yo ‘nalishining
' Тишков B.A. О ф еном ене этничности / / ЭО. 1997. № 3. С .6.

Скворцов Н.Г. П роблема этничности в социальной антропологии.
С П б., 1997. С.61.
’ Коморофф Дж . Н ац и он ал ьн ость, этн и ч н ость, совр ем енн ость:
политика сам осозн ан и я в конце XX века //Э т н и ч н о с т ь и власть в
полиэтнических государствах. — М ., 1994. — С .34.


mashhur namoyandalari qatoriga K. Girs, R. Gambino, U. Kon- 
noro, Yu.V. Bromley, E. Stuard, P. Van den Berg kabi m ashhur 
tadqiqotchilarni kiritish mumkin. Bu yo'nalish tarafdorlarining 
ta ’kidlashlaricha, etnos yoki etniklik tabiatda yoki jam iyatda 
obyektiv asosga ega bo‘lgan aniq fenomendir. Sovetlar davrida 
yaratilgan etnos nazariyasining asosiy manbai va tarkibiy qismi- 
ga 1913-yilda I. Stalin tomonidan millatga berilgan (etnik kontekst- 
da talqin qilingan —A.A.) ta ’rif asos bo‘lgan. Bunga ko‘ra «millat 
kishilarning tarixiy tarkib topgan guruhi bo ‘lib, u m adaniyatlar 
umumiyligi asosida namoyon boMadigan um um iy til, hudud, 
iqtisodiy hayot va ruhiy jam lanm a asosida paydo bo'ladi». Lekin, 
etnos nazariyasi nomi bilan mashhur boMgan konsepsiya yaxlit 
bir butun tizimli qarash tarzida ilk m arotaba XX asr 20-yillarida, 
aniqrog‘i, 1923-yilda Xitoyning Shanxay viloyatida yashagan rus 
emigranti S.M. Shirokogorov tom onidan bildirilgan. Aynan u 
fanga «etnos» tushunchasini olib kirgan tadqiqotchidir.
Keyinchalik I. Stalin va S. Shirokogorov tom onidan etnos 
(millat)ga berilgan ta ’rif 
P. 
Kushner, S. Tokarev, N. Cheboksarov, 
V. Kozlov tadqiqotlarida m a’lum m a’noda takomillashtirilgan. 
D arhaqiqat, yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarni m a’lum 
darajada sobiq sovetlar davridagi «etnos nazariyasi»ning ham - 
mualliflari deb hisoblash mumkin. Lekin, bu nazariya taraq- 
qiyotida Yu. Bromley xizmatlari alohida ahamiyatga molik. U 
tom onidan o ‘tgan asrning 80-yillarida etnos nazariyasi yanada 
takomillashtirilgan va materialistik fundamentdagi yaxlit bir tizimli 
konsepsiya darajasidagi nazariya ko‘rinishiga ega boigan. Qolaversa
etnosni o ‘rganishga oid nazariy masalalar, jum ladan, etnik birlik 
tushunchasi, etnik birlikning davrlarga bo‘linishi, etnik alom atlar 
va boshqa masalalar borasida qator yangi qarashlar bildirilgan.
0 ‘z navbatida, ta ’kidlash kerakki, etnos nazariyasi doirasida 
sovet davri olimlari ayrim masalalarda um um iy bir fikrga kelgan 
bo‘lsalar ham, qator m uam m olar yechilmay qolgan. Markaz 
olimlari etnos nazariyasi xususida, ko‘pincha, um um iy fikr- 
mulohazalar bildirib, Rossiya imperiyasi tarkibidagi millatlar, 
elatlarga xos etnogenetik xususiyatlarga yetarli darajada ahamiyat 
bermaganlar. «Etnos» nazariyasi keyinchalik g‘arblik va rossiyalik


ayrim tadqiqotchilar tom onidan jiddiy tanqid ostiga olingan. 
Jum ladan, konstruktivizm tarafdorlaridan biri antropolog V.A. 
Tishkov etnos nazariyasining asosiy taqrizchilaridan biri sifatida 
etnos bilan b o g iiq nazariy-metodologik qarashlarni no an ’anaviy 
usulda tahlil qilish asosida keskin tanqid qilgan. Nazariyotchi olim 
tarixiy-ijtim oiy voqyelikni insoniyat tasavvuri natijasi sifatida 
tahlil etib, etnosni tarixchilar, sotsiologlar, etnograflar, ommaviy 
axborot vositalari vakillari tom onidan yaratilgan sun’iy ijtimoiy 
tuzilm a deb hisoblagan. Uning fikricha, aslida ushbu «aqliy 
tuzilma» o ‘rnida jamiyat va madaniyatda obyektiv mavjud ham da 
o ‘zaro farqli ko'rinishlardan iborat b o ig a n o ‘z-o ‘zini boshqaruv 
kontinum i va strukturaviylikka harakat qiluvchi m ozaik, lekin 
o ‘zigaxos madaniy xilma-xillilik mavjud. MualJif etnos nazariyasini 
«reviziya» (taftish) qilish asosida m antiqqa zid xulosalarni ham
bayon qiladi. Jum ladan, olimning fikricha, millat tasaw urdagi 
tuzilm a b o iib , jamoaviy harakatlarga asos b o ia d i va q at’iy voqe- 
likka aylanadi.
Konstruktivistlar, odatda, o ‘zlarining nazariy-m etodologik 
qarashlaridan tashqarida b o ig a n yoki ularga qaram a-qarshi 
m ulohazalar bildirgan har qanday nuqtai nazarni prim or- 
dializmga kiritadilar. 0 ‘zlarining g‘oyalarini esa zam onaviy fan 
in’ikosi boigan yagona ilg‘or taiim o t sifatida talqin qiladilar. Ular 
prim ordialistik qarashni «ilmiy xatoliklar majmui»,— deb hisob- 
laydilar. Shu o ‘rinda, muam m o doirasidagi haqiqiy holat qanday?
— degan savol tu g ilish i tabiiydir. Bu borada rus akadem igi
S.Ye. Ribakov ikki oqim ga «tarixiy prim ordializm daraxtning 
yirik shoxlariga, konstruktivizm esa daraxtning alohida yakka 
shoxiga o ‘xshaydi»,—degan badiiy ta ’rif bergan1.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish